41. YUridik fanlar qanday tasniflanadi?
Javob:
YUridik fanlar quyidagicha tasniflanadi:
1) tarixiy-nazariy yuridik fanlar (Davlat va huquq nazariyasi, Davlat va huquq tarixi, Huquq falsafasi, Huquq sotsiologiyasi va boshqalar);
2) sohaviy (yoki maxsus, tarmoq) yuridik fanlar (Konstitutsiyaviy huquq, Fuqarolik huquqi, Mehnat huquqi, Ma’muriy huquq, Moliya huquqi, Soliq huquqi, Er huquqi, Jinoyat huquqi, Jinoyat-protsessual huquqi, Fuqarolik protsessual huquqi va boshqalar);
3) amaliy yuridik fanlar (Kriminalistika, Sud buxgalteriyasi, Sud meditsinasi, Sud psixiatriyasi);
4) xalqaro huquqiy fanlar (Xalqaro huquq, Xalqaro xususiy huquq, Xalqaro jinoyat huquqi va boshqalar).
42. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrida amalda bo‘lgan ijtimoiy normalar qanday tavsiflangan?
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, jamiyat shakllanishining dastlabki davrida amalda bo‘lgan ijtimoiy normalar quyidagilar bilan tavsiflanadi:
1) mazmunan sodda va murakkab bo‘lmagan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solgan. Masalan, urug‘doshlar ichida kimga olovni uzatish vazifasining yuklatilishi masalasi yoki ov natijasida qo‘lga kiritilgan o‘ljani qanday taqsimlash ijtimoiy normalar asosida hal qilingan;
2) ijtimoiy normalar asosan odatlar ko‘rinishida bo‘lgan (ya’ni uzoq vaqt davomida ko‘p marotaba qo‘llash natijasida odatga aylangan tarixiy shakllangan xulq-atvor qoidalari);
3) hali yozuv shakllanmaganligi bois yurish-turish qoidalari kishilar xulq-atvorida va ongida mavjud bo‘lgan;
4) jamiyat a’zolari tomonidan amal qilinishi ishontirish va majburlash (urug‘dan quvish) choralari bilan ta’minlangan;
5) qoidalar man etish tavsifi (tabu tizimi)ga ega bo‘lgan, normalarning mazmunida huquq va majburiyatlar qat’iy belgilanmagan va boshqalar.
43. Davlat funksiyalarini amalgaoshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha qanday guruhlarga bo‘linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |