Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


Савдо сиёсатининг молиявий усуллари: Экспорт кредитлари


Download 244.84 Kb.
bet19/28
Sana02.02.2023
Hajmi244.84 Kb.
#1147913
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома

37. Савдо сиёсатининг молиявий усуллари: Экспорт кредитлари
Таянч иборалар: экспортни кредитлаш, субсидиялашган кредит, давлат кредитлари, Берн иттифоқи, Экспорт кредит гуруҳи
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari
Eksport kreditlari tashqi savdo siyosatining moliyaviy usuli bo‘lib, u milliy
firmalar eksporti rivojlanishini davlat tomondan moliyaviy rag‘batlantirishni
nazarda tutadi.
Eksport kreditlari quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
• Milliy eksportyorlarga subsidiyalashgan kreditlar - davlat banklari tomonidan
bozor stavkasidan past stavkada kreditlar berilishi;
• Xorijiy importyorlarga davlat kreditlarini berilishi, ya’ni kredit bergan mamlakat
tovarini sotib olish sharti bilan;
• Milliy eksportyorlarni eksport risklaridan sug‘urtalash.
Eksport kreditlari: qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi
mumkin.
Eksport kreditlari bo‘yicha eng yirik uyushmalardan biri Eksport krediti
guruhi - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida eksportni kreditlash
bo‘yicha hukumat va agentliklar vakillari guruhi hisoblandi. Bu guruh 2 yil va
undan ortiq muddatli eksport kreditlarini tartibga soladi. Ikkinchi yirik tashkilot
Bern ittifoqi, ya’ni kreditlar va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro
ittifoqdir.
Eksport kreditlariga ba’zi hollarda boshqa davlatlarga tashqi yordam sifatida
qaraladi

38. Савдо сиёсатининг молиявий усуллари: Демпинг
Таянч иборалар: спорадик демпинг, тескари демпинг, ўзаро демпинг, демпингга қарши бож, олдиндан кўзланган демпинг
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Demping
Tashqi savdoni notarif usullar bilan tartibga solish amaliyotini o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, eksport subsidiyalari ko‘pincha dempingga - xorijiy bozorlarda Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Demping

eksportyor mamlakat ichki bozoridagi o‘rtacha narxga nisbatan past baholarda
sotishga moddiy asos bo‘ladi.
Mutaxassislar dempingning quyidagi variantlarini ajratib ko‘rsatishadi:
Tasodifiy - eksportyorda tasodifiy ortiqcha tovarlarni paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq;
Vaqtinchalik - eksportyor tomonidan boshqa mamlakat bozoriga tezlik bilan
kirib borish uchun qo‘llaniladi;
Doimiy - monopolist kompaniya tomonidan, uning tashqi iqtisodiy faoliyati
davlatning doimiy qo‘llab-quvvatlashi sharoitida, tashqi bozorlarda foydani
maksimallashtirish uchun qo‘llaniladi, bunda ichki bozorda nisbatan yuqori
narx saqlab turiladi.
Dempingdan, eng avvalo, davriy pasayishlar va ichki talab kamayganda,
iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish davrida foydalaniladi. Masalan, 30-yillarda
shunga o‘xshash hodisa Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan import qilinuvchi
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida kuzatildi, 70-yillarda AQSH va Yevropa
Ittifoqi tomonidan Yaponiyaga nisbatan dempingdan foydalanish ayblovi ilgari
surildi.
Vaqtinchalik va ayniqsa, doimiy dempingga qarshi importyor-mamlakatlar
GATT moddalariga asoslangan holda importga qarshi import bojlarini joriy etish
huquqiga ega bo‘lganligi sababli keyingi paytda yashirin demping keng
tarqalmoqda. Bu eksportyor va importyorlar o‘rtasida importyorlar tomonidan o‘z
milliy bozorida tovarlarni eksportyor etkazib bergan narxdan past baholarda sotish
haqida oshkor bo‘lmagan kelishuvni nazarda tutadi. Yashirin demping yirik
TMKlar tomonidan firma ichida qo‘llaniladigan butlovchi qismlarni transferti
amaliyotida keng tarqalgan (mas. yapon TMKlari ichida)

Download 244.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling