Japan digital university
-bo‘lim. DK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
Download 348.78 Kb. Pdf ko'rish
|
JDU shartnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Xizmatlar uchun to‘lov
3-bo‘lim. DK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
1-bob. Asosiy shartlar 1.1. Talabaning arizasiga asosan DK Talabani Yaponiyadagi korxonalarda (tashkilotlarda) ishga joylashtirish bilan bog’liq tashkiliy ishlarni (keyingi o‘rinlarda “DK xizmatlari”) amalga oshiradi. 1.2. Talaba yapon korxona va tashkilotlarida ishga joylashtirishni tashkillashtirishni (ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini) so‘rab DK ga ariza berish huquqiga ega. Bunday ariza JDUdagi so‘nggi semestr yakunlangunga qadar topshirilishi lozim. JDUdagi o‘qish yakunlangunga qadar Talaba yapon korxona va tashkilotlariga ishga joylashmagan hollarda, o‘zaro rozilik asosida, DK xizmatlari JDUdagi o‘qish yakunlangandan so‘ng 2 yil davomida ko‘rsatiladi. 1.3. DK Yaponiyada ishga joylashish mumkin bo‘lgan tashkilotlar haqida ma’lumot berish, suhbatlar tashkillashtirishga ko‘maklashish va Yaponiyada ishga joylashish bilan bog’liq boshqa harakatlarni bajarishi mumkin. Bunday harakatlar DKning imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi. 1.4. DK va Talaba ushbu bob bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning qo‘shimcha shartlarini o‘zaro qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali tartibga solish huquqiga ega. 2-bob. Xizmatlar uchun to‘lov 2.1. Ushbu bo‘lim doirasidagi DKning xizmatlari asosida Talaba Yaponiyadagi tashkilotlarga ishga joylashgan (ishga qabul qilish haqida taklif qabul qilingan, jumladan, Talaba mustaqil ravishda Yaponiyadagi tashkilotlarga ishga kirgan hollarda) hollarda Talaba DKni bu haqida quyidagilarni ko‘rsatgan holda zudlik bilan yozma xabardor qilishi lozim: 1) Yaponiyadagi tashkilot nomi; 2) Ishning boshlanish sanasi; 3) Yaponiyadagi yashash joyi manzili (yashash joyidan ro‘yhatdan o‘tgandan keyin 3 kun ichida). 2.2. Talaba Yaponiyadagi tashkilotda ish boshlagan kundan boshlab har oyning so‘nggi ish kuniga qadar DK foydasiga 250 (ikki yuz ellik) AQSH dollari miqdorida to‘lov amalga oshirishi lozim. Ushbu to‘lov 3 (uch) yil davomida amalga oshiriladi. 2.3. Talaba bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, mehnatga layoqatsizlik holatlarida, Talaba boshqa tashkilotga ishga o‘tgan yoki boshqa uzrli sabablar mavjud hollarda, DK ushbu bobning 2.2-bandida ko‘rsatilgan to‘lovni qisman yoki butunlay voz kechish huquqi, yoki to’lovni muddati va amalga oshirish shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega. Download 348.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling