Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Gipoteza tushunchasi, turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari bo‘yicha qonunchilikdan misollar keltiring


Download 130.43 Kb.
bet4/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

7. Gipoteza tushunchasi, turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari bo‘yicha qonunchilikdan misollar keltiring.
Javob:
Fuqarolik protsessual kodeksining 188-moddasiga ko‘ra,sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi, deb belgilab qo‘yilgan.
Gipoteza - huquq normasida belgilanadigan qoida qanday sharoit va holatda kim tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Gipoteza huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan muayyan aniq hayotiy holatlar (voqea, harakat, holatlar) o‘zining ifodasini topadi. Turlar: oddiy gipoteza, murakkab va alternativ.
Huquq normalarining amal qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bitta shart-sharoit aks etgan gipoteza oddiy gipoteza hisoblanadi.
Murakkab gipotezada esa huquq normasining amal qilishi ikki yoki undan ortiq holatlarning mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liq ekanligi ko‘rsatiladi. Masalan jinoiy jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod etish to‘g‘risidagi normalarni qo‘llash uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi: 1) jazoni o‘tash rejimi talablarini bajarganlik va mehnatga halol munosabatda bo‘lish; 2)jazoning muayyan miqdorlarini o‘tab bo‘lganlik.


8. Ijtimoiy normalar va huquq o‘rtasidagi o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlarni tahlil eting.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquq va axloqning umumiyligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
huquq va axloq mavjud ijtimoiy munosabat­lardan iborat birdan-bir boshqarish ob’ektiga ega hamda ularning har ikkalasi ham shaxslar va jamoalarga yo‘naltirilgan;
huquq va axloq normativ hodisalar sifatida shaxslarning zarur va mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari chegarala­rini belgilaydi hamda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni uyg‘unlashti­rish vositasi bo‘lib xizmat qiladi;
huquq va axloq oxir-oqibatda bir xil vazifa – ijtimoiy hayotni tartibga solish va takomillashtirish, unga tash­kiliy asoslarni kiritish, adolat va insonparvarlik tamoyilla­rini qaror toptirish vazifalarini ko‘zda tutadi va boshqalar.
Huquq va axloq bir-biridan quyidagi jihatlar bo‘yicha farqlanadi:
Huquq va axloq bir-biridan, eng avvalo, belgilanish, shakl­lanish usullari va manbalari bo‘yicha farq qiladi. Huquq nor­malari davlat tomonidan yaratiladi yoki tasdiqlanadi. 2. Huquq va axloq ularni ta’minlash usullari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Huquq davlat tomonidan yaratilib, joriy etilar ekan, uning tomonidan ta’minlanadi, muhofaza etiladi va himoya qilinadi. 3. Huquq va axloq ifoda etish shakliga ko‘ra farq qiladi. 4. Axloq va huquq kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Agar huquq sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ularning yuridik huquq va maj­buriyatlari – haqqoniylik va nohaqlik, qonuniylik va g‘ayriqonu­niylik, jazolanish va jazolanmaslik nuqtai nazaridan tartibga soladigan bo‘lsa, axloq inson qilmishlariga ezgulik va yovuzlik, maqtov va qoralash, halollik va nopoklik, oliyjanoblik va past­kashlik, vijdon, or-nomus, burch nuqtai nazaridan yondashadi. 5. Huquq va axloq ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. 6. Huquq va axloq amal qilish sohalari bo‘yicha farq qiladi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling