Japan digital university


Download 348.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana19.06.2023
Hajmi348.78 Kb.
#1621426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JDU shartnomasi

2-bo‘lim. Kovorking. 
1-bob. Asosiy shartlar 
1.1. JDU o‘qish muddati davomida JDUning o‘quv dasturi bo‘yicha qo‘shimcha amaliy mashg’ulotlar (keyingi o‘rinlarda “Kovorking”) o‘tkazadi. 
Talaba esa JDUning ko‘rsatmasiga asosan ishlarni bajaradi va Kovorking uchun to‘lovning bir qismini shaxsiy daromadi sifatida oladi. 
1.2. Ushbu Shartnoma Taraflari Talaba JDUning ko‘rsatmalariga asosan ishlarni bajarganidan so‘ng shaxsiy daromad olishi bilan bir qatorda 
Kovorking uchun to‘lov amalga oshirishini tasdiqlaydilar. Bunda JDU Kovorking uchun to‘lovning 80% miqdorini o'quv materiallari xarajatlari
Kovorkingni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish xarajatlari hamda JDUning boshqa xarajatlari uchun to'lov sifatida ushlab qolish huquqiga ega 
bo‘lib, qolgan 20% miqdori Talabaga to‘lab beriladi. 
1.3. JDU Kovorking bo‘yicha ishlarni bajarish uchun erkin shakldagi topshiriqni Talabaga yuboradi. Bunday topshiriqni yuborish usuli JDU 
tomonidan mustaqil ravishda hal qilinadi. Bunday topshiriqda, 1. Kovorking mazmuni, 2. Ishlarni bajarish muddati, 3. Kovorking uchun to‘lov 
miqdori, 4. Ishlar uchun Talabaga to‘lanadigan to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Talaba tomonidan ishlarni bajarish boshlanganda ham 
bunday topshiriq Talaba tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. 
Talaba va JDU ushbu bo‘lim doirasidagi JDUning topshirig’i ushbu bo‘limning ajralmas bir qismi bo‘lishini tasdiqlaydilar. 
2-bob. Ishlar uchun to‘lov 


2.1. Talaba ish bajarilganidan so‘ng JDUga ish natijalarini taqdim etishi lozim. JDU 15 kun ichida ushbu ish natijalarini qabul qilishi yoki ularni 
qabul qilishni rad etishi lozim. Ish natijalarini qabul qilish rad etiladigan hollarda JDU bunday rad etishning sababini ko‘rsatishi lozim. JDU ishni 
tuzatish uchun Talabaga qo‘shimcha vaqt taqdim etish huquqiga ega. 
2.2. Kovorking ishlari uchun to‘lov ish natijalari qabul qilingan oydan keyingi oyning 25-chi sanasigacha JDU tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 348.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling