Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Xalqaro raqobat.
Hozirgi kundagi raqobat jahon bozorining ajralmas bir qismi (elementi) hamda bozor jarayonlarining bir ko‘rinishi sifatida o‘zining ilgari misli ko‘rilmagan keng ko‘lami bilan ajralib turadi. Raqobatning keng ko‘lamliligi XMT ta’siri ostida xalqaro ayirboshlash jarayoniga tortilib, tashqi savdo munosabatlarida qatnashayotgan tomonlarning soni tinimsiz oshib borayotgani, turli-tuman sohalarda xalqaro ixtisoslashuv va kooperativlashuv jarayonlari rivojlanayotgani bilan bevosita bog‘likdir. Xo‘jalik hayotidagi interna-iionallashuv raqobat zaminini kengaytirib yuboradi. Ulkan monopoliyalar qatori o‘rta, kichik, hatto mayda firmalar ham bozor uchun kurash maydoniga kiradi. Jahon bozoridagi vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirishga astoydil bel bog‘lagan yangi-yangi mamlakatlar (asosan "yangi sanoat mamlakatlari" hisobiga) eksporti ko‘pdan rivojlangan mamlakatlar bilan raqobatga kirishib ketmokda. Fan-texnika inqilobi (FTI) raqobatni kuchaytirib yuboradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, sifatni oshirish, daromadni ko‘paytirish bo‘yicha raqobat boshlangan hamma joylarda FTI raqobatchilik kurashining ta’sirchan vositasi sifatidagina emas, balki uning eng qudratli tezkor omili (katalizator) sifatida ham namoyon bo‘ladi. Raqobatchilik kurashining shakllanishi va shartlariga, bu kurash vositalariga FTIning faol va keng ko‘lamli ta’siri barcha qatlamlarda, qolaversa, alohida firmalar, mamlakatlar yoki guruh-guruh mamlakatlar darajasida ham namoyon bo‘lmoqda. "Boshqaruv masalalari bo‘yicha Yevropa forumi" nomli xalqaro tashkilot (Jenevada) G‘arb mamlakatlarining raqobatbardoshligini aniqlash bo‘yicha doimiy izlanishlar olib boradi. Ayni chog‘da "raqobatbardoshlik" tushunchasi "o‘zlari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlarda firmalar tomonidan raqobatchilarning mahsulotlariga nisbatan narxi va narxdan tashqari xususiyatlari bilan iste’molchiga ko‘proq maqbul keladigan mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va sotish sohasidagi aniq va zohiriy imkoniyat" tarzida talqin etiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling