Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


R.S.QOSIMOV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

R.S.QOSIMOV,
iqtisodiyot fanlari doktori,
professor 
 


I BO‘LIM 
BOZOR IQTISODI RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR 
1-BOB 
JAHON IQTISODI RIVOJLANISHINING 
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, ASOSIY 
BOSQICHLARI VA TAMOYILLARI 
 
Xalqaro mehnat taqsimoti jahon xo‘jaligining
moddiy asosi sifatida. 
 
Milliy xo‘jaliklarni yagona jahon xo‘jaligiga birlashuvining asosi xalqaro mehnat 
taqsimoti (XMT) bo‘lib, u mamlakatlar o‘zaro ayirboshlaydigan mahsulot turlari bo‘yicha 
ixtisoslashuvini nazarda tutadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti - bu xalqaro miqyosda mahsulotlar, xizmat turlari va 
buyumlarni ayirboshlash, dunyodagi barcha mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarish, fan-texnika, 
savdo va bo‘lak sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan obyektiv asosdir.
Raqobatchilik kurashi jarayonida mamlakatlar o‘rtasida xalqaro mehnat taqsimoti tizimi 
yuzaga keldiki, u biror bir mamlakatning ichki ehtiyojlaridan tashqari xalqaro bozorni ham 
ko‘zlab, barqaror mahsulot va xizmat turlarini ishlab chiqarish tarzida namoyon bo‘lib, xalqaro 
miqyosda ixtisoslashuvga asoslangan ishlab chiqarishning ayrim bosqichlari o‘rtasida yoki 
xalqaro miqyosda ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasida makon nuqtai nazaridan uzilish 
mavjud bo‘lishini taqozo etadi. 
Hozirgi paytda XMTning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: qisman taqsimot 
(tarmoqlar va kichik tarmoqlar o‘rtasida); mahsulot birligi bo‘yicha (tarmoqlar va kichik 
tarmoqlar ichida) yoki mahsulot, qismlar va texnologiya bo‘yicha taqsimot.
Har qanday mamlakatning jahon xo‘jaligida, XMTda hamda xo‘jalik hayotining 
internatsionallashuvida tutgan o‘rni va ahamiyati ko‘pgina omillar bilan bog‘liq. Biroq bularning 
ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat: milliy iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, o‘sish 
sur’ati, uning qay darajada ochiqligi, XMTga qanday jalb etilganligi, tashqi iqtisodiy aloqalar 
(TIA) nechog‘lik ilgorligi, rivoj topganligi, milliy iqtisodiyotning xalqaro xo‘jalik hayotiga 
qanchalik moslasha olishi. 
Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari XMT ta’siri natijasida tobora murakkablashib, 
jahon xo‘jalik aloqalarining bir butun tizimiga aylanib bormoqda. Bunda savdo o‘z mohiyatiga 
ko‘ra hamon yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan bo‘lsa-da, o‘z ahamiyatini asta-sekin yo‘qotib 
qo‘ymokda. Jahon xo‘jaligining tashqi iqtisodiy sohasi murakkab ko‘rinishga ega. U xalqaro 
savdoni, ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuv, birlashuv (kooperatsiya)ni, fan-texnika 
sohasida hamkorlikni, xalqaro shartlar asosida qo‘shma korxonalar qurish, keyinchalik bulardan 
foydalanishni, xalqaro xo‘jalik tashkilotlari, turli xizmat turlari va boshqa ko‘pgina faoliyatlarni 
nazarda tutadi.
Faqat taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki XMTga, jahon xo‘jaligiga qay darajada 
qo‘shilganligi bilan ham farqlanuvchi turli saviyadagi tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik masalasi 
bir-biri bilan tobora ko‘proq bog‘lanib ketayotgan mamlakatlar uchun eng dolzarb muammo 
bo‘lib turibdi. Davr integratsiyani, integratsiya bo‘lganda ham keng miqyosdagi – kapitallar, 
ishlab chiqarishlar, mehnat integratsiyasini taqozo etmoqda. 
Xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuv, birlashuv 
(kooperatsiya) (IXIK) — bular o‘zaro chambarchas bog‘langan hamda bir-birini nazarda 
tutadigan ijtimoiy hodisalar bo‘lib, murakkab va qarama-qarshi mohiyatga egadir. XMT asosan 
shu shaklda namoyon bo‘ladigan xalqaro kooperativlashuvdan farqli o‘laroq, yana ham kengroq 
iqtisodiy mezon hisoblanadi.
Xalqaro kooperativlashuv hamda xalqaro ixtisoslashuv XMTning shunchaki bir 


ko‘rinishi emas, balki uning mohiyatini belgilab beruvchi unsur hamdir. 
Ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuv (IXI) deganda, mamlakatlar o‘rtasida mehnat 
taqsimotining shunday bir shakli nazarda tutiladiki, bunda dunyo miqyosida bir turdagi ishlab 
chiqarishning jamlanishi, mehnatning umumlashuvi, ya’ni milliy ishlab chiqarishlarning 
tabaqalashuvi ichki ehtiyojdan ortgan bir turdagi mehnat mahsulotlarini tayyorlash mustaqil 
texnologik jarayonlarga, alohida soha va sohachalarga ajralib chiqishi asosida kuchayib, oqibatda 
tabaqalashgan milliy komplekslar bir-birini to‘ldirib boradi Ushbu jarayonlar xalqaro miqyosda 
tovarlar, xizmatlar va fan-texnika bilimlarini ayirboshlash kuchayganligida o‘z aksini topadi. 
IXI ikki yo‘nalishda - ishlab chiqarish va hududiy yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ishlab 
chiqarish yo‘nalishi tarmoqlararo va tarmoq ichida ixtisoslashuvga hamda ayrim korxonalar 
(kompaniyalar)ning ixtisoslashuv turlariga bo‘linadi. IXI hududiy ma’noda jahon bozoriga 
mo‘ljallangan muayyan mahsulotlarni, ularning qismlarini ishlab chiqarishda ayrim mamlakatlar 
hamda mintaqalarning ixtisoslashuvini nazarda tutadi. 
Yaxlit (tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish), mayda (mahsulot qismlari, bo‘laklarini 
ishlab chiqarish), texnologik yoki bosqichli ixtisoslashuv (ayrim ishlarni amalga oshirish yoki 
ba’zi texnologik jarayonlarni bajarish, masalan, yig‘ish, bo‘yash, qoliplar yasash va hokazo) 
IXIning asosiy turlari hisoblanadi.
O‘z taraqqiyotining mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, kuchli tashqi shart-sharoit ta’sirida IXI 
doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Jahon miqyosida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi barcha 
bosqichlarda, ayniqsa, hozirgi kunda ro‘y berayotgan jarayonlarning jadalligi, turlarining 
uzluksiz ravishda o‘zgarib turishi, yanada murakkabroq shakllarga o‘tishga moyilligi bilan 
ajralib turadi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va buning oqibatida ularning tarmoqlarga, 
korxonalarga bo‘linish darajasi o‘sib borayotganligi ishlab chiqarishning xalqaro 
kooperativlashuvi (IXK) uchun umumiy xolis asos hisoblanadi. 
Kooperativ aloqalarni o‘rnatishda foydalaniladigan asosiy usullar quyidagilardan iborat:
1) qo‘shma rejalarni (dasturlarni) amalga oshirish; 
2) shartnoma asosida ixtisoslashuv; 
3) ishlab chiqarishda qo‘shma korxonalar (QK) tashkil - etish. 
IXK birinchi usuli - qo‘shma rejalarni (dasturlarni) amalga oshirish doirasida asosan ikki 
shaklda: pudratli kooperativlashuv va qo‘shma ishlab chiqarish shakllarida namoyon bo‘ladi.
Pudratli kooperativlashuv - sanoatdagi ishlab chiqarish aloqalarining eng eski turlaridan 
biridir. Pudrat faoliyatining mohiyati — shartnomaga imzo chekkan tomonlardan biri 
(buyurtmachi), ikkinchi tomonga (ijrochiga) muddati, hajmi, ijro sifati va hokazolar bo‘yicha 
oldindan kelishib olingan shartlarga muvofiq muayyan bir ishni bajarish vazifasini yuklaydi. 
Ishlab chiqarishdagi pudratli kooperativlashuv asosan ikki xil ko‘rinishga ega: mahsulot ishlab 
chiqarish bo‘yicha "an’anaviy" pudrat hamda yangi mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish 
bo‘yicha pudrat. 
Ishlab chiqarishdagi kooperativlashuvning ikkinchi usuli - shartnomali ixtisoslashuv 
kelishib olgan tomonlar o‘rtasida ishlab chiqarish rejalarini aniq belgilab olishdan iborat. 
Ixtisoslashuv haqidagi kelishuvlarga muvofiq har ikki tomon ishlab chiqarishda bir-birini 
takrorlash hollarini, ikki o‘rtada bozorda paydo bo‘ladigan bevosita raqobatni yo‘qotish yoxud 
kamaytirishga harakat qiladi. 
Kooperativlashuv mohiyatini kasb etadigan ixtisoslashuv haqidagi bunday 
kelishuvlarning eng muhim sharti - unda odatda murakkab mahsulotlarni birgalikda ishlab 
chiqarish, o‘zaro yoki bir tomonlama pudrat ishlari uchun ashyolarni yetkazib berish, birgalikda 
tadqiqotlar olib borish, xulosalar chiqarish va hokazolar shaklida qatnashchilar o‘rtasida yaqin 
hamkorlik haqida bitim mavjud bo‘lishi zarur.
Ishlab chiqarishda qo‘shma korxonalar tashkil etish dunyo miqyosida tobora keng 
tarqalib borayotgan kooperativlashuv faoliyatining uchta asosiy usullaridan biridir. 
Intefatsiyalashgan kooperativlashuv usulining mohiyati - unda bir necha qatnashchining kapitali 
o‘zaro kelishilgan alohida maqsadlarga erishish yo‘lida yagona tashkiliy shakl ostida birlashadi. 


Yuqorida qayd etilganidek, biror mamlakatning jahon iqtisodida hamda jahon xo‘jalik 
aloqalari tizimida bo‘lgan mavqei qator omillar bilan belgilanib, bular orasida milliy iqtisodning 
taraqqiyot darajasi, harakat sur’ati uning qay darajada ochiqligi va XMTga qanchalik 
tortilganligi, uning tashqi iqtisodiy aloqalari qanday rivojlanganligi, bu aloqalar tuzilmasi milliy 
iqtisod xalqaro xo‘jalik hayotida o‘zgarib turadigai shart-sharoitga nechog‘lik moslasha olishi 
g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun yangi shart-sharoitda, xalqaro iqtisodiy aloqalar 
tizimida O‘zbekiston ishtirokini kengaytira borishga erishish ham mamlakatning ichki iqtisodiy 
vazifalarini, ham uning tashqi iqtisodiy aloqalarini takomillashtirishga doir muammolarni hal 
etishda XMT imkoniyatlaridan yanada kengrok foydalanish zarur. 
Bunday rivojlanish istiqbollari xalqaro iqtisodiy aloqalar sohasida milliy xo‘jalik 
tizimlarining o‘zaro bog‘langanlik va manfaatdorlik darajasi oshib borishidan iborat bo‘lgan 
mutlaqo obyektiv holatga aloqadordir. 
Shu narsani e’tiborga olish lozimki, ochiq turdagi iqtisodga o‘tish bosqichma-bosqich 
amalga oshiriladigan jarayon bo‘lmog‘i kerak, toki tashqaridan keladigan raqobat yaratuvchanlik 
omilidan o‘tib, mahalliy iqtisodni barbod qiladigan kuchga aylanib ketmasin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling