Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Sintetik 
seleksiyaning 
turli 
uslublaridan 
foydalanish 
madaniy 
o‘simliklarni tubdan o‘zgartirish, hatto ularning yovvoyi shaklarining ijobiy 
xususiyatlarini mujassamlagan navlarni yaratishga keng imkoniyatlar tug‘diradi. 
Ammo sintetik seleksiyaning asosini tashkil qiladigan har xil nav yoki urlarni 
chatishtirish, chatishtirishda qatnashgan shakllarni asosiy xususiyatlarni buzilishiga 
olib keladi va kelgusida dastlabki shakllarining ijobiy xususiyatlarini yangi 
duragay navda birlashtirish uchun ko‘p vaqt talab etadi. Undan tashqari yangi 
bo‘lajak navga o‘tkazish uchun juda ham zarur bo‘lgan ayrim belgi va 
xususiyatlari to‘g‘ri keladigan unga yaqin ajdodlarida umuman bo‘lmasligi 
mumkin. 
Sintetik seleksiya bilan bu muammolarni yechish uchun seleksionerlar ko‘p 
yillardan beri seleksiyaning yangi usullarini izlab kelganlar. Maqsad–mavjud eski 
navlarni yaxshilashda ularni boshqa navlar bilan chatishtirmay, o‘zlarining 
tarkibidan kerakli belgilarini izlab topishni ta’minlaydigan usullarni topish. Dastlab 


seleksionerlarning hamma umidlari eski liniyali navlarini yaxshilanishini shu 
liniyani navning o‘zida tabiiy mutatsiyalarini topib foydalanish edi. Shuning uchun 
toza liniyalarda va liniyali navlarda qayta tanlash degan seleksiyaning o‘ziga xos 
shakli paydo bo‘lib keng tarqaladi. Bu usulda Svalefskiy suli liniyali navidan 
Kirsha jyoltыy sulisi qayta tanlash natijasida, Latviyskiy jyoltыy liniyali navdan 
ertapishar Pfluga sulisi, Zolotoy dojd liniyali navdan Sukkerta № 1 oltin suli 
navlari yaratilgan. Toza liniyali navlarning spontan-tabiiy mutantlarda tanlash 
o‘tkazish yo‘li bilan bug‘doy, arpa va boshqa o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda 
yaratilgan navlar kam emas. Ammo spontan mutatsiyalar kamdan-kam uchraydi va 
ularning aksariyati seleksionerga tegishli liniyali navni yaxshilash uchun to‘g‘ri 
kelmaydi. 
Shu sababli liniyali navda qayta tanlash yo‘li bilan yangi navni yaratish 
uchun tanlashni keng miqyosda o‘tkazish to‘g‘ri keladi, lekin ko‘p hollarda u 
natijasiz bo‘ladi. Buni asosiy sababi shundaki spontan mutatsiyalari juda kamdan-
kam hosil bo‘ladi. (1000000 ga 1 ta yoki 100 mln gametaga 1 ta), bu holda 
seleksioner tomonidan kerakli mutatsiyani hosil qilinishini va undan yangi nav 
yaratilishi gumon va faqat favqulotda baxtli holat sabab bo‘lishi mumkin. 
Mutatsion seleksiyaning ko‘p mamlakatlarda keng miqyosda qo‘llanilishi 
uning o‘simliklar seleksiyasida ko‘p masalalarni yechishda katta samaraliligini 
ko‘rsatadi. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling