Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


Inkorporatsiyaning amalga oshiradigan sub’ektlar doirasiga ko‘ra uch turi mavjud. Uning mazkur turlarini muhokama eting


Download 130.43 Kb.
bet6/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

11. Inkorporatsiyaning amalga oshiradigan sub’ektlar doirasiga ko‘ra uch turi mavjud. Uning mazkur turlarini muhokama eting.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, inkorporatsiyaning uni amalga oshiradigan sub’ektlar doirasiga ko‘ra uch turi mavjud: rasmiy, norasmiy va ofitsioz inkorporatsiya. Rasmiy inkorporatsiya deganda qonunchilik aktlarini ularni chiqargan organlar tomonidan to‘plam va majmua shaklida tizimlashtirish tushuniladi. Norasmiy inkorporatsiyada tizimlashtirilgan to‘plamlar tuzish buning uchun maxsus vakolati bo‘lmagan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi (masalan, yuridik nashriyotlar tomonidan yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan tizimlashtirish). Ofitsioz inkorporatsiya deganda qonunchilik aktlarining ularni tizimlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan idoralar tomonidan umumlashtirilishi va to‘plam yoki majmua qilib chiqarilishi (odatda, bunday tizimlashtirish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi) tushuniladi. Inkorporatsiyaning eng yuqori ko‘rinishi – qonunlar majmuini tuzish, qonunlar va boshqa muhim normativ-huquqiy hujjatlarni to‘plab, qat’iy tartib asosida mavzuli (predmetli) tizimlashdir. Bunda amaldagi barcha qonun hujjatlari yoki qonun hujjatlarining ma’lum bir sohasi, institutiga tegishli bo‘lgan normativ hujjatlar muayyan tartibda joylashtirib chiqiladi.


12. Rasmiy sharhlash sifatida kazual sharhlashning amaliy ahamiyatini muhokama qiling.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, kazual sharhlash umummajburiy xarakter kasb etmaydigan, balki huquqiy normani aniq hodisa, hayotiy holatga qo‘llash uchun ko‘zlangan rasmiy talqin etishdir. Kazus-hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan aniq ishlar bo‘yicha tegishli normaga beriladi va faqat shu ish uchun majburiydir. Sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy normalarni kazual sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling