Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

To‘plash uslubining ijobiy tomonlari bilan birga, jiddiy kamchiliklari 
mavjud. Chunki qimmatli genotiplarning bir qismi yo‘qoladi va seleksiya 
jarayoniga G‘
2
da boshlanadigan tanlashga nisbatan ko‘p vaqt talab qiladi. Shunga 
qaramay to‘plash uslubi keng tarqalgan va hozirgi vaqtda chetdan changlanuvchi 
o‘simliklar sintetik seleksiyaning asosiy uslublaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Bir-biridan geografik uzoq bo‘lgan shakllarni (yoki navlarni ularning 
yovvoyi ajdodlari bilan) chatishtirganda to‘plash uslubi yetarli bo‘lmay qoladi. 
Ammo ishlab chiqarish tomonidan bo‘lgan talablarni (yuqori hosillilik, 
mexanizatsiyaga moslilik, sovuqqa chidamlilik, zamburuqli va bakterial 
kasalliklarga bardoshlilik kabilarni) faqat uzoq shakllarni chatishtirishga 
asoslangan sintetik seleksiya orqali qondirish mumkin. 
Sintetik seleksiyaning bu xillarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
seleksiyaning boshqa usullarini qo‘llash va tanlashning hajmini keskin 
kengaytirish talab etiladi. 
Bu borada atoqli seleksioner olimlardan bug‘doy seleksiyasining ilmiy 
maktablarini yaratgan va yangi navlarni yaratishda katta hissa qo‘shgan 
A.P.Shexurdin, V.Mamontova, P.P.Lukyanenko, N.V.Sitsin va boshqalarning 
ishlarini misol qilib keltirish mumkin. 
Bahori bug‘doy selesiyasida G.K.Meyster va A.P.Shexurdin (1930) 
pog‘onali duragaylash usulini ishlab chiqdilar. Bu usul bir-biridan qator qimmatli 
belgi va xususiyatlari bilan farq qiladigan, geografik jihatdan uzoq shakllarni 
chatishtirishdan 
iborat. 
Chatishtirishni 
tanlangan 
duragaylarning 
yuqori 
pog‘onalari orasida keng miqyosda o‘tkazib, dastlabki shakllarning ijobiy 
xususiyatlarini birikkan holdagi yangi nav yaratish, undan keyin nav, unda 
bo‘lmagan qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatli uzoq shakl bilan ota yoki ona 
o‘simlik sifatida chatishtirish uchun foydalaniladi. Keng miqyosda tanlash 
o‘tkazilib ota-ona shakllarining ijobiy xususitlarini mujassamlagan nav ajratib 
olinadi. Bu nav yana undan uzoq bo‘lgan shakl bilan ota yoki ona o‘simligi sifatida 
chatishtirish uchun foydalaniladi va shu tartibda davom etiladi. Bunday pog‘onali 
duragaylashda yangi yaratiladigan navlar cheksiz yaxshilanib boradi va doim 
yangi–yangi qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘ladi. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling