Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


Hozirda “demokratiya eksporti” tushunchasi ko‘p ishlatiladi. U qanday ma’noni anglatadi?


Download 130.43 Kb.
bet21/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

37. Hozirda “demokratiya eksporti” tushunchasi ko‘p ishlatiladi. U qanday ma’noni anglatadi?
Javob:
Ayrim kuchlarning muayyan davlatlardagi demokratik jarayonlarni sun’iy tezlatishga urinishlariga nisbatan “demokratiya eksporti” tushunchasi ishlatiladi. Ular demokratiyaning mavjud barcha muammolarning davosi sifatida tortiq qilib, turli mamlakatlardagi demokratik jarayonlarni bir andozaga solishga urinmoqda. Vaholanki, barcha mamlakatlar uchun, ularga xos xususiyat va alomatlarni hisobga olgan holda, birdek mos keladigan yakkayu yagona – universal demokratiya modeli yo‘q va bo‘lishi mumkin emas.
Demokratlashuv jarayonlarini sun’iy tezlatishga har qanday urinish aslida tabiiy tadrijiy rivojlanishga inqilobiy zulm o‘tkazishni anglatadi va yasama, soxta demokratiyaning shakllanishiga olib keladi. SHu ma’noda hozirda urf bo‘lgan “rangli inqilob”larni ham o‘zgacha mantiq bilan tushuntirib bo‘lmaydi.
Demokratiya boshqa davlatlardan oddiygina o‘zlashtirish yoki nusxa ko‘chirish yoxud taqlid qilish orqali qaror toptirilmaydi. Balki u har qanday jamiyatning tabiiy rivojlanishi asosida shakllanadigan va takomillashadigan uzluksiz, tadrijiy jarayon hisoblanadi. Boshqaruvda o‘zgalardan andoza olish, ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish mamlakatni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadi.


38. Aqidaparastlik deganda nimani tushunasiz?
Javob:
Aqidaparastlik – muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinish. Bu atama faqat salbiy ma’noda qo‘llanib, muayyan olim yoxud oqim tomonidan ilgari surilgan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishni anglatadi. Masalan, XVII-XVIII asrlarda mexanika fani rivojlangan. Mexanikada qo‘lga kiritilgan yutuqlar ba’zi olimlarda olamdagi barcha hodisalarni ham mexanika fani yutuqlari asosida izohlash mumkin, degan noto‘g‘ri xulosaga olib kelgan.
Diniy aqidaparastlik u yoxud bu dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki o‘rinsizligidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. Aqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
Aqidaparast guruhlar haqiqatni tushuntirish, ishontirish, solishtirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. Ular o‘z g‘oyalari bid’atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, boshqalarga nisbatan o‘ta johil va murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi, ekstremizmning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm bo‘lsa turli ko‘rinishlarda yuzaga chiqib, terrorchilikni ham o‘z ichiga oladi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling