Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 52
Jannati odamlar
51 tuproqqa dumalab dodlayman. Yig‘layotganimda ko‘zimning qiri bilan ularni kuzatib turaman. Kiyim-boshim tuproq bo‘lib qolishdan qo‘rqib, darrov ko‘na qolishadi. Bu gal ham shunday qildim. Enam qo‘limdan tortib turg‘izib: – Yig‘lama, qulunim, o‘zim seni Otinbibinikiga mushkulkushodga olib boraman, – deb yupatdi. – Yangi etigingni kiyib borasan. – Kampirlarni yomon êî‘raman – hammasining og‘zida tishi yo‘q, – deb yana zax yerga o‘tirib, oyoqlarimni tapillata boshladim: – O‘sha kampirlar- ning diydiyosini ham yomon êî‘raman, bildin- gizmi? Ahmadqul bobom yaxshi-da, meni yerdan dast ko‘tarib ko‘zlarimdan o‘pib, boyvachcha o‘g‘limni xafa qilmanglar, boraqolsin, charchasa ko‘tarib olaman, dedi. – Ha, mayli, – dedi bobojonim ham yumshab, – olib keta qol, eshakni minib ketinglar. Eshakni o‘zim yetaklab chiqdim. Xurjunga ikkita kichkina qopqon soldik, kattalarini olmadik, ularni bo‘ri, tulki ushlaganda ishlatamiz, bobojo- nim shunday degan. Yana tag‘in bir xalta arpa, bir quchoq beda ham olib, hammasini xurjunning ko‘ziga joylab, tezgina chiqib ketdik... Eh, qanday soz! Mazza qiladigan bo‘ldim-da. Qaytib kelgach, Dilijon, Qulijon, Hayitvoylarga rosa maqtanaman, ko‘zlarini kuydiraman. Biroz yurgach: – Bobojon, gaplashib ketaylik, – dedim gapir- gim kelib. – Nima deb gaplashamiz? – so‘radi Ahmadqul bobom. Xudoyberdi To‘xtaboyev 52 – Íàr narsalarni-da. – Íàr narsa deganing nimasi? – Endi... o‘zimning bobom o‘lmaydi-a? – Xudo xohlasa, tuzalib ketadi, o‘lmaydi. – Hecham o‘lmaydimi? – Hecham o‘lmaydi. – Mingga kiradimi? – Mingga kiradi. – Yo‘q, rostini ayting. – Rost aytyapman, yaxshi odamlar hech qachon o‘lmaydi. – Bobojonim yaxshimi? – Yaxshi. – Judayam yaxshimi? – Judayam yaxshi. Bobong behad saxovatli odam. – Saxovatli deganingiz nima? – Bilmaysanmi? – Bilmayman. – Saxovatli – qo‘li ochiq, xayr-ehsonli degani. Mana, bog‘laring katta, uzumlaring ko‘p-a? Ham- masini yeb tugato‘lmaysizlar, to‘g‘rimi? – To‘g‘ri. – Bobong uzumning yarmini savobi otishmada o‘lgan o‘g‘illarimga tegsin deb, beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga tarqatadi. Ana shuni saxovat deyishadi, endi tushundingmi? – Yo‘q, tushunmadim. – Sen nimaga tushunasan, o‘zi? – Hamma narsaga tushunaman. – ... Undan keyin bobong pahlavon odam, zo‘r paxsakash ham. Qo‘rg‘onchadagi hamma devorlarni yakka o‘zi urgan. Kaftini ko‘rgin, bar- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling