Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Yakka tanlash. Donli ekinlarda yakka tanlash dastlabki navni uni tashkil 
qilgan gomozigota liniyalariga ajratib (bo‘lib), ularni bir biri bilan taqqoslash va 
orasidan qimmatli xo‘jalik belgilari nuqtai nazaridan liniyalarni ajratish, undan 
keyin eng yaxshilarini ko‘paytirib yangi navlar sifatida foydalanish imkonini 
tug‘diradi. 
V.I.Iogansenning tadqiqotlari va uning toza liniyalar to‘g‘risidagi ta’limoti 
yakka tanlash usulining nazariy asosini yaratadi va shu usuldagi seleksiyaning 
samaradorligini oshirish uchun kerakli sharoitlarni aniqlab beradi: dastlab 
o‘simlikning gomozigotaliligi va uning avlodini faqat o‘zidan changlatish orqali 
ko‘payishi. 
Yakka tanlashda navda seleksioner tomonidan ajratilgan liniyalar 
birlashtirilmaydi va bir necha yil davomida aloxida-alohida sinchiklab o‘rganiladi. 
Yakka tanlash usulida seleksiya ishining boshlanishida odatda iloji boricha 
ko‘proq alohida toza liniyalarni hosil qiladigan boshlang‘ich o‘simliklarni 
ajratishga harakat qilinadi. Maqsad–bu murakkab aralashmadan eng yaxshi liniyani 
topish. 
Liniyalarning aksariyati qolib ketadi, birinchi yili va kelgusi yillarda har 
tomonlama baholash uchun ko‘p bo‘lmagan bir necha liniyalar qoldiriladi, 5-6 yil 
davomida sinchiklab bir-biri bilan va eng yaxshi standart navlari bilan 
taqqoslanadi. Standart navlarga nisbatan ustun bo‘lgan eng yaxshi liniyalar yangi 
toza liniyali navlar sifatida ajratiladi va nav sinashga o‘tkaziladi, uning asosida 
rayonlashtirilib davlat reestriga kiritiladi. 
Saratovlik atoqli seleksioner olim A.P.Shexurdin 1911 yilda bahori 
bug‘doyning qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli Poltavka nomli maxalliy navida 727 
o‘simlikni tanlab olib (yakka tanlash asosida), har bir o‘simlikning urug‘ini dalada 
alohida ekib, bir xil sharoitda o‘rganib, sinab 727 avlodlar ichida eng yaxshi 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan avlodni ajratib oladi. 727 o‘simliklarning avlodi-727 


liniyasi bo‘lib, liniyalar analiz qilinishi natijasida eng yaxshi 62 raqamli liniyasi 
ajratib olinadi. 
Bu liniya har tomonlama o‘rganilib, sinalib, ko‘paytiriladi-natijada qimmatli 
xo‘jalik belgi va xususiyatli, o‘ta plastik, yuqori hosilli, yaxshi sifatli, 
qurg‘oqchilikka chidamli kelgusida ko‘p maydonlarga ekilib tarqalgan bahori 
bug‘doyning Lyutessens 62 navi yaratiladi. Bu nav yakka tanlash va liniyalarni 
o‘rganish, tahlil (analiz) qilish natijasida hosil qilinadi. Shuning uchun bu usulni 
qo‘llab navlar yaratish seleksiyasi-analitik seleksiya deb ataladi. 
Boshlang‘ich nav 
1 –tanlash
Boshlang‘ich navdan 
elita o‘simliklarini 
tanlash
Birinchi tanlash 
o‘simliklar hosilini 
birlashtirish 
Boshlang‘ich nav va 
Standart bilan 
2-tanlash 
Birinchi tanlash 
hosilidan
o‘simliklarni tanlash 
Boshl. Tanl. St. 
Ikkinchi tanlash 
o‘simliklar hosilini 
birlashtirish 
Nav sinash shaxobchalari 
Seleksion 
stansiyada 
ikkinchi 
tanlashni 
sinash 
3-tanlash
Ikkinchi tanlash 
hosilidan elita 
o‘simliklarnn tanlash 
Boshl. Tanl. St. 
DK-Dastlabki ko‘paytirish 
1 – rasm. Ko‘p martali ommaviy tanlash sxemasi. 


Yakka tanlash seleksiyaning samarali usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi, 
ko‘p mehnat talab qilinsa ham sezilarli va qisqa muddatda muvoffaqiyatga 
erishiladi (2-rasm). 
Boshlang‘ich
Elita o‘simlik- 
material pitomnigi
larini tanlash 
1 – yil
Elita o‘simlik 
seleksion 
lari avlodlarini 
pitomnikgi 
eqish, yomonlarini
brak qilish 
2 – yil
Eng yaxshi 
seleksion 
avlodlarini 
pitomnigi 
eqish. Brak
qilish 
3 – yil
Eng yaxshi 
kontrol 
avlodlarini 
pitomnigi 
eqish. Brak
(KP)
qilish 
dastlabki navsinash (DN) 
va konkurs navsinash (KN) 
Seleksion stansiyada 
4 – yil konkurs 
va har xil zonalarda 
navsinash (KN), 
sinash, ko‘paytirish 
zonal nav sinash 
Davlat nav sinashiga
(ZN), dastlabki ko‘paytirish (DK) 
o‘tkazish 
5 – yil dastlabki 
Urug‘chilik ishlari, 
ko‘paytirish (DK),
Davlat nav sinash 
urug‘lik pitomnigi (UP),
shaxobchalarida 
davlat nav sinashi (DN)
sinash 
2-rasm. Bir martali yakka tanlash sxemasi. 
КП 
КН 
ДН 
КП 
ДН 
ДН 
КН 
ДК 
ЗН 
ДН 
КН 
ДН 
ДК 
УП 
КН 
ДК 
ЗН 


Yakka tanlash usulining analitik seleksiyaning boshqa usullari kabi bitta 
jiddiy kamchiligi mavjud. Yakka tanlash usuli yordamida boshlang‘ich 
populyatsiyani tashkil qilgan liniyalar orasidan eng yaxshisini ajratib liniyali nav 
sifatida keng miqyosda ko‘paytirish mumkin, ammo mutloq yangi, boshlang‘ich 
populyatsiyada bo‘lmagan shaklni yaratib bo‘lmaydi. 
Seleksiyaning dastlabki bosqichlarida yakka tanlash yordamida seleksiyaner 
talabini har tomonlama qondiradigan liniyalarni osonlik bilan ajratish mumkin edi. 
Ammo seleksiyaning rivojlanishi va standart navini sifatining yaxshilanishi bilan, 
ishlab chiqarish tomonidan navlar oldiga qo‘yiladigan talablar oshadi 
(kasalliklarga chidamlilik, mexanizatsiyaga moslashganlik, kimyoviy tarkibi va 
boshq.). 
Ko‘p hollarda kerakli bo‘lgan belgi va xususiyatlar mahalliy nav 
populyatsiyalarda bo‘lmaydi. Bunday hollarda yakka tanlash orqali o‘tkaziladigan 
analitik seleksiya o‘rniga seleksiyaning boshqa usullaridan foydalanishga to‘g‘ri 
keladi. Bu usullardan biri kerakli belgi va xususiyatli shakllarni chatishtirishga 
asoslangan sintetik seleksiyadir. Shaklining birida ikkinchisida bo‘lmagan 
belgilar bo‘lib, lekin ikkinchisida bo‘lgan belgilari yo‘q va aksincha. Demak, 
seleksiyaning bu usulida faqatgina toza liniyalarni ajratish emas, balki ikki bir-
biridan fark qiladigan boshlang‘ich shakllarning ijobiy xususiyatlarining birlashishi 
asosida yangi shakllar hosil qilinadi. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling