Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Qonuniylik prinsiplari muhokama qiling. Fikringizni amaliy misollar yordamida yoriting


Download 130.43 Kb.
bet11/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

20. Qonuniylik prinsiplari muhokama qiling. Fikringizni amaliy misollar yordamida yoriting.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, qonuniylikning asosiy tamoyillari:
Konstitutsiya va qonunlarning boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan ustunligi.
Huquq sub’ektlarining qonun va sud oldidagi tengligi.
Hokimiyat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi.
Inson (fuqarolar) huquq va erkinliklarini kafolatlanganligi.
Normativ huquqiy hujjatlarni mamlakatning butun hududida bir xil qo‘llanilishi va talqin etilishi.
Maqsadga muvofiqlikning qonuniylikka qarshi qo‘yilmasligi.
Qonuniylikning madaniyat bilan uzviy bog‘liqligi.


21. Qonuniylik kafolatlarini muhokama qiling va amaliy misollar keltiring.
Javob:
Qonuniylik kafolati – bu qonun va qonun osti hujjatlari amal qilishini ta’minlovchi, fuqarolarning huquqlarini hamda davlat, jamiyat manfaatlarini to‘siqlarsiz amalga oshiruvchi usullari, shart-sharoitlaridir.
Qonuniylikni amalga oshirish kafolatining turlari:
iqtisodiy (jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilikning turli shakllari, iqtisodiy erkinlik va boshqalar);
siyosiy (konstitutsiyaviy tuzumning demokratlashtirilish darajasi, jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy plyuralizm (fikrlarxilma-xilligi) ko‘ppartiyaviylik, hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi va boshqalar);
tashkiliy (qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qiluvchi maxsus organlar, ya’ni sud, ichki ishlar, prokuratura va boshqalarning faoliyati);
huquqiy (qonuniylikni amalga oshirish uchun barcha huquqiy
normalarni bajarish, huquqbuzarliklarning oldini olish, uni buzgan kishilarga nisbatan tegishli jazo choralarini qo‘llash);
jamoatchilik (jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda ishtirok etishi)



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling