Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Unitar, federativ va konfederativ davlat shakllari o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling va amaliy misollar asosida tavsiflang


Download 130.43 Kb.
bet7/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

13. Unitar, federativ va konfederativ davlat shakllari o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling va amaliy misollar asosida tavsiflang.
Javob:
X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo‘ladi. Federativ davlat tuzishning o‘ziga xos asoslari bo‘lib, ularning inkor etilishi kelajakda bu kabi tuzilmaning barham topishiga olib kelishi mumkin: birinchidan, federatsiya tashkil etilishi uchun ikki yoki undan ortiq davlatlarning bo‘lishi talab etiladi; ikkinchidan, davlatlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim, chunki federatsiyani markazdan turib boshqarish imkoniyati va unga qulaylik yaratilishi talab etiladi. Agar federatsiya tarkibida juda ko‘p davlatlar birlashtirilsa, bunday federatsiya samarasiz bo‘lib qolishi mumkin; uchinchidan, shartlashayotgan davlatlar bir-biriga haqiqatan ham strategik, ham xo‘jalik, ham siyosiy jihatdan aniq ehtiyoj sezishi lozim. Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki


14. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning turlarini yuridik kuchi jihatidan muhokama qiling.
Javob:
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning
6-modddasiga ko‘ra,
normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas. Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatlariga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling