32. Лицензиялаш
Таянч иборалар: бир марталик лицензия, бош лицензия, автоматик лицензия, аукцион, яққол устунлик тизими
Litsenziyalash
Kvotalash jarayoni (boshqacha qilib aytganda, kontingentlash), odatda,
litsenziyalash, ya’ni maxsus ro‘yxatga kiritilgan resurslar va mahsulotlar bilan
tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat
tashkilotlari (vazirliklar va mahkamalar) tomonidan ruxsat berish bilan birgalikda
kuzatiladi.
Ko‘pchilik davlatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalashni joriy qilish
xalqaro huquqiy aktlarga asoslanadi, ularning ichida eng asosiysi 1947 yilda
imzolangan Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh bitim (GATT) hisoblanadi.
Keyinchalik GATT doirasida ba’zi bir boshqa shartnomalar ham imzolangan.
Tashqi savdoni litsenziyalash turli ko‘rinishlarni olishi mumkin: bosh
litsenziya, bir martalik litsenziya va avtomatik litsenziya. Bosh litsenziyalar uning
egasining ma’lum tovar guruhi bilan ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yildan uch
yilgacha) eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish huquqini bildiradi. Bir
martalik litsenziya kompaniyalarga xorijiy hamkor bilan aniq bir bitimni amalga
oshirish uchun beriladi. Avtomatik litsenziya davlat tomonidan harid, ya’ni harid
hajmini ham, tovar oqimlarining jug‘rofiy yo‘nalishini ham doimiy ravishda
nazorat qilishni nazarda tutadi.
Litsenziyalarni joylashtirishning asosiy usullariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- Ochiq konkurs - bunda maksimal narx taklif qilgan firma litsenziyaga ega
bo‘ladi;
- yaqqol afzallik tizimi - bunda davlat ana shu sohadagi eng obro‘li
kompaniyalarga litsenziya beradi;
- harajatlar usuli - bu raqobatchilariga nisbatan kattaroq ishlab chiqarish
quvvatlari va boshqa resurslarga ega korxonalarga litsenziya berishni anglatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |