Jaxon seleksiyasida boshlang‘ich, nav namunalari, duragaylari, seleksiya jarayonlari, chatishtirish qonuniyatlarini aniqlash usullari va uning geterozis uchun ahamiyati


Download 485.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana20.12.2022
Hajmi485.9 Kb.
#1037113
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-Maruza. xorijiy docm

foydalanib yangi belgi va xususiyatli shakllarni hosil qilib, ular asosida yangi 
navlar yaratiladi. 
Poliploid shaklarni sun’iy ravishda hosil qilish maqsadida turli kimyoviy 
moddalar-alkaloidlar-kolxitsin, asenaften, gemoksin, lindam, azot oksidi va 
boshqalar qo‘llaniladi. 
1937 yilda olimlar A.Bleksli va Ayveri tomonidan kolxitsin alkoloidining 
poliploid hosil qilish qobiliyati aniqlangan. Bo‘linish jarayonidagi xujayralarga 
kolxitsin ta’sir qilganda xujayralarda xromosomalar soni ko‘payib poliploidlar 
hosil bo‘lishi mumkin. Bu kashfiyotdan keyin amalda ekinlarning poliploidlarini 
hosil qilish seleksiya ishida keng qo‘llana boshlandi. 
V.Ye.Pisarev 1972 yilda yumshoq bug‘doy bilan javdarni chatishtirib 56 
xromosomali amfidiploid tritikaleni yaratdi. 
Avval bug‘doy - javdar - duragayi hosil qilinib 
yumshoq bug‘doy x javdar duragay hosil bo‘ladi, 
2p = 42 
2p = 14
2p = 28 
undan keyin duragay urug‘iga kolxitsin ta’sir qilib 2p = 28 x 2 = = 2p = 56 
xromomsomalar soni ikki marta oshgan amfidiploid – tritikale hosil qilinadi. 
Ukraina o‘simlikshunoslik va seleksiya ilmiy tadqiqot institutida 
A.F.Shulindin qattiq bug‘doy bilan (2p=28) javdarni (2p=14) chatishtirib 42 
xromosomali amfidiploid tritikaleni yaratdi. 
Amfidiploidlarning (tritikalening) 120 dan ortiq navlari yaratilib ular katta 
maydonlarda 
ekilmoqda. Jumladan O‘zbekistonda tritikalening Baxodir
Mnogozyornыy 2, Prag serebristыy, Uzor navlari ekilmoqda. 
Bir o‘simlikda bug‘doy bilan javdarning belgi va xususiyatlarini birlashtirish 
g‘oyasi taxmigan 1875 yilda Edinburgda ingliz olimi Uelsonning bo‘g‘doy–javdar 
duragayi hosil qilinganligi to‘g‘risida maqolasi chop etilganidan keyin vujudga 
keladi. 1881 yilda Germaniyada Rimpau bug‘doy bilan javdar o‘rtasida barqaror 
oraliq duragaylarini ajratib olgan bo‘lsada, u vaqtda buning ahamiyatiga e’tibor 
berilmaydi va shuning uchun amalda qo‘llanilmaydi. 
1918 Saratov qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasida G.K.Meyster bunday 
duragaylarni (bug‘doy–javdar) javdar ekin maydonida bug‘doy bilan tabiiy 
duragaylanish asosida hosil bo‘lganligini kuzatadi. 
1925 yil V.N.Lebedev Belotserkov tajriba ssleksion stansiyasida tabiiy 
javdar–bug‘doy duragaylarini topadi. 


Birinchilar 
qatorida 
geksaploid 
tritikaleni 
o‘rgangan A.I.Derjavin 
hisoblanadi. U 1933 yilda bug‘doy bilan javdarni chatishtirib birinchi 
amfidiploidni hosil qildi. Undan keyin seleksiya ishida ko‘p mamlakatlarda 
jumladan O‘zbekistonda tritikale navlarini yaratish ishlari avj olib yuboriladi. 
Hozirgi vaqtda sintetik seleksiya ishida sun’iy gaploidlardan keng 
foydalaniladi. Ayniqsa, bunda gomozigotali shakllarni tez va qisqa muddatda 
yaratish imkoniyati mavjud. 
Gaploidlardan bug‘doyning pakana bo‘yli, kasalliklarga chidamli navlarini 
yaratishda keng foydalaniladi. 
Gaploidiya usuli bilan Odessadagi seleksiya va genetika ilmiy tadqiqot 
institutida arpaning yuqori hosilli Istok, Odesskaya 115 navlari yaratilgan. 
O‘zidan changlanuvchi o‘simliklar seleksiyasida geterozisdan foydalanish 
sintetik seleksiyaning yana bir istiqbolli usulidir. 

Download 485.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling