Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlarining rolini tahlil qiling va amaliy misollar keltirib o‘ting


Download 130.43 Kb.
bet8/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

15. Qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlarining rolini tahlil qiling va amaliy misollar keltirib o‘ting.
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasidaQonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Qonunni yaratish jarayoni, ya’ni qonun chikaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat qonunchilik tashabbusi ro‘yobga chiqishidan boshlanadi. Qonunchilik tashabbusi huquqi – Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni o‘zgartirish yohud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.


16. Qonun ijodkorligi jarayonida yuridik texnikaning o‘rnini izohlab bering.
Javob:
M.K.Najimovning “Norma ijodkorligi” nomli darsligiga asosan,YUridik texnika – normativ-huquqiy hujjatlar aniq, tushunarli va samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida ularni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va tizimga solish qoidalari, vositalari va usullaridir. Qonunchilik texnikasining usullari va metodlari ko‘p va rang-barangdir. Uning asosiy vazifasi qonunchilik hujjatlarining tushunarli hamda yuridik amaliyotda foydalanish uchun qulay sifatli, lo‘nda va ixcham bayon etilgan normalarini ishlab chiqishda eng yaxshi shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishdan iborat.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling