Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Bozor iqtisodining mohiyati va asosiy tamoyillari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Bozor iqtisodining mohiyati va asosiy tamoyillari.
Bozor iqtisodi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va tamoyillarini o‘rganishga kirishishdan oldin, siyosiy-iqtisodiy tizimga birinchi qadamini qo‘yayotganlar uning ishlash xarakterini belgilab beruvchi mohiyati, asosiy prinsiplari bilan umumiy tarzda bo‘lsada, tanishib chiqishi kerak bo‘ladi. Lekin, avval mavjud iqtisodiy tizimlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari borasida to‘xtalib o‘tish lozim. Har bir mamlakatning iqtisodiy tizimi juda murakkab tuzilishga ega. - U o‘z ichiga qonunlar (masalan, mulkchilik huquqlari haqida), qarorlar, farmoyishlar solshutr, subsidiyalar, xullas - davlat asosiy iqtisodiy masalalarga ta’sir ko‘rsa-tadigan barcha vositalarni qamrab oladi: 1) Nima ishlab chiqarish kerak? 2) qanday ishlab chiqarish kerak? 3) qanday taqsimlash kerak? - U, shuningdek, mahalliy kapital tomonidan yaratilgan yoki chet ellik mulk egalarining nazorati ostida bo‘lgan miqyosi, mulkchilik shakllari turlicha bo‘lgan firmalarni ham o‘z ichiga oladi. - Ham boy, ham kambag‘al iste’molchilar uning tarkibiy qismi hisoblanadi. - Uning resurslardan foydalanishga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy tuzilishi iqtisodiy tizimning eng muhim qismi hisoblanadi. - Har qanday jamiyat (davlat) ijtimoiy tuzilishining xarakterli xislatlari uning mulkka, nazorat va maqsadlariga munosabati bilan belgilanadi. Aytilganlarga yaqqol misol tariqasida ishlab chiqarishning yer singari omilini olib ko‘ramiz. Unga quyidagilar egalik qilishi mumkin: 1) Davlat; 2) xususiy shaxslar; 3) bir necha yirik yer egalari va hokazo. Yerdan foydalanish borasida uning egalari orqali nazorat qilinishi yoki bu ish shu maqsadda yollab olingan fermerlar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Yerdan foydalanish ustida nazorat qiladiganlarning maqsadlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Kimdir pul ishlash uchun mo‘l hosil yetishtirishdan manfaatdor, boshqalar esa o‘zi iste’mol qilishi uchun mahsulot ishlab chiqaradi. Binobarin, iqtisodiy tizimlar tavsifnomasi juda xilma-xil bo‘lishi va ularni uch turga bo‘lish mumkin. 1. An’anaviy iqtisod. 2. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisod. 3. Bozor iqtisodi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling