3.2.2. JDUning ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
3.2.3. O‘quv dasturi doirasidan tashqari JDU tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan alohida shartnomalar asosida foydalanish;
3.2.4. JDU Ustavi yoki JDU Nizomi bilan belgilanadigan tartibda akademik ta’til olish;
3.2.5. JDU haqida xabardor qilish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni va shaxsiy
kurs ishlarini joylashtirishga, o‘qish davrida tuzilgan kurs ishlaridan
foydalanilishiga rozilik berish;
3.2.6. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan huquqlarni va JDU nizomlari bilan belgilangan boshqa huquqlarni
amalga oshirish;
4-bob. Taraflarning majburiyatlari
4.1.
JDU quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
4.1.1. Ushbu Shartnomaning 1-bo‘lim 1-bobida belgilangan xizmatlarni tegishli ravishda ko‘rsatilishini tashkillashtirish va ta’minlash. Bunda
ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati Talabaning o‘zlashtirish darajasiga va unda akademik qarzdorlikning mavjud emasligiga bevosita bog’liq
bo‘ladi.
4.1.2. Talabaga oliy ta’limning ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni imkoniyat doirasidan kelib chiqqan holda yaratish;
4.1.3. Talabalarga ta’lim olishning butun davri davomida ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy materiallar to‘plamini
sotib olish
uchun imkoniyat yaratib berish;
4.1.4. Talabaning shaxsiyatiga hurmat ko‘rsatish, jismoniy va ruhiy kuch ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Talabaning individual xususiyatlaridan
kelib
chiqqan holda uning axloqiy, jismoniy va psixologik salomatligi va emotsional osoyishtaligini mustahkamlash uchun shart-sharoitlarni yaratib
berish;
4.1.5. Talabani masofaviy ta’lim tizimida ro‘yhatdan o‘tkazish va ushbu tizimga kirish
imkoniyatini yaratib berish;
4.1.6. Talaba va/yoki uning qonuniy vakilining talabi bilan hujjatlar, akkreditatsiya va ushbu Shartnoma ijrosi uchun zarur bo‘lgan
boshqa
hujjatlarni taqdim etish;
Do'stlaringiz bilan baham: