Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Mehnat unumdorligi darajasining pastligi rivojmtayotgan mamlakatlarning o‘ziga xos


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Mehnat unumdorligi darajasining pastligi rivojmtayotgan mamlakatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlariga oid belgilardan biridir. 
 
Mehnatning samaradorligi ishlab chiqarishning tegishli omillari mavjudligi bilangina 
belgilanmaydi. Ana shu ishlab chiqarishning texnikaviy va muhandislik ta’minlangani yoniga 
boshqa shart-sharoitlar, jumladan, boshqaruv tizimining layoqatliligi, uning qay darajada kelishib 
ishlashi, ishchilarni rag‘batlantirish va h.k.larni qo‘shish lozim. Shunga ko‘ra, ishlab chiqarish 
ko‘lamini ko‘paytirish uchun ichki jamg‘armalar va tashqi moliyaviy manbalar real ishlab 
chiqarish vositalariga yangi investitsiyalar kiritish (rysisal capital goods) bilan birga, kadrlar 
ta’limi, ularning kasbiy tayyorgarligiga mablag‘ ajratish (stock of human capital) yo‘lida 
sarflanmog‘i lozim. 
Ana shu investitsiyalarning qanchalik samarali bo‘lishi, muayyan tashkiliy chora-
tadbirlar ko‘rishni: yerga egalik islohoti, korporativ (munitsipial) soliqlarni joriy etish, bank 
tizimini o‘zgartirish, mustaqil, halol, samarali ma’muriy tuzilmani takomillashtirish; ularni 
rivojlanayotgan jamiyat extiyojlariga moslashtirish maqsadlariga qaratilgani holda, kadrlar 
tayyorlash va ta’lim berish rejalarini qayta qurishni taqozo etadi. 
Mehnat unumdorligini oshirishdagi boshqa noiqtisodiy usullarni ham e’tiborga olish 
zarur bo‘ladi. 
"Sug‘orishga olib borilgan otga suv ichira olmaslik ham mumkin" maqolini rivojlanayotgan 


mamlakatlarga tadbiq etsak, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ularni takomillashtirish uchun shart-
sharoit yaratish mumkin, ammo kerakli tashkiliy, shakliy o‘zgarishlarsiz muvaffaqiyatga erishib 
bo‘lmaydi. 
Shuningdek, ishchi bilan boshqaruvchining o‘z malakasini oshirishga bo‘lgan 
munosabatini ularning faolligi, ko‘nikish darajasi, yangiliklarga va tajribaga (yexreriyense) 
nisbatan tashabbuskorligi, xohish-ishtiyoqi, mehnatga, tartib-intizomga, hokimiyatga, 
ekspluatatsiyaga munosabatlarini e’tiborga olish lozim.
Har bir shaxsning mehnatidan qoniqish uchun uning jismoniy kuchi va irodasining 
zo‘rligi bularga qo‘shimcha bo‘la oladi.
Jismoniy kuch egalariga rivojlanayotgan mamlakatlarda daromadning ozligi, mehnat 
unumdorligining pastligi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’sir etadi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling