Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan
Davlat boshqaruvining shakli sifatida monarxiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va turlarini tahlil qiling hamda misollar keltiring
Download 130.43 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar
26. Davlat boshqaruvining shakli sifatida monarxiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va turlarini tahlil qiling hamda misollar keltiring.
Javob: X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlat boshqaruv shakliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: monarxiya va respublika. Monarxiya (lotincha monos – yakka, arxe – hokimiyat ma’nosini anglatadi) – bunda, qoida tariqasida, oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda hokimiyat meros orqali o‘tadi. Monarxiyaning belgilari: monarx hokimiyati muqaddas (teokratik monarxiyalarda) va daxlsiz deb e’lon qilinadi; hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud, qoida tariqasida, hokimiyat meros orqali o‘tadi; o‘z hokimiyatidan umrbod foydalanadigan davlat boshlig‘ining (podsho, qirol, imperator, shoh, xon, knyaz, gersog va boshqalar) mavjudligi; monarxning o‘z boshqaruv faoliyati natijasi yuzasidan yuridik javobgar emasligi; ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda bevosita o‘z nomidan ish ko‘rishi va boshqalar. Monarxiyaboshqaruvining ko‘rinishlari: mutlaq (absolyut), cheklangan, dualistik (aralash), teokratik. Mutlaq (absolyut) monarxiya. Bunda, davlat suverenitetining birdan-bir egasi monarx bo‘lib, u o‘z qo‘lida butun hokimiyat (qonunchilik, ijro va sud)ni to‘plagan bo‘ladi va uning hokimiyati aholi yoki birorta organ tomonidan cheklanmagan bo‘ladi (bugungi kunda Baxrayn, Bruney, Qatar va boshqalarda mavjud). CHeklangan monarxiya (parlamentar, konstitutsion). Bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan muayyan darajada cheklangan va monarxning huquqiy maqomi konstitutsiya bilan chegaralab qo‘yilgan bo‘ladi. Uning quyidagi turlari mavjud: Parlamentar monarxiya mamlakatlari (hozirgi Buyuk Britaniya)da qirol davlat boshlig‘i vazifasini o‘tasada, amalda mamlakatni to‘la ma’noda boshqara olmaydi. Parlamentar monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: a) monarx hokimiyati deyarli barcha sohalar bo‘yicha cheklangan bo‘ladi; b) ijro hokimiyati hukumat tomonidan amalga oshiriladi, hukumat o‘z navbatida konstitutsiyaga ko‘ra monarx oldida emas, balki parlament oldida javobgar bo‘ladi; v) hukumat parlamentga bo‘lgan saylovlarda g‘olib chiqqan partiyalar vakillari orasidan shakllantiriladi; g) hukumat boshlig‘i lavozimiga parlamentda ko‘pchilik deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan partiya rahbari tayinlanadi; d) qonunlarni parlament qabul qiladi, monarxning qonunlarni imzolashi esa asosan formal xarakterga ega bo‘ladi. Konstitutsiyaviy monarxiya davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda monarxning hokimiyati konstitutsiya bo‘yicha vakillik organi tomonidan chegaralangan bo‘ladi. Konstitutsiyaviy monarxiya o‘rta asrlarda Evropada ro‘y bergan burjua inqiloblari natijasida yuzaga kelgan. Hozirgi kunda Daniya, Belgiya, Ispaniya, Norvegiya, SHvetsiya, YAponiya kabi mamlakatlarda davlat boshqaruvi konstitutsiyaviy monarxiya shaklida tashkil etilgan. Davlat boshqaruvining bunday shaklida demokratik siyosiy rejim mavjud bo‘lishi mumkin. Dualistik (aralash) monarxiya. Dualistik monarxiyada davlat hokimiyatini tashkil etish ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni monarx ijro hokimiyatiga boshchilik qiladi, o‘zi oldida javobgar bo‘lgan hukumatni tashkil etadi, qonunchilik hokimiyati esa parlamentga tegishli bo‘ladi (Iordaniya, Marokash, Malayziya kabi davlatlarda mavjud). SHu bilan birga, monarx parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga mutlaq veto qo‘yish huquqiga ega. Teokratik monarxiya. Bunday boshqaruv shakli mavjud bo‘lgan davlatlarda monarx ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega bo‘ladi (Vatikan, Saudiya Arabistoni). Download 130.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling