Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Sintetik seleksiyaning dastlabki bosqichida bir biriga yaqin bo‘lgan 
navlarni chatishtirishda ertaroq tanlashni boshlash o‘tkazilib, ish hajmi nisbatan 
kam bo‘lgan. Seleksiya jarayoni qisqa muddatda tugatilar edi, ammo bu usulda 
yaratilgan navlar ota-ona shakllaridan ko‘p farq qilmas edi. 
Sintetik seleksiyaning hiliga misol sifatida sulining Zolotoy dojd II ni 
keltirish mumkin. Bu nav bir biriga juda yaqin bo‘lgan Pobeda va Zolotoy dojd I 
navlarini chatishtirishdan hosil bo‘lgan avloddan ajratib olingan. 
Tanlash G‘
2
da boshlangan va kam miqdorda bo‘lsa ham jadal o‘tkazilgan. 
Natijada sulining yangi Zolotoy dojd II navi yaratilgan. Bu nav donining sifati 
Zolotoy dojd I ga nisbatan yaxshiroq va hosildorligi bo‘yicha 5-6 % ga ko‘proq, 
ammo bari bir u dastlabki Zolotoy dojd I naviga juda o‘xshash bo‘lgan. 
Sintetik seleksiya jarayonida o‘tkazilgan tadqiqotlar davrida sezilarli 
natijalarga erishish va yangi yaratilgan navlarni keskin yaxshilash uchun bir 
biridan ko‘p belgi va xususiyatlari bilan farq qiladigan nisbatan uzoq shakllarni 
chatishtirishni qo‘llash lozimligi aniqlangan. 
Bunday 
shakllarni 
chatishtirishda 
duragaylarda 
ajralish 
jarayoni 
murakkabroq tus oladi. G‘
2
va G‘
3
da ota - ona shakllari bir biridan farq qiladigan 
qimmatli xo‘jalik belgili gomozigota o‘simliklari deyarli uchramaydi. G‘
2
yoki G‘
3
da tanlangan eng yaxshi o‘simliklarning naslida kuchli ajralish kuzatiladi, shuning 
uchun yana kelgusi avlodlarda qo‘shimcha tanlash o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu 
esa seleksiyani kuchli murakkablashtiradi. 
G‘
2
va G‘
3
da ko‘p shakllilik kuzatiladi, shuning uchun ko‘p miqdorda 
o‘simliklar hosil qilishga va ularning avlodlaridan ko‘p miqdorda tanlangan 
o‘simliklarni ajratishga to‘g‘ri keladi, ularda ajralish jarayoni davom etadi. Bu esa 
o‘z navbatida qo‘shimcha tanlash o‘tkazishni talab qiladi. Bularning hammasi 
seleksiya ishini hajmini kengaytirishni talab etadi va ko‘p hollarda amalda 
bajarilishi qiyin. 
Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Nilson Ele (1904) G‘
2
, G‘
3
, G‘
4
va hatto keyingi pog‘ona duragaylarini populyatsiyalar shaklida aloxida liniyalarga 
ajratmay o‘stirishni taklif etdi. Hosil qilingan duragay populyatsiyalarida 
seleksioner talabga javob bermaydigan, yomon o‘simliklarni (sovuqqa chidamsiz, 
kasalliklar bilan zararlangan, shakli o‘zgargan va boshqalar) brak qiladi, bunga 
albatta tabiiy tanlanish ham ta’sir qiladi. 
Shu tufayli bunday duragay populyatsiyalarning irsiy ko‘p shaklliligi 
saqlanib qoladi va ularni tanlash uchun boshlang‘ich material sifatida bir necha 
marta qayta eqishdan keyin ham foydalanish mumkin. 
Liniyalarni joylashtirib eqish va jadal (intensiv) tanlash duragay 
populyatsiyalarning gomozigotililigi keskin oshirilgandan so‘ng va ekiladigan 
liniyalar aksariyat qismining gomozigotali bo‘lish ehtimolliligi yetarlicha yuqori 
bo‘lganidan so‘ng (bu odatda 5-8 generatsiyada kuzatiladi) boshlanadi. Bu uslub-
to‘plash uslubi, seleksiya ishining hajmini kengaytirmasdan duragaylar 
o‘zgaruvchanligidan juda yaxshi foydalanish imkonini tug‘diradi. 



Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling