Ta’limga oid va boshqa xizmatlar to‘g‘risidagi №_______________ - sonli
uch tomonlama shartnoma
Toshkent sh.
202__ yil “___” ____________
“JAPAN DIGITAL UNIVERSITY” MChJ XK (O‘zbekiston) (keyingi o‘rinlarda “JDU”) nomidan, Ustav asosida harakat qiluvchi Direktor
Ravshanbek
Mamajonov, bir tomondan, va
keyingi o‘rinlarda “
Talaba”
deb ataluvchi _______________________________________
ikkinchi tomondan,
hamda
“DIGITAL KNOWLEDGE” Aksiyadorlik jamiyati (Yaponiya) (keyingi o‘rinlarda “DK” deb ataladi) nomidan Ustav
asosida harakat qiluvchi
uning Bosh direktori Hiroaki Haga uchinchi tomondan,
birgalikda va alohida “Taraflar” deb nomlanuvchilar, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
Asosiy ta’riflar va kelishuvlar.
●
“JAPAN DIGITAL UNIVERSITY” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona – O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha
ta’sis etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada
kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-son qarori hamda O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 2-dekabrdagi 762-son qarori,
№
OT0044-sonli Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya va O‘zbekiston Respublikasining
(keyingi o‘rinlarda O‘zR) boshqa normativ-huquqiy hujjatlari asosida harakat qiluvchi va tasdiqlangan ta’lim dasturlari asosida ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
●
JDU o‘
quv dasturi – JDU tomonidan tasdiqlangan va Talaba tomonidan ta’lim olishning shartlari va muddatlari belgilangan o‘quv rejasi.
●
O‘qishga qabul qilish qoidalari – JDU o‘quv rejasi asosida JDU tomonidan tashkillashtiriladigan ta’lim jarayoniga Talabani qabul qilish
tartibi.
●
JDU nizomlari – JDUdagi o‘quv jarayonini tartibga soluvchi JDUning ichki hujjatlari.
●
Kovorking – Ushbu shartnoma bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash maqsadida Talaba tomonidan JDU uchun ishlar bajarilishini (xizmatlar
ko‘rsatilishini) nazarda tutuvchi JDU va Talaba o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar.
●
DK – Yaponiyada ro‘yhatga olingan, JDU ning ta’sischisi va Talabaning Yaponiyadagi tashkilotlarda ishga joylashishini muvofiqlashtiruvchisi
sifatida harakat qiluvchi “Digital Knowledge Co., Ltd” kompaniyasi.