Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Umuminsoniy axloq prinsiplaridan biri insonparvarlik hisoblanadi. Insonparvarlik prinsipining axloqiy mazmunini nimalar tashkil etadi?


Download 130.43 Kb.
bet20/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

35. Umuminsoniy axloq prinsiplaridan biri insonparvarlik hisoblanadi. Insonparvarlik prinsipining axloqiy mazmunini nimalar tashkil etadi?
Javob:
Insonparvarlik prinsipining axloqiy mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
insonni oliy darajadagi qadriyat deb tushunish, uning ijodiy kuch va qobiliyatlari, imkoniyatlarining cheksiz kamol topishiga ishonish;
har bir insonning qadr-qimmatini, erkin yashashini, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, baxt-saodatga erishishini talab qilish;
har bir insonni, uning yoshi va jinsi, irqi, millati, tili va dinidan qat’i nazar, hurmat qilish;
erkak va ayollarni, qariya va bolalarni hamda barcha millat vakillarini ularni insoniyligiga qarab hurmat qilish;
o‘zgalarning taqdiriga befarq qaramaslik, insoniyatning baxt-saodati yo‘lida tinmay mehnat qilish.


36. XXI asrda insoniyatga qanday mafkuraviy tahdidlar xavf solmoqda?
Javob:
XX asr oxiriga kelib sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‘lindi. Rivojlangan mamlakatlar o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgan, yangi rivojlanish yo‘liga kirayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinmoqda.
XXI asrda dunyoni bo‘lib olishga yo‘naltirilgan mafkuralar:
Buyuk davlatchilik shovinizmi mafkurasi.
Diniy ekstremistik mafkuralar.
Pansovetizm mafkurasi.
Individualizm va egoizm g‘oyalarini ifodalovchi mafkuralar.
Turli diniy sektalarning g‘oyalarini ifodalovchi mafkuralar.
Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo‘lib o‘tdi. XXI asrga kelib esa xavf-xatarlar ro‘yxati, ayrim kuchlarning urinishlari natijasida, yanada kengaydi. Demografik inqiroz, missionerlik, demokratiya eksporti, “ommaviy madaniyat”, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar paydo bo‘ldi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling