Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati
Download 485.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Maruza. xorijiy docm
Yakka tanlash. Donli ekinlarda yakka tanlash dastlabki navni uni tashkil
qilgan gomozigota liniyalariga ajratib (bo‘lib), ularni bir biri bilan taqqoslash va orasidan qimmatli xo‘jalik belgilari nuqtai nazaridan liniyalarni ajratish, undan keyin eng yaxshilarini ko‘paytirib yangi navlar sifatida foydalanish imkonini tug‘diradi. V.I.Iogansenning tadqiqotlari va uning toza liniyalar to‘g‘risidagi ta’limoti yakka tanlash usulining nazariy asosini yaratadi va shu usuldagi seleksiyaning samaradorligini oshirish uchun kerakli sharoitlarni aniqlab beradi: dastlab o‘simlikning gomozigotaliligi va uning avlodini faqat o‘zidan changlatish orqali ko‘payishi. Yakka tanlashda navda seleksioner tomonidan ajratilgan liniyalar birlashtirilmaydi va bir necha yil davomida aloxida-alohida sinchiklab o‘rganiladi. Yakka tanlash usulida seleksiya ishining boshlanishida odatda iloji boricha ko‘proq alohida toza liniyalarni hosil qiladigan boshlang‘ich o‘simliklarni ajratishga harakat qilinadi. Maqsad–bu murakkab aralashmadan eng yaxshi liniyani topish. Liniyalarning aksariyati qolib ketadi, birinchi yili va kelgusi yillarda har tomonlama baholash uchun ko‘p bo‘lmagan bir necha liniyalar qoldiriladi, 5-6 yil davomida sinchiklab bir-biri bilan va eng yaxshi standart navlari bilan taqqoslanadi. Standart navlarga nisbatan ustun bo‘lgan eng yaxshi liniyalar yangi toza liniyali navlar sifatida ajratiladi va nav sinashga o‘tkaziladi, uning asosida rayonlashtirilib davlat reestriga kiritiladi. Saratovlik atoqli seleksioner olim A.P.Shexurdin 1911 yilda bahori bug‘doyning qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli Poltavka nomli maxalliy navida 727 o‘simlikni tanlab olib (yakka tanlash asosida), har bir o‘simlikning urug‘ini dalada alohida ekib, bir xil sharoitda o‘rganib, sinab 727 avlodlar ichida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan avlodni ajratib oladi. 727 o‘simliklarning avlodi-727 liniyasi bo‘lib, liniyalar analiz qilinishi natijasida eng yaxshi 62 raqamli liniyasi ajratib olinadi. Bu liniya har tomonlama o‘rganilib, sinalib, ko‘paytiriladi-natijada qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatli, o‘ta plastik, yuqori hosilli, yaxshi sifatli, qurg‘oqchilikka chidamli kelgusida ko‘p maydonlarga ekilib tarqalgan bahori bug‘doyning Lyutessens 62 navi yaratiladi. Bu nav yakka tanlash va liniyalarni o‘rganish, tahlil (analiz) qilish natijasida hosil qilinadi. Shuning uchun bu usulni qo‘llab navlar yaratish seleksiyasi-analitik seleksiya deb ataladi. Boshlang‘ich nav 1 –tanlash Boshlang‘ich navdan elita o‘simliklarini tanlash Birinchi tanlash o‘simliklar hosilini birlashtirish Boshlang‘ich nav va Standart bilan 2-tanlash Birinchi tanlash hosilidan o‘simliklarni tanlash Boshl. Tanl. St. Ikkinchi tanlash o‘simliklar hosilini birlashtirish Nav sinash shaxobchalari Seleksion stansiyada ikkinchi tanlashni sinash 3-tanlash Ikkinchi tanlash hosilidan elita o‘simliklarnn tanlash Boshl. Tanl. St. DK-Dastlabki ko‘paytirish 1 – rasm. Ko‘p martali ommaviy tanlash sxemasi. Yakka tanlash seleksiyaning samarali usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi, ko‘p mehnat talab qilinsa ham sezilarli va qisqa muddatda muvoffaqiyatga erishiladi (2-rasm). Boshlang‘ich Elita o‘simlik- material pitomnigi larini tanlash 1 – yil Elita o‘simlik seleksion lari avlodlarini pitomnikgi eqish, yomonlarini brak qilish 2 – yil Eng yaxshi seleksion avlodlarini pitomnigi eqish. Brak qilish 3 – yil Eng yaxshi kontrol avlodlarini pitomnigi eqish. Brak (KP) qilish dastlabki navsinash (DN) va konkurs navsinash (KN) Seleksion stansiyada 4 – yil konkurs va har xil zonalarda navsinash (KN), sinash, ko‘paytirish zonal nav sinash Davlat nav sinashiga (ZN), dastlabki ko‘paytirish (DK) o‘tkazish 5 – yil dastlabki Urug‘chilik ishlari, ko‘paytirish (DK), Davlat nav sinash urug‘lik pitomnigi (UP), shaxobchalarida davlat nav sinashi (DN) sinash 2-rasm. Bir martali yakka tanlash sxemasi. КП КН ДН КП ДН ДН КН ДК ЗН ДН КН ДН ДК УП КН ДК ЗН Yakka tanlash usulining analitik seleksiyaning boshqa usullari kabi bitta jiddiy kamchiligi mavjud. Yakka tanlash usuli yordamida boshlang‘ich populyatsiyani tashkil qilgan liniyalar orasidan eng yaxshisini ajratib liniyali nav sifatida keng miqyosda ko‘paytirish mumkin, ammo mutloq yangi, boshlang‘ich populyatsiyada bo‘lmagan shaklni yaratib bo‘lmaydi. Seleksiyaning dastlabki bosqichlarida yakka tanlash yordamida seleksiyaner talabini har tomonlama qondiradigan liniyalarni osonlik bilan ajratish mumkin edi. Ammo seleksiyaning rivojlanishi va standart navini sifatining yaxshilanishi bilan, ishlab chiqarish tomonidan navlar oldiga qo‘yiladigan talablar oshadi (kasalliklarga chidamlilik, mexanizatsiyaga moslashganlik, kimyoviy tarkibi va boshq.). Ko‘p hollarda kerakli bo‘lgan belgi va xususiyatlar mahalliy nav populyatsiyalarda bo‘lmaydi. Bunday hollarda yakka tanlash orqali o‘tkaziladigan analitik seleksiya o‘rniga seleksiyaning boshqa usullaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu usullardan biri kerakli belgi va xususiyatli shakllarni chatishtirishga asoslangan sintetik seleksiyadir. Shaklining birida ikkinchisida bo‘lmagan belgilar bo‘lib, lekin ikkinchisida bo‘lgan belgilari yo‘q va aksincha. Demak, seleksiyaning bu usulida faqatgina toza liniyalarni ajratish emas, balki ikki bir- biridan fark qiladigan boshlang‘ich shakllarning ijobiy xususiyatlarining birlashishi asosida yangi shakllar hosil qilinadi. Download 485.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling