Jihozlar va loyihalash asoslari
Kukunlangan materiallar uchun ayrim donalagichlarning texnik tavsifi
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- D = jQ/(0,785q) . ( 6. 10)
Kukunlangan materiallar uchun ayrim donalagichlarning texnik tavsifi
a h s u - lo tn in g c h i q i - sh i, %* 50-75
_ 80-90
— " a liy lo r id , a m m o f o s *—ish unumi va mahsulotning chiqishi xomashyoning aniq turi va don-laming talab etilayotgan o ‘lchamiga bog‘liq. BarabanJi donalagichlarda donalash va quritish jarayonini birgalikda olib borsa bo‘ladi. Donalash bilan birga, yana boshqa jarayonlarni bitta qurilmada ohb borish mumkinligi ulaming afzallik tomonlari hisoblanadi, masalan, neytrallashni (ammoniylashtirgich-donalagich); quritish va returni (issiq havo bilan uchgan zarralarni) qaytarish (BGS); returni qaytarib quritish va donlami sovitish (BGSX). Ular murakkab tarkibli aralash o‘g‘itlar va superfosfatni donalashda ishlatiladi. Bu rusumdagi qurilmalarning kamchiligiga ularning beso‘naqayligi, materialning qurilma devoriga yopishib qolishi hamda donalashning ketishini ko‘z bilan kuzatib nazorat qilishning murakkabligi kiradi. 100 www.ziyouz.com kutubxonasi Likopchali donalagich—tubi tekis yoki qabariq likopcha shaklidagi idish bo‘lib, u staninaga o‘matilgan reduktor valiga mahkamlangan. Aylanma harakat elektrmotordan uzatiladi, egilish burchagi esa maxsus moslama yordamida rostlanadi. Donalanadigan kukun likopchaga oqizgichdan keladi, suyuqlik esa quvurning tirqishidan purkaladi. Chang-to‘zon va bug'lar boshqa quvur orqali so‘rib olinadi. Likopchaga tushgan kukun undagi mayda donachalar bilan aralashib, so‘ngra purkalayotgan suyuqlik bilan sug'oriladi, natijada mayda zarralar bir-biri bilan yopishib, yirikroq donalar hosil bo'ladi. Yirik donalar likopcha aylanayotgandagi markazdan qochma kuch ta’sirida mayda zarrachalaiga qaraganda tezroq likopcha chetiga dumalab ketadi va uning chetida yig‘ilib, qatlam hosil qiladi. Qatlamning qalinligi ma’lum miqdorga yetganda donalar likopchadan to‘kiladi. Mayda zarralarning harakatiga likopchaga tushayotgan kukunning qarshiligi katta bo‘lganligi uchun, ular aylanib-aylanib likopchaning tagiga tushadi va jarayon takrorlanadi. Shunday qilib, likopchali donalagichlarda bir paytning o‘zida donalarni saralash ham sodir bo‘ladi. Likopchaning diametri ushbu formula bilan hisoblanadi:
bu yerda: Q—donalagichning ish unumi, kg/soat; q—solishtirma ish unumi [770—910 kg/(m2• soat)]. 31-rasm. Jo‘vaIi donalagich sxemasi: 1 —bunker; 2 —shnek; 3 —jo ‘valar; 4 —prujina; 5 —presslangan plitka (taxtacha). 101
www.ziyouz.com kutubxonasi
Likopchali donalagichlarning afzalligi chiqayotgan mahsulot donadorligining bir xilligi, jarayonni ko‘z bilan kuzatib turish va tartibga tushirishning qulayligi, qurilmaning ixchamligidadir. Shu afzalliklari tufayli likopchali donalagichlar kimyoviy texnologiya, ayniqsa, o‘g‘itiar texnologiyasida keng ishlatiladi. Ularda murakkab aralash tarkibga ega bo‘lgan o‘g‘itlarni, superfosfatlarni, turli xomashyo aralashmalarini (masalari, baritning koks bilan) donalashda foydalaniladi. Donalanayotgan aralashmadagi suyuq faza miqdoriga o‘ta sezgirhgi (ish maromi oralig‘ining qisqaligi) likopchali donalagichlarning kamchiligi hisoblanadi. Jo'vali press-donalagichlarning (31-rasm) jo‘vali maydalagichlardan farqi donalanayotgan kukun shnek bilan ta'minlangan bunker (voronka) orqali beriladi. Shnek materialni dastlabki zichlashtirish uchun xizmat qiladi. Bosim oshishi bilan zarralar o‘rtasidagi o‘zaro to‘qnashuvlar sonining ko‘payishiga olib keluvchi zarralarning siqilishi yuz beradi. Natijada molekulalarning o‘zaro tortilish kuchi ta’sir qila boshlaydi (kogeziya). Donalash boshlangan bosim kukunning mustahkamligi eng past bo‘lgan tarkibiy qismi komponentining oquvchanlik chegarasiga (Soquv) bog'liq. Bosim ko‘tarilishi bilan material hatto erib ketishi mumkin (qizib ketishi tufayli). Bunday holda donalash zarralar o‘rtasida kristall bog‘lanish hosil bo‘lishi evaziga yuz berishi mumkin. Kukunni bog‘lovchi eritma (mum, suyuq shisha va h.k.) yoki suv bilan ho'llash ham bunga yordam beradi. Donalagich jo‘valarining yuzasi silliq yoki taram-taram bo‘lishi, shunga qarab presslangan material tasma, plitka (briket) va xivichsimon shaklda bo‘ladi. Kerakli o‘lchamdagi donlarni olish uchun jo‘vali donalagichlar, odatda, silliq va tishli maydalagichlar bilan (ko‘pincha bitta korpusda) ishlanadi. Jo'vali donalagichlaming ish unumi turlicha bo'lib, soatiga 5 dan 100 tonnagacha (6.8) formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Kukunlangan materiallami tabletkalovchi mashinalarda ham donalasa bo‘ladi. Bu mashinalar, asosan, katalizatorlar (FHAri-5, 482, nikel-xromli va h.k.) donalarini olishda ishlatiladi. Soatiga 96000 ta tabletka ishlab chiqamvchi E001B, 30000 tagacha tabletka ishlab chiqaruvchi PTM-28 va 80000 tagacha tabletka ishlab chiqaruvchi TIl-40 rusumidagi mashinalar keng miqyosda ishlatiladi. Tabletkalar 6, 9, 10 va 12 mm diametrli disk silindr va halqa shakliga ega bo‘lishi mumkin. Keyingi paytlarda donalash uchun (masalan, nitroammofoska va 102 www.ziyouz.com kutubxonasi ammofosni) qaynovchi qatlamda quritib-donalovchi P K C r rusumidagi donalagichlar ko'proq ishlatilmoqda. Ularning eritmadagi asosiy namlik bug'lanib chiqib ketadigan tepa qismi purkagich-quritgich vazifasini o'taydi, pastki qismida esa quruq materialning qaynovchi qatlami tutib turiladi, bu yerda kukun konsentrlangan eritma bilan o‘zaro ta’sirlashib, donalarga aylanadi. Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling