Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm



Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya 
jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis 
uchun ahamiyati 
Reja: 
1.Seleksiya jarayonini rejalishtirish uchun boshlang‘ich namunalar. 
2.Duragaylashning ahamiyati
3.Seleksiya uchun boshlang‘ich ashyolarning foydalanishi 
4.Seleksiya usullarining navlarni yaratishdagi ahamiyatlari 
5.Ananaviy seleksiya usullari 
Tabiiy tanlanish va ongsiz sun’iy tanlash natijasida shakllangan o‘zidan 
changlanuvchi o‘simliklarning populyatsiyalari turli gomozigota liniyalarining 
murakkab aralashmalaridan iborat. 
Metodik tanlash dastlab ommaviy tanlash shaklida bo‘lib, eng yaxshi 
o‘simliklarning urug‘ini eqish uchun saqlash va o‘rtacha sifatli va yomonroqlari 
iste’mol uchun foydalanishga qaratiladi. 
AQSh bug‘doyda adaptatsion imkoniyatlarini kengaytirish allotsitoplazmatik 
bug‘doy duragaylari shaklida yangi genetik tizimlarini yaratish orqali erishiladi. 
Allotsitoplazmatik duragaylar qaytariqli chatishtirish usuli (olti bekkrossdan kam 
bo‘lmagan) va tanlash orqali hosil qilinadi. Ular T.aestivum L. yadrosi begona 
sitoplazmada normal harakat qiladigan yangi sintetik o‘simlik xilidir. 
Bug‘doy xujayrasining yadrosini boshqa o‘simlik sitoplazmasiga 
ko‘chirilishi o‘simliknning son belgilari va biologik xususiyatlarini o‘zgarishiga 
olib kelishi mumkin. 
Allotsitoplzamatik bug‘doyning kuzgi va bahori shakllarini hosil qilish va 
o‘rganish borasidagi seleksion–genetik ishlari Rossiya xalqlar do‘stligi 
universitetining Agronomiya fakultetida 1981 yildan beri bajarilmoqda. Hozirgi 
kungacha T.aestivum allotsitoplazmatik bug‘doyi liniyalarining ko‘p sonli 
kolleksiyasi yaratilgan. Ular bahori va kuzgi bug‘doyning turli navlarining yadro 
genomini Secale Ceriale, Aegilops ovata, T.timopheevi kabi turkumlarning 
sitoplazmasi bilan umumlashtiradi. 
Bir turkum duragayi genomi bilan ikkinchi genomni eliminatsiya 
xodisasidan foydalanib, tarkibida bug‘doyning yadro genomi, arpaning sitoplazma 
va sitoplazmatik genomining qismlari mavjud bo‘lgan arpa–bug‘doy shakllarini 
hosil qilishga erishildi. Bu alloplazmatik liniyalar o‘zining fenotipi bo‘yicha 
bug‘doyni takrorlaydi, ammo ularda arpaning ayrim belgilari hosil bo‘ladi. 
Masalan, ertapisharlik va qator kasalliklarga chidamlilik. 
2002 yilda ikki ilmiy-tadqiqot institutining kolleksiyasi pitomnigida 
(Moskva viloyatidagi NIISX sRNZ va Qozondagi NIIPTIAPK) allotsitoplazmatik 
bug‘doyning o‘n ikkita bahori liniyalarini taqqoslab o‘rganish natijasida 
T.timopheevi (ASPG T.timopheevi x SV66342 navi) yuqori hosildorligi va 
kasalliklarga (Priokskaya bahori bug‘doy standart naviga nisbatan) o‘ta chidamli 
liniyasi ajratib olindi.


Koreya bug‘doy ekinida o‘tkaziladigan tanlash usullari va tanlangan 
o‘simliklarni avlodlarini sinashi o‘zidan changlanuvchi ekinlardagidek. 
Ko‘p xollarda ertangi duragay avlodlarida yetarlicha bir xilli navni yaratish 
uchun qaytariqli tanlashlar o‘tkazilishi kerak. Navlarning geterogenliligi nav 
ichidagi tanlashni muvaffaqiyatli o‘tkazishga qulaylik tug‘diradi. Rossiyaning 
mashxur Bezostaya–1 navi Bezostaya–4 navida tanlash o‘tkazish natijasida 
yaratilgan. Pirotriks 28 navi Shortandinka navidan, Kitchener – Markiz (Kanada) 
navidan yaratilgan. 
Kuzgi yumshoq bug‘doyning Kroshka navi (2000 y) Krasnodar qishloq 
xo‘jalik ilmiy tekshirish institutida (Spartanka x Lyutessens 151) x Lyutessens 151 
duragay kombinatsiyasidan yakka tanlash usuli bilan Knyajna navi (2000 y) 
Tritikale x bug‘doy uzoq shakllarni duragaylashdan hosil qilingan avloddan ikki 
karra yakka tanlash usulini qo‘llab, Krasota navi (2003 y) (AD 2006 x Rubin) x 
Tritikale ozimaya 17TZ duragay populyatsiyasida yakka tanlash usuli bilan, 
Kupava navi (1999 y) Kavkaz, Atlas 66 va boshqalarning duragay 
populyatsiyasida yakka tanlash usuli bilan, Do‘stlik navi (2005 y) Andijon donli va 
dukkakli ekinlari ilmiy tekshirish institutida Vodema 9 navidan yakka–guruhlab 
tanlash usuli bilan, Andijon–2 navi (2003 y) Krasnodar qishloq xo‘jalik ITI bilan 
birgalikda Ko‘pava navidan ko‘p martali qaytariq tanlash usuli bilan, Andijon 4 
navi (2004 y) Krasnodar qishloq xo‘jalik ITI bilan birgalikda Yugtina navidan 
yakka–guruhli tanlash usuli bilan yaratilgan. 
Odatda nav bitta elita o‘simligining nasli sifatida shakllanadi, ammo 
o‘xshash liniyalarni birlashtirish xollari ham uchraydi. Masalan, Harkovskaya 46 
navi to‘rtta liniyani qo‘shilishi natijasida hosil qilingan. Ayrim navlarning kelib 
chiqishida undan ham ko‘p liniyalar ishtirok etganligi ma’lum. 
Kanada bug‘doyning pakana belgiga qaratilgan seleksiya ishlarini keng 
mikyosda o‘tkazilishi dala ekinlari orasida bug‘doy birinchi bo‘lib hisoblanadi. 
Kaltapoyalilik uchun donor sifatida (dastlabki material) dastlab yapon navlaridan 
foydalanilgan. Bunda Akachomugi navi muhim rolni o‘ynagan, uning ishtirokida 
bug‘doyning birinchi yevropali kaltapoyali navlari yaratilgan: Ardito, San – 
Pastore va boshqalar. 
Kaltapoyali navlarni yaratishning navbatdagi bosqichi kaltapoyalilik ikkita 
retsessiv genli kaltapoyali yapon Norin–10 navi AQShga keltirilgandan keyin 
boshlanadi. Bu nav hozirgi kaltapoyali navlarni yaratilishida katta rol o‘ynagan. 
Bulardan birinchi bo‘lib amerikalik Geynes navi yaratiladi. Undan keyin 
Meksikadagi bug‘doy va makkajo‘xorini yaxshilash xalqaro markazida Norin–10 
navi asosida N.Barlaug tomonidan seleksiya ishlari boshlab yuboriladi. Bu yerda 
yaratilgan Pitik 62, Sonora 64,7, serros–66 va boshqa navlar keng tarqalib ketadi. 
Boshqa ko‘p mamlakatlarda ham bu yo‘nalishdagi seleksiya ishlari olib 
borilmoqda. Yotib qolishga chidamli, yuqori intensivli, kaltapoyali navlarni joriy 
etilishi bug‘doy hosildorligini keskin ko‘tarilib ketishiga olib keldi. 
Rossiyada birinchi kaltapoyali nav bo‘lib Bezostaya–1 bo‘lgan (asosiy 
muallifi P.P.Lukyanenko), uning kelib chiqishida Akagomugi yapon navi 
katnashgan. Kelgusida seleksiya ishida Norin–10 navidan kelib chikkan 
shakllardan keng foydalanilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan donorlardan tashqari 


boshqalar ham mavjud. Masalan, kaltapoyali dominant genlar tashuvchi Tibet 
namunasi Tom Pus (Tom Tamb), Janubiy Afrika namunasi – Olesen Dvarf. 
Rossiyada chatishtirishda Bezostaya–1 navidan hosil qilishgan Krasnodarskiy 
karlik 1mutanti keng qo‘llaniladi. Uning ishtirokida bug‘doyning ko‘p navlari hosil 
qilinib rayonlashtirilgan.
Kaltapoyalikka qaratilgan seleksiya qator muammolarni tug‘dirgan. 
Kaltapoyali birinchi navlari, o‘suv korrelyatsiyasi natijasida kuchsiz ildiz tizimiga 
va kalta koleoptilga ega bo‘lgan, bu esa ularning qurg‘oqchilikka chidamliligini va 
dala unuvchanligini pasaytirgan. Kaltapoyali navlarning baland bo‘ylilarga 
nisbatan sovuqqa chidamliligi pastroq. Oxirgi yillarda seleksionerlar tomonidan 
ildiz tizimi kuchli rivojlangan uzun kaleoptilli kaltapoyali bug‘doy navlari hosil 
qilingan. Birinchi bu xildagi navlar S.F.Lefenko tomonidan SGI da yaratilgan 
(kuzgi Obriy, Yujnaya Zarya va boshqalar). Kaltapoyali navlarning Sovuqqa 
chidamliligi ancha ko‘tarilgan. 
Yaponiyada bug‘doy ekinida geterozisdan ishlab chiqarishda samarali 
foydalanish sitoplazmatik erkak pushtsizlik bilan bog‘liq. Yumshoq bug‘doyda 
sitoplazmatik erkak pushtsizligi yaponiyalik genetik olimi X.Kihara tomonidan 
egilops bilan chatishtirish natijasida va undan keyin amerikalik olimlar Dj.Uilson 
va U.Ross tomonidan T.timopheevii (yadrosi yumshoq bug‘doyniki, sitoplazma–
egilopsniki yoki T.timopheevii niki) ni chatishtirishdan hosil qilingan. Fertillikni 
tiklovchilari ham topilgan. Ammo hozirga kadar bu muammo xal etilgan emas, 
sababi–to‘lig‘icha turg‘un tiklanmasligi, chang donachalari mahsuldorligi kam va 
ishlab chiqarish maydonlarida geterozis darajasini yuqori emasligidir.
Bug‘doy duragayini hosil qilishning ikkinchi yo‘li – gametotsidlardan 
foydalanish. Bunday tadqiqotlar qator mamlakatlarda o‘tkazilmoqda. Buyuk 
Britaniya va AQSh da gametotsidlar yordamida hosil qilingan duragay 
bug‘doyning ishlab chiqarishdagi ekin maydonlari vujudga kelgan. Ammo keng 
maydonlarga tarqaladigan duragay bug‘doyni yaratish muammosi ham 
yechilmagandir. 
Seleksiya jarayonini uslubi va texnikasi. Duragaylash tartibi har bir 
ekinlarining umumiy seleksiyasi va urug‘chiligi qismlarida batafsil yoritib o‘tilgan. 
Ilk bor tashkil qilingan seleksion stansiyalar va urug‘chilik firmalarining 
faoliyati mahalliy navlarda ommaviy tanlash o‘tkazishdan boshlangan. 
Seleksionerlar tomonidan tanlash katta hajmda o‘tkazilib, ko‘p mikdorda qimmatli 
xo‘jalik belgilari hisobga olingan. Natijada mahalliy navlarning yaxshilanishi tez 
sur’atlarda o‘tib, bu usul yordamida yaratilgan seleksion navlar qimatli belgi va 
xususiyatlari bilan dastlabki mahalliy navlardan sezilarli ijobiy farq qilgan (1-
rasm). Ammo bu xildagi seleksion navlar o‘zining asosiy xususiyatlari bilan sifat 
jihatdan mahalliy navlardan farq qilmagan. Ular mahalliy navlar kabi ko‘p 
miqdordagi-turli gomozigota liniyalarining aralashmasidan iborat bo‘lib, bir 
tekisligi yetarlicha bo‘lmagan va qisqa muddatda sifati pastroq liniyalarining 
o‘simliklarini ko‘payishi evaziga qimmatli belgi va xususiyatli liniya o‘simliklari 
siqib chiqarilib-nav aynishiga olib keladi. 


Ommaviy tanlash usuli bilan yaratilgan navlarning bu kamchiliklari ko‘p 
vaqtdan beri seleksionerlar fikrini o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar seleksiyasini 
boshqa usullarini izlashga qaratgan. 
Ch.Darvinning ilmiy maqolalari chop etilishidan oldin ingliz seleksioner 
olimi Le-Kuter (1836) bug‘doy seleksiyasida alohida tanlab olingan o‘simliklarni 
avlodini hosil qilish maqsadida yakka tanlashni muvoffaqiyatli qo‘llagan. Ammo u 
eng yaxshi o‘simliklarni emas, balki eng yaxshi o‘simliklardan eng yaxshi 
boshoqlarni va eng yaxshi boshoqlardan eng yaxshi donlarni izlagan. Bu xildagi 
usul yakka tanlashni ancha murakkablashtirgan, uning samaradorligini pasaytirib 
o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning seleksiyasida joriy etishni orqaga tortgan. 
Yalmar Nilson (1901) Le Kuterning kamchiliklarini bartaraf etib, 
tanlashning asosi sifatida alohida eng yaxshi o‘simliklarni ajratishga qaratdi
chunki o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning hamma urug‘lari irsiy jixatdan bir 
xil. Shuning asosida u bu xildagi yakka tanlashni o‘zidan changlanuvchi 
o‘simliklar seleksiyasining asosiy usuli deb hisobladi. 
Yalmar Nilson bilan bog‘liq bo‘lmagan holda va undan ancha oldin o‘zidan 
changlanuvchi o‘simliklarda yakka tanlashni Fransiyada Vilmorenlar urug‘chilik 
firmasi muvaffaqiyatli qo‘llagan. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling