Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati
Download 485.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Maruza. xorijiy docm
foydalanib yangi belgi va xususiyatli shakllarni hosil qilib, ular asosida yangi
navlar yaratiladi. Poliploid shaklarni sun’iy ravishda hosil qilish maqsadida turli kimyoviy moddalar-alkaloidlar-kolxitsin, asenaften, gemoksin, lindam, azot oksidi va boshqalar qo‘llaniladi. 1937 yilda olimlar A.Bleksli va Ayveri tomonidan kolxitsin alkoloidining poliploid hosil qilish qobiliyati aniqlangan. Bo‘linish jarayonidagi xujayralarga kolxitsin ta’sir qilganda xujayralarda xromosomalar soni ko‘payib poliploidlar hosil bo‘lishi mumkin. Bu kashfiyotdan keyin amalda ekinlarning poliploidlarini hosil qilish seleksiya ishida keng qo‘llana boshlandi. V.Ye.Pisarev 1972 yilda yumshoq bug‘doy bilan javdarni chatishtirib 56 xromosomali amfidiploid tritikaleni yaratdi. Avval bug‘doy - javdar - duragayi hosil qilinib yumshoq bug‘doy x javdar duragay hosil bo‘ladi, 2p = 42 2p = 14 2p = 28 undan keyin duragay urug‘iga kolxitsin ta’sir qilib 2p = 28 x 2 = = 2p = 56 xromomsomalar soni ikki marta oshgan amfidiploid – tritikale hosil qilinadi. Ukraina o‘simlikshunoslik va seleksiya ilmiy tadqiqot institutida A.F.Shulindin qattiq bug‘doy bilan (2p=28) javdarni (2p=14) chatishtirib 42 xromosomali amfidiploid tritikaleni yaratdi. Amfidiploidlarning (tritikalening) 120 dan ortiq navlari yaratilib ular katta maydonlarda ekilmoqda. Jumladan O‘zbekistonda tritikalening Baxodir, Mnogozyornыy 2, Prag serebristыy, Uzor navlari ekilmoqda. Bir o‘simlikda bug‘doy bilan javdarning belgi va xususiyatlarini birlashtirish g‘oyasi taxmigan 1875 yilda Edinburgda ingliz olimi Uelsonning bo‘g‘doy–javdar duragayi hosil qilinganligi to‘g‘risida maqolasi chop etilganidan keyin vujudga keladi. 1881 yilda Germaniyada Rimpau bug‘doy bilan javdar o‘rtasida barqaror oraliq duragaylarini ajratib olgan bo‘lsada, u vaqtda buning ahamiyatiga e’tibor berilmaydi va shuning uchun amalda qo‘llanilmaydi. 1918 Saratov qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasida G.K.Meyster bunday duragaylarni (bug‘doy–javdar) javdar ekin maydonida bug‘doy bilan tabiiy duragaylanish asosida hosil bo‘lganligini kuzatadi. 1925 yil V.N.Lebedev Belotserkov tajriba ssleksion stansiyasida tabiiy javdar–bug‘doy duragaylarini topadi. Birinchilar qatorida geksaploid tritikaleni o‘rgangan A.I.Derjavin hisoblanadi. U 1933 yilda bug‘doy bilan javdarni chatishtirib birinchi amfidiploidni hosil qildi. Undan keyin seleksiya ishida ko‘p mamlakatlarda jumladan O‘zbekistonda tritikale navlarini yaratish ishlari avj olib yuboriladi. Hozirgi vaqtda sintetik seleksiya ishida sun’iy gaploidlardan keng foydalaniladi. Ayniqsa, bunda gomozigotali shakllarni tez va qisqa muddatda yaratish imkoniyati mavjud. Gaploidlardan bug‘doyning pakana bo‘yli, kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda keng foydalaniladi. Gaploidiya usuli bilan Odessadagi seleksiya va genetika ilmiy tadqiqot institutida arpaning yuqori hosilli Istok, Odesskaya 115 navlari yaratilgan. O‘zidan changlanuvchi o‘simliklar seleksiyasida geterozisdan foydalanish sintetik seleksiyaning yana bir istiqbolli usulidir. Download 485.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling