Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

Biotexnologiya usullari. Genni inson uchun xizmat qilishga qaratilgan 
malekulyar biologiyasi, gen va xujayra injeneriyasining yutuqlari asosida yangi 
soxa biotexnologiyaning asoslari yaratilgan. 
Biotexnologiya–mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlar xujayralarini 
sun’iy oziqa muxitlarida o‘stirilishiga, chegaralangan protoplastlar, xujayra 
organiodlari (masalan xloroplastlar) va biologik faol malekulalari (fermentlar, 
xlorofill, bakteriorodopsin va x.k.) biosintetik saloxiyatidan foydalanishga 
asoslangan yangi ishlab chiqarish jarayonlarining negizini yaratish bilan 
shug‘ullanadigan amaliy biologiyaning bir soxasi. 
Biotexnologiyaning usullari qishloq xo‘jaligining turli soxalarida, jumladan 
o‘simlikshunoslik, seleksiya va urug‘chilikda foydalaniladi. Bu usullar yordamida 
fitoparazitlarga chidamli transgen madaniy o‘simliklar hosil qilinadi. Nemis va 
daniyalik olimlar birgalikda yaqinda qand lavlagi nematodasining fitoparazitiga 
rezistent genini identifikatsiya (aynan o‘xshatish) qildilar. Nematodaga 
(Heteiodera schachitii) rezisteng geni Veta procumbens yovvoyi lavlagisida 
topilgan, madaniy Veta vulgaris turida esa bunday gen yo‘q. Bu genni yovvoyi 
turdan qand lavlagining madaniy turiga ko‘chirish borasida tegishli tadqiqotlar 
bajarilmoqda. 
Biotexnologiya usullari yordamida sovuqqa yoki yuqori haroratga, yuqori 
yoki past namlikka, qurg‘oqchilikka chidamli transgen o‘simliklar hosil qilish, 
bundan tashqari sho‘rlangan yerlarda o‘sadigan modifikatsion o‘simliklarni 
yaratish mumkin. 
Xozirgi zamon seleksiyasida o‘simliklarning chidamliligi va maxsulot 
sifatini yaxshilashga qaratilgan jaxonda nav manbalarini yangi pog‘onasini 
yaratishda biotexnologiya muxim o‘rinni egallaydi. Biotexnologlarning asosiy 
tadqiqotlari qishloq xo‘jalik o‘simliklarining maxsulotini oshirilishi saqlash va 
maxsuldorligi hamda sifatini yaxshilashda tashqi muxitning biotik va abiotik 
stressli omillariga yagona (birgina), guruhli yoki majmuiy chidamliligiga prinsipial 
yangi genotiplarini yaratishga qaratilgan. Seleksionerlarning qishloq xo‘jalik 
ekinlarining majmuiy chidamli nav va duragaylarini faqat an’anaviy usullar bilan 
hosil qilish harakatlari xoxlagan natijalarga olib kelmaydi. Uzoq shakllarni 
duragaylashga asoslangan transgressiv seleksiyasidan foydalanish madaniy 
o‘simliklarni tashqi muxitning stressli omillariga chidamliligini qator hususiy 
muammolarini xal etishga olib keldi. Ammo umuman olganda bu muammo juda 
ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
O‘simliklarning yangi shakllarin yaratilishida xujayra injeneriyasining 
xissasi katta bo‘lib, unda murakkab genetik jarayonlari (manipulyatsiyalari) 
xujayra darajasida amalga oshiriladi. 
Xujayra injeneriyasi negizida o‘simlik va hayvonlar xujayralari yakkalangan 
(izolyatsiya qilingan) protoplastlarining qo‘shilish (birlashish) usuli yotibdi yoki 


xujayra injeneriyasi asosida somatik duragaylash deb nomlangan, ya’ni sun’iy 
oziqa muxitida o‘stirilgan ikki jinsiy bo‘lmagan (somatik) xujayralarni birlashish 
usuli yotibdi. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling