Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Pog‘onali seleksiya usulini qo‘llab A.P.Shexurdin (1937) yumshoq 
bug‘doyning o‘sha davrda misli ko‘rilmagan ajoyib Steklovskiy 1 (Albidum 1264) 
navini yaratdi. Bu nav donining makaronli, yormali va boshqa sifatlari qattiq 
bug‘doy donining sifatlariga o‘xshash, hatto undan ham ziyodroq bo‘lgan. u nav 
kelgusida kuzgi yumshoq bug‘doyning-ko‘p navlarini hosil qilishda boshlang‘ich 
nav sifatida keng foydalanilgan. 
P.P.Lukyanenko kuzgi bug‘doy ekinining geografik kelib chiqish bo‘yicha 
turli navlarni chatishtirishga asoslangan sintetik seleksiyaning boshqacha uslubini 
ishlab chiqqan. Bu uslub bo‘yicha har bir kombinatsiyada 100-200 boshoqlar yoki 
2000–4000 gul bichiladi va changlatiladi. Maqsad G‘
2
da shu avlodni o‘zida yakka 
tanlashni boshlash uchun yetarli miqdorda o‘simliklar sonini ta’minlash. G‘
2
da 
tanlab olingan o‘simliklarning urug‘i seleksion pitomnikda avlodlar bo‘yicha 
alohida—alohida ekiladi, unda G‘
3
da nisbatan bir tekis liniyalar ajratib olinadi. 
Ular seleksion pitomnikda shu yil o‘rganiladigan liniyalarning umumiy sonini 5-10 


% dan ko‘p tashkil qilmaydi. Ajratib olingan liniyalar konkurs nav sinashgacha 
tanlash o‘tkazmay o‘rganiladi. 
Seleksion pitomnikda har yili 7-10 ming duragay liniyalar ekiladi. Ammo 
konkurs nav sinashda odatda faqat 30–40 yangi navlar qoldirilib sinaladi. 
Eng yaxshi o‘simliklarni tanlash hamma vaqt dalada vegetatsiya davrida 
o‘tkaziladi. Bu zang kasaliga chidamlilikni, poyasining mustahkamligi
boshog‘ining mahsuldorligi va tezpisharligini to‘g‘ri baholashga imkon yaratadi. 
Bu uslub qo‘llanilib duragaylarning ertangi avlodlarida yakka tanlash usuli 
bilan kuzgi bug‘doyning Novoukrainka 83, Bezostaya 4, Kubanskaya 131 va 
boshqa ko‘p hududlarda rayonlashtirilgan qimmatli navlari yaratilgan. 
Liniyalarni G‘
2
va G‘
3
da joylashtirib, kelgusi avlodlarda tanlash 
bo‘lmaganligi sababli bu usul yordamida hosil qilingan navlar ko‘p miqdorda 
morfologik jihatdan o‘xshash toza liniyalardan iborat populyatsiyalarni tashkil 
qiladi. Ular ko‘pincha irsiy omillar bo‘yicha geterozigotali bo‘lgan dastlab 
tanlangan o‘simliklarning ajralishi natijasida vujudga kelgan. Shu sababli bunday 
navlar yakka tanlash yordamida analitik seleksiya uchun muqobil boshlang‘ich 
material bo‘lib hisoblanadi. Bunda navlar ularni tashkil qilgan toza liniyalarga 
bo‘linadi va ulardan eng yaxshilari yangi liniyali navlar bo‘ladi. 
Haqiqatdan ham P.P.Lukyanenko o‘zi yaratgan duragay–populyatsiyalarida 
qo‘shimcha yakka tanlash natijasida Krasnodarka 622/2, Novoukrainka 84, 
Skorospelka Z-b, Bezostaya 4 navlarini va Bezostaya 4 navidan yakka tanlash yo‘li 
bilan seleksiyaning yirik yutug‘i bo‘lgan Bezostaya 1 yangi liniyali navini hosil 
qildi. 
Bug‘doy seleksiyasida va ayrim boshqa o‘z-o‘zidan changlanuvchi 
o‘simliklarda bir-biridan juda uzoq bo‘lgan (hatto xromosomalar soni har xil 
bo‘lgan) shakllarni chatishtirishga asoslangan sintetik seleksiya ham keng 
tarqalgan (Uzoq shakllarni duragaylash mavzusi umumiy seleksiya fanida 
mukammal yoritilib o‘tilgan). Bu hollarda seleksioner qator kiyinchiliklarga duch 
keladi. Ular nafaqat murakkab ajralishlar, balki bu xildagi chatishtirishlar 
o‘tkazishni qiyinligi va hosil qilingan ayrim duragaylarning pushtsizligi (sterilligi) 
dir. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling