Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Mutantlar seleksiya uchun qimmatli boshlang‘ich material bo‘lib 
hisoblanadi, chunki ular yangi, ilgari uchramagan qimmatli belgilarga ega bo‘lishi 
mumkin. Undan tashqari mutagenez yordamida mayda gulli ekinlarda (masalan 
tariq) chatishtirish o‘tkazishda ro‘y beradigan qiyinchiliklarni yechish imkoniyati 
tug‘iladi. 
O‘simliklar seleksiyasida sun’iy mutatsiyalar hosil qilish muhim usullardan 
hisoblanadi. Sun’iy mutatsiyalarni turli omillar yordamida hosil qilish mumkin. 
Fizikaviy mutagenlar-ionizatsiya, alfa, betta, gamma, rentgen va lazer nurlari, 
neytronlar, ultrabinafsha nurlar, o‘ta past va o‘ta yuqori harorat va kimyoviy 
mutagenlardan murakkab kimyoviy birikmalar-etilenemin, nitrozometilmochevina, 
nitrozoetilmochevina, dimetilsulfat, gidroksilamin va boshqalar. 
Sun’iy mutatsiyalar hosil qilish borasidagi ilmiy izlanishlar 1920 yillarda 
boshlanadi. 
1925 yilda Rossiya olimlari G.A.Nadson va Filippovlar achitqi zamburug‘lariga 
rentgen nurlari bilan ta’sir etib, mutatsiyalar hosil qilgan. 1927 yilda amerikalik 
olim G.M.Myuller drozofilla pashshasida sun’iy yo‘l bilan irsiy o‘zgarishlar hosil 
qilishda katta yutuqlarga erishdi. 1928 yil amerikalik olim Stadler makkajo‘xori, 
arpaning mutatsiyalarini hosil qildi. Shu yilning o‘zida Rossiyada L.N.Delone va 
A.M.Sapegin, Shvesiyada Nilson-Ele va Gustafson, Shtubbe Germaniyada 
madaniy o‘simliklarda sun’iy mutatsiya hosil qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini 
boshlaydilar. 
Delone va Sapegin rentgen nurlari ta’sir etib bug‘doyning qimmatli xo‘jalik 
belgili va xususiyatli shakllarini hosil qildilar va shu bilan radiatsion mutatsiya 
faniga asos solindi. 


1932-1936 yillarda S.Ya.Kraevoy rentgen nurlari ta’sirida goroxning, 1937 
yil A.N.Lutkov arpaning mutatsiyalarini yaratdi. 
Keyingi yillarda sun’iy mutatsiya hosil qilish ishlari Shvesiya, Rossiya, 
Hamdo‘stlik mamlakatlari, AQSh, Chexiya, Fransiya, Hindiston, Yaponiya kabi 
mamlakatlarda keng avj oldi. Akademik I.A.Rapoport rahbarligida Rossiya fanlar 
akademiyasining kimyoviy fizika institutida mutagenez markazi tashkil qilindi. 
Akademik N.P.Dubinin 1957 yilda radiatsion genetika laboratoriyasini 
tashkil qildi. Qimmatbaho va muhim xo‘jalik belgi hamda xususiyatlarga ega 
bo‘lgan sun’iy mutatsiyalar hosil qilish uchun turli mutagenlardan foydalaniladi. 
Sun’iy mutatsiyalardan seleksiya ishida foydalanishning ikki yo‘li mavjud: 
1. Rayonlashtirilgan eng yaxshi navlarning sun’iy mutantlarini hosil qilib, 
ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish asosida (tanlash, o‘rganish, sinash) yangi 
navlarni yaratish; 
2. Eng yaxshi navlarning sun’iy mutantlarini hosil qilib, ularni boshqa navlar 
bilan chatishtirish asosida yangi navlar yaratish. 
Bu usuldan foydalanib mamlakatimizda va chet ellarda ekinlarning yuqori 
hosilli, maxsulot sifati yaxshi bo‘lgan, tezpishar, kasalliklarga chidamli, yotib 
qolmaydigan, pakana bo‘yli nav va xillari yaratilgan, ular ishlab chiqarishga keng 
joriy etilmoqda. 
Masalan; baxori bug‘doyning Novosibirskaya-67, arpaning Minskiy, 
soyaning Udiversal, sulining Zelenыy navlari mutantlardir. 
O‘zbekistonda rayonlashtirilib Davlat reestriga kiritilgan Samarqand qishloq 
xo‘jalik instituti olimlari tomonidan yaratilgan arpaning Afrosiab va Temur 
navlarini yaratishda mutantlardan foydalanilgan. 
Pallidum 90 (Ajer x Omar) x NBS63180/73 (Elgina navining radiomutanti) 
larni duragaylash yo‘li bilan Afrosiab navi, (Pallidum 90 x NVS 63180/73; 
Pallidum 90 (Ajer x Omar) x HVS 63180/73 Elgina navining radiomutanti) 
navlarini chatishtirib Temur navi yaratilgan. 
AQSh da kuzgi bug‘doyning mashhur bo‘lgan Geyns, Hindistonda Sonora 
degan mutant navlari yaratilgan. Bu navlar pakana bo‘yli bo‘lib gektaridan 120-
140 sentnergacha hosil bera oladi. Ularning donida oqsil moddasi 2,5 % ga, 
oqsilida esa lizin aminokislotasi 1,5 marta ko‘pdir. 
Shvesiyada arpaning Pallas navi Bonus navi urug‘iga rentgen nurlari ta’sir 
etib, AQSh da sulining zang kasalligiga chidamli, yotib qolmaydigan, pakana 
bo‘yli serhosil Florad navi Florogen naviga issiq neytronlar ta’sir ettirib yaratilgan. 
P.P.Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo‘jalik institutida shu usul 
bilan Bezostaya 1 va Mironovskaya 808 navlarining pakana bo‘yli, sovuqqa o‘ta 
chidamli, doni a’lo sifatli mutantlari hosil qilinib, ular duragaylashda keng 
foydalaniladi. 
Kuzgi arpaning Start navining urug‘i nitrozoetilmochevinaning 0,05 foizli 
eritmasida ivitilib, qimmatbaxo Debyut navi hosil qilingan. Arpaning 31M
15 
liniyasini duragaylashda foydalanib, kuzgi arpaning Novator navi yaratilgan. 
Sun’iy mutagenez usullari bilan ekinlarning past, pakana bo‘yli mutant 
navlarini yaratish ko‘p mamlakatlarda avj olib bormoqda. 


Kuzgi javdarga ekzogen nuklein kislotasi ta’sir qilish natijasida past 
bo‘ylilik, yuqori hosillik va yaxshi sifatli o‘simliklar hosil qilingan 
(A.I.Potapolskaya, L.I.Yurkevich va S.G.Mashtallyar). 
Shunday qilib sun’iy mutagenez usullari qo‘llanishi natijasida qishloq 
xo‘jalik ekinlarining yuqori hosilli, yaxshi sifatli, kasalliklarga, zarakunandalarga 
chidamli, tarkibida qimmatli moddalarni ko‘p saqlaydigan, mexanizatsiyaga mos 
navlari yaratilgan va yaratilmoqda. 
O‘simliklar seleksiyasida poliploidiya va gaploidiya usullaridan 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling