Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Geterozis deb duragaylarning birinchi bo‘g‘ini (G‘
1
) ota–ona shakllariga 
nisbatan yuqori hosilli va xayotchan bo‘lishiga aytiladi. (Bu mavzu umumiy 
seleksiya fanida batafsil o‘tilgan). 
Geterozis xodisasi birinchi bo‘lib chetdan changlanuvchi o‘simliklarda 
kuzatilgan va yaxshi o‘rganilib keng miqyosda makkajo‘xori, qand lavlagi, 
sabzavot-poliz va boshqa ekinlarda foydalanilmoqda. O‘zidan changlanuvchi 
o‘simliklarda ham oxirgi yillarda bu masalaga katta e’tibor berilmoqda. 
O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning ko‘payish biologiyasining asosiy 
xususiyati–yangi hosil bo‘lgan hamma mutatsiyalarni yana tez orada gomozigota 
xolatiga o‘tishi va o‘zidan changalnuvchilarni tashkil qilgan populyatsiyaning 
o‘simliklari o‘ta yuqori gomozigota xolatida bo‘lganligidir.bu o‘z navbatida 
bunday populyatsiyalar genofondida letal va yarim letal retsessiv mutatsiyalarni 
bo‘lmasligini ta’minlaydi va geterozis (duragay kuchi) amalda ro‘y bermaydi. 
Ammo o‘zidan changlanuvchi qator o‘simliklarda eksperimental usulda hosil 
qilingan duragaylarni o‘rganish natijasida ularda geterozis kuchli namoyon 
bo‘lganligi aniqlandi. Shunga asoslanib o‘zidan changlanuvchi ekinlar 
seleksiyasida geterozisdan amalda foydalanish masalasi qo‘yiladi. Bu masalani 
quyidagi yo‘llar bilan hal etish mumkin: 
1. Bug‘doyning eng yaxshi navlaridan sitoplazmatik erkak pushtsizli 
liniyalarni va mustaxkamlovchi liniyalarni yaratish va ularni chatishtirish 
jarayonida pushtsiz liniyalarni uzluksiz saqlanishini ta’minlash; 
2. Bug‘doyning boshqa yaxshi navlaridan tiklovchi liniyalarini sitoplazmatik 
pushtsiz liniyalar bilan chatishtirishdan hosil qilinganlarni sitoplazmatik erkak 
pushtli liniyalari bilan chatishtirish natijasida geterozisi kuchli namoyon 
bo‘ladigan fertil duragaylarni hosil qiluvchi liniyalarni yaratish; 
3. Pushtsiz (steril) liniyalarni va tiklovchi liniyalarni aloxida qatorlarda 
(navbatlashib) eqish va bu qatorlardan hosilni aloxida yig‘ib olish; 
4. Pushtsiz liniyali o‘simliklardan olingan urug‘liklarni ishlab chiqarishda 
geterozis asosida o‘stirish uchun foydalanish. 
Bu borada Kanada seleksionerlari tomonidan katta tadqiqot ishlari 
bajarilmoqda. U yerda ayrim eng yaxshi navlar asosida sitoplazmatik erkak 
pushtsiz liniyalar, mustaxkamlovchi liniyalar va pushtsiz liniyalar uchun tiklovchi 


liniyalar hosil qilingan. Liniyalarni chatishtirish uchun kuchli geterozis beradigan 
juftlar (kombinatsiyalar) tanlangan. 
Rossiya olimlari tomonidan ham bu borada katta tadqiqotlar o‘tkazilmokda 
ammo keng miqyosda geterozisli duragaylar hosil qilish dolzarb masalalardan biri 
bo‘lib qolmoqda. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling