Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Duragaylash usuli uzoq muddatli tarixga ega. XIX asrdayoq Michurin
Nayt, Berbank, Vilmoren, Saunders va boshqa seleksionerlar seleksiya maqsadida 
keng miqyosda duragaylash qo‘llagan. Ammo duragaylash usulidan foydalanish 
seleksionerlar tomonidan samarali va sistematik ravishda XX asrda boshlanadi. 
Duragaylashning seleksiya ishida muvaffaqiyatli bo‘lishida genetikaning 
zamonaviy yutuqlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. 
Duragaylashning asosiy vazifasi bir o‘simlikda dastlabki shakllarning ijobiy 
belgi va xususiyatlarini birlashtirish. Ba’zi vaqtlarda duragaylashdan hosil bo‘lgan 
duragay avlodida kengroq o‘zgarishlar hosil qilinib, kerakli belgi shakllarni 
ajratishni osonlashtirish (hosildorlik, qurg‘oqchilikka, sovuqqa, kasalliklarga 
chidamliligi va boshqa) uchun foydalaniladi. 
Duragaylarning birinchi bug‘inida (G‘
1
) o‘simliklar bir xil, geterozigota 
xolatida bo‘lganligi uchun jinsiy ko‘payish jarayonida tanlash ikkinchi (G‘
2
) yoki 
undan keyingi avlodlarda o‘tkaziladi. 
Agar ota ona shakllari bir biridan kam farq qilsa (bir tur xilga kiradigan 
navlar), duragaylarda ajralish oddiy bo‘lib, G‘
2
ga kelib ota-ona shakllarining 
qo‘shilgan belgili qator gomozigota shakllari hosil bo‘ladi va digibrid ham trigibrid 
chatishtirishga xos ajralish kuzatiladi. Shuning uchun bunday chatishtirish 
o‘tkazishda tanlash va liniyalarni joylashtirishni G‘
2
da yoki G‘
3
da boshlash 
mumkin. 
Bu xildagi chatishtirishda ajralish nisbatan oddiy va ota-ona shakllarining 
belgilarini yangi ko‘rinishda ko‘p bo‘lmaganligi tufayli G‘
2
da o‘simliklar soni 
ko‘p bo‘lmasligi mumkin (100-200 o‘simlik), bu esa sintetik seleksiyaning bunday 
shaklini ancha osonlashtiradi va soddalashtiradi. Shuning uchun o‘zidan 


changlanuvchi o‘simliklarda sintetik seleksiyasidan foydalanish buyicha Svalef 
seleksion stansiyasida (XX asrning boshlarida ) tajribalar shu usulda o‘tkazilgan. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling