Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?


Download 130.43 Kb.
bet12/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

22. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq masalalar juda keng normativ-huquqiy hujjatlar doirasi bilan tartibga solinadi. Mazkur hujjatlarni qo‘llash jarayonini engillashtirish va shu asosda huquqiy tartibga solishning samaradorligini oshirishda qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar (qonunchilik)ni tizimlashtirish ularni tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, u mazkur hujjatlarni belgilangan va o‘zaro ichki bog‘langan tizim holiga keltirishni anglatadi. Binobarin, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, qonunchilikni eskirgan aktlar va o‘zaro qarama-qarshi normalardan xalos etish, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishni engillashtirish va soddalashtirish, jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
qonunchilikni rivojlantirish va yanada takomillashtirish;
normativ-huquqiy hujjatlarni to‘g‘ri anglash va qo‘llash;
zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat (norma)ni topishni engillashtirish;
joriy qonunchilikdagi ziddiyatlar, noaniqliklar,
takrorlanishlar, bo‘shliqlarni bartaraf etish;
huquqiy munosabat sub’ektlarining huquqiy ong va madaniyatini shakllantirish va boshqa.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish turlari sifatida kodifikatsiya, inkorporatsiya, konsolidatsiyani ko‘rsatish mumkin.


23. Qonunchilikdagi kolliziyalar; tushunchasi, sabablari va bartaraf etish yo‘llarini muhokama qiling.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquq nazariyasida “kolliziya” atamasi huquq normalari o‘rtasidagi nomuvofiqlik, tafovut va ziddiyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Qonun hujjatlari o‘rtasidagi kolliziyalar –bu muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi tafovut, qarama-qarshilik, nomuvofiqlik va ziddiyatlardir.
Qonun hujjatlari o‘rtasidagi kolliziyalar huquqni tushunishda turli xil yondashuvlar, qarashlarning mavjudligida va milliy huquq tizim doirasidagi turli normalarning to‘qnashuvida yuzaga keladi. Qonun hujjatlari o‘rtasidagi kolliziyalarning belgilari:
jamiyat ijtimoiy rivojlanishida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan qarama-qarshilik va ziddiyatlar bilan bog‘liq;
o‘zining formal xarakterga egaligi;
muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarning bir qator huquq normalari bilan tartibga solingan holdagina yuzaga kelishi;
huquq sub’ektlarining o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi va boshqalar.
Qonun hujjatlari o‘rtasidagi kolliziyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillarni sabab sifatida ko‘rsatish mumkin:
Birinchidan, ob’ektiv, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning doimiy tarzda rivojlanib va o‘zgarib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunda huquq ijodkori doim ham tegishli o‘zgarishlarga mos ravishda huquq normalarini shakllantirib borishga ulgurmasligi mumkin. Ikkinchidan, sub’ektiv, ya’ni etarli tarzda huquqiy madaniyat, demokratik an’analar va tajribaning mavjud emasligi; qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning sifat darajasi pastligi; huquqdagi bo‘shliqlarning mavjudligi; huquq ijodkorligi jarayonining lozim darajada muvofiqlashmaganligi; normativhuquqiy hujjatlarning qat’iy va to‘liq tizimlashtirilmaganligi; tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi kamchiliklar; byurokratizm va boshqa omillarda yuzaga kelishi mumkin.
Qonun hujjatlari o‘rtasidagi kolliziyalarning Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari, qonunlar va qonunosti hujjatlari, bir organ tomonidan qabul qilingan turli hujjatlar, turli xil organlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar hamda umumiy va maxsus hujjatlar o‘rtasida yuzaga keladigan turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Tegishli adabiyotlar va mavjud amaliyotni tahlil qilish orqali qonunchilikdagi kolliziyalarni bartaraf etishning quyidagi usullarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
ziddiyatli hujjatlar o‘rniga yangi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish;
ziddiyatli normativ-huquqiy hujjatlardan bittasini bekor qilish;
joriy hujjatga o‘zgartirish va aniqlik kiritish;
kollizion norma va tamoyillarni ishlab chiqish;
kollizion holatlarda yuzaga keladigan bahslarni sud tartibida ko‘rib chiqish (Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud);
huquq normalari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida mazkur normalarni sharhlash;
huquq normalarini uyg‘unlashtirish va qonunchilikni tizimlashtirish va boshqalar.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling