Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati
Download 485.9 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Maruza. xorijiy docm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy tanlanish
Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati Reja: 1.Seleksiya jarayonini rejalishtirish uchun boshlang‘ich namunalar. 2.Duragaylashning ahamiyati 3.Seleksiya uchun boshlang‘ich ashyolarning foydalanishi 4.Seleksiya usullarining navlarni yaratishdagi ahamiyatlari 5.Ananaviy seleksiya usullari Tabiiy tanlanish va ongsiz sun’iy tanlash natijasida shakllangan o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning populyatsiyalari turli gomozigota liniyalarining murakkab aralashmalaridan iborat. Metodik tanlash dastlab ommaviy tanlash shaklida bo‘lib, eng yaxshi o‘simliklarning urug‘ini eqish uchun saqlash va o‘rtacha sifatli va yomonroqlari iste’mol uchun foydalanishga qaratiladi. AQSh bug‘doyda adaptatsion imkoniyatlarini kengaytirish allotsitoplazmatik bug‘doy duragaylari shaklida yangi genetik tizimlarini yaratish orqali erishiladi. Allotsitoplazmatik duragaylar qaytariqli chatishtirish usuli (olti bekkrossdan kam bo‘lmagan) va tanlash orqali hosil qilinadi. Ular T.aestivum L. yadrosi begona sitoplazmada normal harakat qiladigan yangi sintetik o‘simlik xilidir. Bug‘doy xujayrasining yadrosini boshqa o‘simlik sitoplazmasiga ko‘chirilishi o‘simliknning son belgilari va biologik xususiyatlarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Allotsitoplzamatik bug‘doyning kuzgi va bahori shakllarini hosil qilish va o‘rganish borasidagi seleksion–genetik ishlari Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining Agronomiya fakultetida 1981 yildan beri bajarilmoqda. Hozirgi kungacha T.aestivum allotsitoplazmatik bug‘doyi liniyalarining ko‘p sonli kolleksiyasi yaratilgan. Ular bahori va kuzgi bug‘doyning turli navlarining yadro genomini Secale Ceriale, Aegilops ovata, T.timopheevi kabi turkumlarning sitoplazmasi bilan umumlashtiradi. Bir turkum duragayi genomi bilan ikkinchi genomni eliminatsiya xodisasidan foydalanib, tarkibida bug‘doyning yadro genomi, arpaning sitoplazma va sitoplazmatik genomining qismlari mavjud bo‘lgan arpa–bug‘doy shakllarini hosil qilishga erishildi. Bu alloplazmatik liniyalar o‘zining fenotipi bo‘yicha bug‘doyni takrorlaydi, ammo ularda arpaning ayrim belgilari hosil bo‘ladi. Masalan, ertapisharlik va qator kasalliklarga chidamlilik. 2002 yilda ikki ilmiy-tadqiqot institutining kolleksiyasi pitomnigida (Moskva viloyatidagi NIISX sRNZ va Qozondagi NIIPTIAPK) allotsitoplazmatik bug‘doyning o‘n ikkita bahori liniyalarini taqqoslab o‘rganish natijasida T.timopheevi (ASPG T.timopheevi x SV66342 navi) yuqori hosildorligi va kasalliklarga (Priokskaya bahori bug‘doy standart naviga nisbatan) o‘ta chidamli liniyasi ajratib olindi. Koreya bug‘doy ekinida o‘tkaziladigan tanlash usullari va tanlangan o‘simliklarni avlodlarini sinashi o‘zidan changlanuvchi ekinlardagidek. Ko‘p xollarda ertangi duragay avlodlarida yetarlicha bir xilli navni yaratish uchun qaytariqli tanlashlar o‘tkazilishi kerak. Navlarning geterogenliligi nav ichidagi tanlashni muvaffaqiyatli o‘tkazishga qulaylik tug‘diradi. Rossiyaning mashxur Bezostaya–1 navi Bezostaya–4 navida tanlash o‘tkazish natijasida yaratilgan. Pirotriks 28 navi Shortandinka navidan, Kitchener – Markiz (Kanada) navidan yaratilgan. Kuzgi yumshoq bug‘doyning Kroshka navi (2000 y) Krasnodar qishloq xo‘jalik ilmiy tekshirish institutida (Spartanka x Lyutessens 151) x Lyutessens 151 duragay kombinatsiyasidan yakka tanlash usuli bilan Knyajna navi (2000 y) Tritikale x bug‘doy uzoq shakllarni duragaylashdan hosil qilingan avloddan ikki karra yakka tanlash usulini qo‘llab, Krasota navi (2003 y) (AD 2006 x Rubin) x Tritikale ozimaya 17TZ duragay populyatsiyasida yakka tanlash usuli bilan, Kupava navi (1999 y) Kavkaz, Atlas 66 va boshqalarning duragay populyatsiyasida yakka tanlash usuli bilan, Do‘stlik navi (2005 y) Andijon donli va dukkakli ekinlari ilmiy tekshirish institutida Vodema 9 navidan yakka–guruhlab tanlash usuli bilan, Andijon–2 navi (2003 y) Krasnodar qishloq xo‘jalik ITI bilan birgalikda Ko‘pava navidan ko‘p martali qaytariq tanlash usuli bilan, Andijon 4 navi (2004 y) Krasnodar qishloq xo‘jalik ITI bilan birgalikda Yugtina navidan yakka–guruhli tanlash usuli bilan yaratilgan. Odatda nav bitta elita o‘simligining nasli sifatida shakllanadi, ammo o‘xshash liniyalarni birlashtirish xollari ham uchraydi. Masalan, Harkovskaya 46 navi to‘rtta liniyani qo‘shilishi natijasida hosil qilingan. Ayrim navlarning kelib chiqishida undan ham ko‘p liniyalar ishtirok etganligi ma’lum. Kanada bug‘doyning pakana belgiga qaratilgan seleksiya ishlarini keng mikyosda o‘tkazilishi dala ekinlari orasida bug‘doy birinchi bo‘lib hisoblanadi. Kaltapoyalilik uchun donor sifatida (dastlabki material) dastlab yapon navlaridan foydalanilgan. Bunda Akachomugi navi muhim rolni o‘ynagan, uning ishtirokida bug‘doyning birinchi yevropali kaltapoyali navlari yaratilgan: Ardito, San – Pastore va boshqalar. Kaltapoyali navlarni yaratishning navbatdagi bosqichi kaltapoyalilik ikkita retsessiv genli kaltapoyali yapon Norin–10 navi AQShga keltirilgandan keyin boshlanadi. Bu nav hozirgi kaltapoyali navlarni yaratilishida katta rol o‘ynagan. Bulardan birinchi bo‘lib amerikalik Geynes navi yaratiladi. Undan keyin Meksikadagi bug‘doy va makkajo‘xorini yaxshilash xalqaro markazida Norin–10 navi asosida N.Barlaug tomonidan seleksiya ishlari boshlab yuboriladi. Bu yerda yaratilgan Pitik 62, Sonora 64,7, serros–66 va boshqa navlar keng tarqalib ketadi. Boshqa ko‘p mamlakatlarda ham bu yo‘nalishdagi seleksiya ishlari olib borilmoqda. Yotib qolishga chidamli, yuqori intensivli, kaltapoyali navlarni joriy etilishi bug‘doy hosildorligini keskin ko‘tarilib ketishiga olib keldi. Rossiyada birinchi kaltapoyali nav bo‘lib Bezostaya–1 bo‘lgan (asosiy muallifi P.P.Lukyanenko), uning kelib chiqishida Akagomugi yapon navi katnashgan. Kelgusida seleksiya ishida Norin–10 navidan kelib chikkan shakllardan keng foydalanilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan donorlardan tashqari boshqalar ham mavjud. Masalan, kaltapoyali dominant genlar tashuvchi Tibet namunasi Tom Pus (Tom Tamb), Janubiy Afrika namunasi – Olesen Dvarf. Rossiyada chatishtirishda Bezostaya–1 navidan hosil qilishgan Krasnodarskiy karlik 1mutanti keng qo‘llaniladi. Uning ishtirokida bug‘doyning ko‘p navlari hosil qilinib rayonlashtirilgan. Kaltapoyalikka qaratilgan seleksiya qator muammolarni tug‘dirgan. Kaltapoyali birinchi navlari, o‘suv korrelyatsiyasi natijasida kuchsiz ildiz tizimiga va kalta koleoptilga ega bo‘lgan, bu esa ularning qurg‘oqchilikka chidamliligini va dala unuvchanligini pasaytirgan. Kaltapoyali navlarning baland bo‘ylilarga nisbatan sovuqqa chidamliligi pastroq. Oxirgi yillarda seleksionerlar tomonidan ildiz tizimi kuchli rivojlangan uzun kaleoptilli kaltapoyali bug‘doy navlari hosil qilingan. Birinchi bu xildagi navlar S.F.Lefenko tomonidan SGI da yaratilgan (kuzgi Obriy, Yujnaya Zarya va boshqalar). Kaltapoyali navlarning Sovuqqa chidamliligi ancha ko‘tarilgan. Yaponiyada bug‘doy ekinida geterozisdan ishlab chiqarishda samarali foydalanish sitoplazmatik erkak pushtsizlik bilan bog‘liq. Yumshoq bug‘doyda sitoplazmatik erkak pushtsizligi yaponiyalik genetik olimi X.Kihara tomonidan egilops bilan chatishtirish natijasida va undan keyin amerikalik olimlar Dj.Uilson va U.Ross tomonidan T.timopheevii (yadrosi yumshoq bug‘doyniki, sitoplazma– egilopsniki yoki T.timopheevii niki) ni chatishtirishdan hosil qilingan. Fertillikni tiklovchilari ham topilgan. Ammo hozirga kadar bu muammo xal etilgan emas, sababi–to‘lig‘icha turg‘un tiklanmasligi, chang donachalari mahsuldorligi kam va ishlab chiqarish maydonlarida geterozis darajasini yuqori emasligidir. Bug‘doy duragayini hosil qilishning ikkinchi yo‘li – gametotsidlardan foydalanish. Bunday tadqiqotlar qator mamlakatlarda o‘tkazilmoqda. Buyuk Britaniya va AQSh da gametotsidlar yordamida hosil qilingan duragay bug‘doyning ishlab chiqarishdagi ekin maydonlari vujudga kelgan. Ammo keng maydonlarga tarqaladigan duragay bug‘doyni yaratish muammosi ham yechilmagandir. Seleksiya jarayonini uslubi va texnikasi. Duragaylash tartibi har bir ekinlarining umumiy seleksiyasi va urug‘chiligi qismlarida batafsil yoritib o‘tilgan. Ilk bor tashkil qilingan seleksion stansiyalar va urug‘chilik firmalarining faoliyati mahalliy navlarda ommaviy tanlash o‘tkazishdan boshlangan. Seleksionerlar tomonidan tanlash katta hajmda o‘tkazilib, ko‘p mikdorda qimmatli xo‘jalik belgilari hisobga olingan. Natijada mahalliy navlarning yaxshilanishi tez sur’atlarda o‘tib, bu usul yordamida yaratilgan seleksion navlar qimatli belgi va xususiyatlari bilan dastlabki mahalliy navlardan sezilarli ijobiy farq qilgan (1- rasm). Ammo bu xildagi seleksion navlar o‘zining asosiy xususiyatlari bilan sifat jihatdan mahalliy navlardan farq qilmagan. Ular mahalliy navlar kabi ko‘p miqdordagi-turli gomozigota liniyalarining aralashmasidan iborat bo‘lib, bir tekisligi yetarlicha bo‘lmagan va qisqa muddatda sifati pastroq liniyalarining o‘simliklarini ko‘payishi evaziga qimmatli belgi va xususiyatli liniya o‘simliklari siqib chiqarilib-nav aynishiga olib keladi. Ommaviy tanlash usuli bilan yaratilgan navlarning bu kamchiliklari ko‘p vaqtdan beri seleksionerlar fikrini o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar seleksiyasini boshqa usullarini izlashga qaratgan. Ch.Darvinning ilmiy maqolalari chop etilishidan oldin ingliz seleksioner olimi Le-Kuter (1836) bug‘doy seleksiyasida alohida tanlab olingan o‘simliklarni avlodini hosil qilish maqsadida yakka tanlashni muvoffaqiyatli qo‘llagan. Ammo u eng yaxshi o‘simliklarni emas, balki eng yaxshi o‘simliklardan eng yaxshi boshoqlarni va eng yaxshi boshoqlardan eng yaxshi donlarni izlagan. Bu xildagi usul yakka tanlashni ancha murakkablashtirgan, uning samaradorligini pasaytirib o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning seleksiyasida joriy etishni orqaga tortgan. Yalmar Nilson (1901) Le Kuterning kamchiliklarini bartaraf etib, tanlashning asosi sifatida alohida eng yaxshi o‘simliklarni ajratishga qaratdi, chunki o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning hamma urug‘lari irsiy jixatdan bir xil. Shuning asosida u bu xildagi yakka tanlashni o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar seleksiyasining asosiy usuli deb hisobladi. Yalmar Nilson bilan bog‘liq bo‘lmagan holda va undan ancha oldin o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda yakka tanlashni Fransiyada Vilmorenlar urug‘chilik firmasi muvaffaqiyatli qo‘llagan. Download 485.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling