Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati
Download 485.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Maruza. xorijiy docm
Sintetik
seleksiyaning turli uslublaridan foydalanish madaniy o‘simliklarni tubdan o‘zgartirish, hatto ularning yovvoyi shaklarining ijobiy xususiyatlarini mujassamlagan navlarni yaratishga keng imkoniyatlar tug‘diradi. Ammo sintetik seleksiyaning asosini tashkil qiladigan har xil nav yoki urlarni chatishtirish, chatishtirishda qatnashgan shakllarni asosiy xususiyatlarni buzilishiga olib keladi va kelgusida dastlabki shakllarining ijobiy xususiyatlarini yangi duragay navda birlashtirish uchun ko‘p vaqt talab etadi. Undan tashqari yangi bo‘lajak navga o‘tkazish uchun juda ham zarur bo‘lgan ayrim belgi va xususiyatlari to‘g‘ri keladigan unga yaqin ajdodlarida umuman bo‘lmasligi mumkin. Sintetik seleksiya bilan bu muammolarni yechish uchun seleksionerlar ko‘p yillardan beri seleksiyaning yangi usullarini izlab kelganlar. Maqsad–mavjud eski navlarni yaxshilashda ularni boshqa navlar bilan chatishtirmay, o‘zlarining tarkibidan kerakli belgilarini izlab topishni ta’minlaydigan usullarni topish. Dastlab seleksionerlarning hamma umidlari eski liniyali navlarini yaxshilanishini shu liniyani navning o‘zida tabiiy mutatsiyalarini topib foydalanish edi. Shuning uchun toza liniyalarda va liniyali navlarda qayta tanlash degan seleksiyaning o‘ziga xos shakli paydo bo‘lib keng tarqaladi. Bu usulda Svalefskiy suli liniyali navidan Kirsha jyoltыy sulisi qayta tanlash natijasida, Latviyskiy jyoltыy liniyali navdan ertapishar Pfluga sulisi, Zolotoy dojd liniyali navdan Sukkerta № 1 oltin suli navlari yaratilgan. Toza liniyali navlarning spontan-tabiiy mutantlarda tanlash o‘tkazish yo‘li bilan bug‘doy, arpa va boshqa o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda yaratilgan navlar kam emas. Ammo spontan mutatsiyalar kamdan-kam uchraydi va ularning aksariyati seleksionerga tegishli liniyali navni yaxshilash uchun to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli liniyali navda qayta tanlash yo‘li bilan yangi navni yaratish uchun tanlashni keng miqyosda o‘tkazish to‘g‘ri keladi, lekin ko‘p hollarda u natijasiz bo‘ladi. Buni asosiy sababi shundaki spontan mutatsiyalari juda kamdan- kam hosil bo‘ladi. (1000000 ga 1 ta yoki 100 mln gametaga 1 ta), bu holda seleksioner tomonidan kerakli mutatsiyani hosil qilinishini va undan yangi nav yaratilishi gumon va faqat favqulotda baxtli holat sabab bo‘lishi mumkin. Mutatsion seleksiyaning ko‘p mamlakatlarda keng miqyosda qo‘llanilishi uning o‘simliklar seleksiyasida ko‘p masalalarni yechishda katta samaraliligini ko‘rsatadi. Download 485.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling