Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati
Download 485.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Maruza. xorijiy docm
Biotexnologiya usullari. Genni inson uchun xizmat qilishga qaratilgan
malekulyar biologiyasi, gen va xujayra injeneriyasining yutuqlari asosida yangi soxa biotexnologiyaning asoslari yaratilgan. Biotexnologiya–mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlar xujayralarini sun’iy oziqa muxitlarida o‘stirilishiga, chegaralangan protoplastlar, xujayra organiodlari (masalan xloroplastlar) va biologik faol malekulalari (fermentlar, xlorofill, bakteriorodopsin va x.k.) biosintetik saloxiyatidan foydalanishga asoslangan yangi ishlab chiqarish jarayonlarining negizini yaratish bilan shug‘ullanadigan amaliy biologiyaning bir soxasi. Biotexnologiyaning usullari qishloq xo‘jaligining turli soxalarida, jumladan o‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilikda foydalaniladi. Bu usullar yordamida fitoparazitlarga chidamli transgen madaniy o‘simliklar hosil qilinadi. Nemis va daniyalik olimlar birgalikda yaqinda qand lavlagi nematodasining fitoparazitiga rezistent genini identifikatsiya (aynan o‘xshatish) qildilar. Nematodaga (Heteiodera schachitii) rezisteng geni Veta procumbens yovvoyi lavlagisida topilgan, madaniy Veta vulgaris turida esa bunday gen yo‘q. Bu genni yovvoyi turdan qand lavlagining madaniy turiga ko‘chirish borasida tegishli tadqiqotlar bajarilmoqda. Biotexnologiya usullari yordamida sovuqqa yoki yuqori haroratga, yuqori yoki past namlikka, qurg‘oqchilikka chidamli transgen o‘simliklar hosil qilish, bundan tashqari sho‘rlangan yerlarda o‘sadigan modifikatsion o‘simliklarni yaratish mumkin. Xozirgi zamon seleksiyasida o‘simliklarning chidamliligi va maxsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan jaxonda nav manbalarini yangi pog‘onasini yaratishda biotexnologiya muxim o‘rinni egallaydi. Biotexnologlarning asosiy tadqiqotlari qishloq xo‘jalik o‘simliklarining maxsulotini oshirilishi saqlash va maxsuldorligi hamda sifatini yaxshilashda tashqi muxitning biotik va abiotik stressli omillariga yagona (birgina), guruhli yoki majmuiy chidamliligiga prinsipial yangi genotiplarini yaratishga qaratilgan. Seleksionerlarning qishloq xo‘jalik ekinlarining majmuiy chidamli nav va duragaylarini faqat an’anaviy usullar bilan hosil qilish harakatlari xoxlagan natijalarga olib kelmaydi. Uzoq shakllarni duragaylashga asoslangan transgressiv seleksiyasidan foydalanish madaniy o‘simliklarni tashqi muxitning stressli omillariga chidamliligini qator hususiy muammolarini xal etishga olib keldi. Ammo umuman olganda bu muammo juda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘simliklarning yangi shakllarin yaratilishida xujayra injeneriyasining xissasi katta bo‘lib, unda murakkab genetik jarayonlari (manipulyatsiyalari) xujayra darajasida amalga oshiriladi. Xujayra injeneriyasi negizida o‘simlik va hayvonlar xujayralari yakkalangan (izolyatsiya qilingan) protoplastlarining qo‘shilish (birlashish) usuli yotibdi yoki xujayra injeneriyasi asosida somatik duragaylash deb nomlangan, ya’ni sun’iy oziqa muxitida o‘stirilgan ikki jinsiy bo‘lmagan (somatik) xujayralarni birlashish usuli yotibdi. Download 485.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling