Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Davlatning asosiy va qo‘shimcha (yordamchi) belgilarini ajratib ko‘rsating va ular asosida davlat tushunchasining umumiy tavsifini bering


Download 130.43 Kb.
bet2/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

3. Davlatning asosiy va qo‘shimcha (yordamchi) belgilarini ajratib ko‘rsating va ular asosida davlat tushunchasining umumiy tavsifini bering.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlatning asosiy belgilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Aholining hududiy asosga ko‘ra birlashganligi. Hozirgi zamon yuridik fanida davlat hududi deganda, muayyan davlatning suvereniteti tadbiq etiladigan doira nazarda tutiladi. Davlat hududi o‘z ichiga quruqlik, suv, er osti va havo makonlarini qamrab oladi.
Maxsus boshqaruv va majburlov apparatining mavjudligi. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifa va funksiyalarini amalga oshirish hamda jamiyat ustidan boshqaruvni tashkil etish uchun murakkab mexanizm (apparat)ga ega bo‘ladi.
Huquq tizimining mavjudligi. Huquqsiz davlat mav­jud bo‘la olmaydi. Huquq davlat hokimiyatini yuridik jihatdan rasmiylashtiradi va shu bilan ularni legitim, ya’ni qo­nuniy qilib qo‘yadi. Davlat o‘z funksiyalarini huquqiy shakllarda amalga oshiradi.
Soliq tizimiga egaligi. Faqat davlatgina aholidan rasmiy tartibda soliq yig‘ish huquqiga ega. Davlat hududida yashayotgan barcha shaxslar davlat xazinasiga, ya’ni byudjetiga majburiy tartibda qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lab boradilar.
Suverenitetga egaligi. Davlat hokimiyatining xususiyati (atributi) sifatida suvere­nitet uning ustuvorligi, mustaqil-ligidan iborat. YA’ni, davlat suvereni­teti – ma’lum bir hududda oliy hokimiyatga egalik; davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to‘la mustaqilligidir.


4. Demokratik siyosiy rejim turlarini ko‘rsating va ularning alohida o‘ziga xos jihatlarini yoriting.
Javob:
Z.M.Islomovning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, siyosiy (davlat) rejim(i) – bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul, uslub va vositalar yig‘indisidir.
Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo‘ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o‘z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo‘yicha amalda qanday rol o‘ynaydilar, degan savollarga javob beradi.
Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning ko‘p asrlik tarixida ma’lum bo‘lgan siyosiy rejimning bir qator turlarini ajratib ko‘rsatadi. Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil ko‘rinishdagi, ya’ni demokratik va nodemokratik turlarga bo‘linadi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling