Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Dispozitsiya tushunchasi, turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari bo‘yicha qonunchilikdan misollar keltiring


Download 130.43 Kb.
bet3/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

5. Dispozitsiya tushunchasi, turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. Turlari bo‘yicha qonunchilikdan misollar keltiring.
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi mazmuniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.Oddiy dispozitsiya xulq-atvor, yurish-turishning konkret variantini uning mazmunini to‘la ochib bermagan holda ko‘rsatib o‘tadi.
Dispozitsiya - lotincha, “dispositio”-joylashuv. Dispozitsiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda gipotezada ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganida huquq sub’ektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan bo‘ladi. Bu yuridik normaning o‘zagi, huquqqa muvofiq hulq-atvor namunasi, modelidir. Biroq dispozitsiya tartibga solish xususiyatlarini gipoteza va sanksiya bilan birgalikdagina namoyon eta oladi, harakatda bo‘ladi. YUrish-turish qoidasining ifodalanishiga ko‘ra dispozitsiyalar oddiy, murakkab va muqobil hamda xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha tavsiflovchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi.


6. Doktrinal sharhlashning ahamiyati va o‘ziga xos tomonlarini muhokama qiling.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, norasmiy sharhlashning ilmiy (doktrinal), malakali (professional), va oddiy ko‘rinishlari mavjud.
Ilmiy (doktrinal) sharhlash – bu huquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladigan va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan norasmiy sharhlash turi. Nazariy (doktrinal) sharhlash huquq sohasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi va ilmiy xususiyatga ega bo‘ladi. Bu­lar – huquqshunos olimlarning maqolalari, monografiyalari va aholi oldidagi og‘zaki chiqishlaridir. Bunday tushuntirishlarning o‘ziga xos xususiyati ularning ishonchliligi, ilmiy yondashuvlarga asoslanganligi va sharh egasi bo‘lgan shaxs obro‘sidadir. Amali­yotchi-yuristlar uchun majburiy bo‘lmaganiga qaramay, bunday tu­shuntirishlar, baribir, huquqiy normalarni tushunish va qo‘llashda bir xillikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling