49. Huquq va axloq normalari bir-biridan qaysi jihatlar bilan farqlanadi?
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,
1.Huquq va axloq bir-biridan, eng avvalo, o‘rnatilishi, shakllanish usullari va manbalari bo‘yicha farq qiladi.
2.Huquq va axloq normalari ta’minlash usullari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
3.Huquq va axloq normalari ifoda etish shakliga ko‘ra farq qiladi.
4.Axloq va huquq normalari kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
5.Huquq va axloq normalari ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
6.Huquq va axloq normalari amal qilish sohalari bo‘yicha farq qiladi.
50. Normativ-huquqiy hujjatning qanday xususiyatlari mavjud?
Javob:
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning
3-moddasigamuvofiq, normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
davlat nomidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi; vakolatli sub’ektlarning huquq ijodkorligi faoliyati mahsuli
hisoblanadi;
barcha uchun umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi;
maxsus protsessual tartibda amalga oshiriladi;
rasmiy shaklga ega (qonun, farmon, qaror va boshqalar);
muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan;
huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bayon etiladi;
unda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi va qoida bo‘yicha davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |