Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Normativ sharhlashning turlarini ko‘rsatib bering va ularni muhokama qiling


Download 130.43 Kb.
bet17/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

29. Normativ sharhlashning turlarini ko‘rsatib bering va ularni muhokama qiling.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, rasmiy sharhlash normativ va kazual ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Normativ sharhlash keng doiradagi shaxs va hodisalarga qaratiladi. Bunday sharhlash huquq ijodkorligi sub’ektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Normativ sharhlashning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
autentik sharhlash (aktni chiqargan organ tomonidan amalga oshiriladi); legal sharhlash (vakolatli sub’ekt tomonidan beriladi).
30. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish turlarini muhokama qiling. Tizimlashtirishning amaliy ahamiyatini ko‘rsating.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,normativ-huquqiy hujjatlar (qonunchilik)ni tizimlashtirish ularni tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, u mazkur hujjatlarni belgilangan va o‘zaro ichki bog‘langan tizim holiga keltirishni anglatadi. Binobarin, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, qonunchilikni eskirgan aktlar va o‘zaro qarama-qarshi normalardan xalos etish, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishni engillashtirish va soddalashtirish, jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
qonunchilikni rivojlantirish va yanada takomillashtirish;
normativ-huquqiy hujjatlarni to‘g‘ri anglash va qo‘llash;
zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat (norma)ni topishni engillashtirish;
joriy qonunchilikdagi ziddiyatlar, noaniqliklar,
takrorlanishlar, bo‘shliqlarni bartaraf etish;
huquqiy munosabat sub’ektlarining huquqiy ong va madaniyatini shakllantirish va boshqa.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish turlari sifatida kodifikatsiya, inkorporatsiya, konsolidatsiyani ko‘rsatish mumkin.
Kodifikatsiya –bu normativ-huquqiy hujjatlarni ularning mazmuniga o‘zgartirish kiritish orqali mantiqiy asosda yagona hujjatga tizimlashtirishdir. Kodifikatsiya qilish jarayonida eskirgan normalar tugatiladi, butun huquq tizimidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi, huquqiy bo‘shliqlar to‘ldiriladi.Kodifikatsiya qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni kodekslar chiqarish yo‘li bilan tizimga solish hisoblanadi.
Inkorporatsiya (lot. Incorporatio) – tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bunda kodifikatsiyadan farqli o‘laroq amaldagi qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuniga biron-bir o‘zgarish kiritilmasdan, ular xronologik, alifbo, mavzu bo‘yicha yoki o‘zgacha tartibda (masalan, huquq sohalari bo‘yicha) tizimga solib nashr qilinadi. Qonunlarni inkorporatsiya qilish orqali tizimlashtirish deyarli barcha davlatlarda amalga oshiriladi. Ular ko‘p jildli shaklda nashr etilib, qonunlarning chiqarilgan vaqtiga qarab (xronologik), alfavit tartibida va boshqa sifat hamda belgilariga qarab joylashtiriladi.
Konsolidatsiya –bu tizimlashtirishning shunday shaklidirki, bunda normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuniga o‘zgartirishlar kiritilmaydi, lekin bu hujjatlar mustaqil yuridik akt sifatida o‘zining kuchini yo‘qotadi. Konsolidatsiya normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning inkorporatsiya va kodifikatsiya o‘rtasidagi oraliq shakli hisoblanadi. Konsolidatsiya natijasida bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan turli xil yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar umumlashtiriladi va shu asosda keraksiz takrorlanish hamda ziddiyatlar bartaraf etiladi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling