Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati
Download 485.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Maruza. xorijiy docm
Gen injeneriyasi usullari qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi shakllari,
liniyalari, navlari va duragaylarining patogenlarga o‘ta chidamliligini oshirishga va navlarni yaratish muddatini qisqartirishga qaratilgan muxim vazifalarni yechish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Xozirgi zamonda gen injeneriyasi resipient yadro apparatiga dastlab shu organizmga xos bo‘lmagan ayrim yangi genlarni kiritish va boshqaruv tartibli joylashishini kiritishigina emas, balki butun xromosomalarni, ayrim organellalarni kiritish yoki ikki xujayrani qo‘shilish bilan organizmning yangi shakllarini yaratish imkoniyati mavjud. Gen injeneriyasi texnologiyasi asosida jaxonning yetakchi biotexnologik markazlari va laboratoriyalarida, birinchi navbatda AQSh, Argentina, Kanada, Xitoy hamda Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Xindistonda soyaning, makkajo‘xorining, rapsning, kartoshkaning, pomidor va boshqa ekinlarning gerbitsidlarga va xasharotlarga chidamli shakllari yaratilgan: sholining- perekulyariozga, kartoshkaning–kolorado qo‘ng‘iziga, bug‘doyning–sho‘rlangan yerlarga, zang kasalligiga va fuzariozga, qand lavlagining–serkosporozga, rapsning–xasharotlarga va zamburuqli kasalliklarga. Transgen navlari va duragaylarining ekin maydonlari yil sayin kengayib bormoqda va jaxonda 50 mln gektar yerga tarqalgan. Transgen ekinlarning asosiy maydonlari to‘rt mamlakatda–AQSh, Argentina, Kanada va Xitoyda joylashgan. Transgen ekinlarning umumiy maydonidan 80 % soya va makkajo‘xoriga to‘g‘ri keladi. Transgen ekinlar maydonining deyarli hammasi gerbitsidlarga (71 %), xasharotlarga (22 %) chidamli nav va duragaylar bilan egallangan. Hozirgi kunda Rossiyada o‘simliklarning biotexnologiyasi va bioinjeneriya soxasidagi ishlar Butun Rossiya qishloq xo‘jalik biotexnologiya ITI, K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasi, Janubiy–Sharqiy QXITI, qand lavlagi BRITI, yem–xashak ekinlar BRITI, sabzavot ekinlar BRITI, sholichilik BRITI, kartoshkachilik BRITI, noqoratuproq xududining markaziy tumanlari QXITI, Shimoliy–Sharq QXITI da rivoj topmoqda. Rossiya fanlar akademiyasining “Bioinjeneriya” Markazida kartoshkaning kolorado qo‘ng‘iziga chidamli shakllari yaratilib davlat nav sinashiga topshirilgan. Bu biotexnologik va seleksion markazlarda o‘simliklarning bir necha yuz ming regenerantlari hosil qilingan. Bularning ko‘plari qurg‘oqchilikka, o‘ta yuqori va past haroratga, sho‘rlanishga, xavfli zamburuq, bakterial va virus kasalliklariga chidamli shakllaridir. Ular asosida noqoratuproq xududining markaziy tumanlari QXITI va Shimoliy–Sharqiy ITI da baxori bug‘doyning BR yem–xashak ITI da– beda va sebarganing, BRQXITI da–qand lavlagining, BR kartoshkachilik ITI da kartoshkaning yangi qimmatli navlari hosil qilingan. Biotexnologiya usullari qo‘llanilishi natijasida hosil qilingan birinchi navlari (Rossiyada) davlat reestriga kiritilgan. Shumer afsonasining birida aytilishicha, oliy xudo Enlil uy hayvonlar xudosi Lahar va uning singlisi – don xudosi Ashnanni yaratadi. Xudolar yerga tushib odamlarni dehqonchilikka va chorvachilik ishlariga o‘rgata boshlaydilar. Kunlardan birida ular kim odamlarga zarurroq va kerakliroq ekanligi to‘g‘risida baxslashadilar. Bu masalani yechish uchun ular Enlilga murojaat qiladilar. U ikkalasini gaplarini tanglab birinchilikni don xudosiga beradi. Bu afsona shuni ko‘rsatadiki, odamlar bundan olti ming yil muqaddam o‘simlikshunoslik chorvachilikka nisbatan ustun bo‘lganligini bilganlar. Hozirgi zamon biologiyasining yutuqlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqqanda ham aytilgan gaplar to‘g‘ri ekanligini ko‘ramiz. Download 485.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling