Japan digital university


-bob. Nizolarni hal etish tartibi va boshqa shartlar


Download 348.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana19.06.2023
Hajmi348.78 Kb.
#1621426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JDU shartnomasi

3-bob. Nizolarni hal etish tartibi va boshqa shartlar 
3.1. Ushbu bo’lim bo‘yicha DK va Talaba o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan Yaponiyaning moddiy va protsessual huquq normalari tatbiq etiladi. 
3.2. Shartnoma Taraflari ushbu bo’limdan kelib chiqadigan va unga bog’liq bo‘lgan hamda uning sharhlanishi bilan bog’liq tarzda yuzaga keladigan 
barcha nizolarni do‘stona hal qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etadilar. 
3.3. O‘zaro muzokaralar natijasida kelishuvga erishilmagan hollarda, DK va Talaba o‘rtasidagi bunday nizolar DK joylashgan joydagi vakolatli sud 
idorasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. 
3.4. Ushbu bo’lim o’zgargan yoki bekor bo’lgan taqdirda, umumiy shartnomaning boshqa bo’limlarining o’zgarishi yoki bekor bo’lishiga olib 
kelmaydi. 
4-bo‘lim. 
1-bob. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi va lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlik. Nizolarni 
hal etish.
1.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda ular O‘zbekiston normativ-
huquqiy hujjatlari bilan belgilangan javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar, ushbu shartnomaning 3-bo‘limi bundan mustasno. Ushbu shartnomaning 
3-bo‘limiga nisbatan Yaponiya huquqi tatbiq etiladi. 
1.2. Taraflarning irodasi va xohishlariga bog‘liq bo‘lmagan hamda oldindan tahmin qilish yoki ularni oldini olish imkoniyati bo‘lmagan holatlar, 
shu jumladan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, e‘lon qilingan yoki amaldagi urush holati, fuqaroviy tartibsizliklar, epidemiya, blokada, embargo, zilzila, 
suv toshqini, yong’in va boshqa tabiat hodisalari natijasida ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi va lozim darajada 


bajarilmaganligi uchun hech bir taraf boshqa taraf oldida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Fors-major holatlari natijasida o‘z majburiyatlarini 
bajara olmaydigan taraf ushbu hodisalar yuzaga kelgan kundan boshlab 5 kundan kechikmasdan shunday to‘siqlar haqida va ushbu to‘siqlarning 
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga ta'siri haqida ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
1.3. Ushbu shartnomadagi barcha bo’limlar bir-biriga bog’liq bo’lmagan, mustaqil bitimlar hisoblanadi. Bir bo’limning o’zgarishi yoki bekor 
bo’lishi boshqa bo’limlarga ta’sir qilmaydi.

Download 348.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling