Jihozlar va loyihalash asoslari


-rasm. Bo'lmali ta'minlagich. 74-rasm. Likopchali ta’minlagich


Download 399.19 Kb.
bet109/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

73-rasm. Bo'lmali ta'minlagich. 74-rasm. Likopchali ta’minlagich:
1 —gorizontal likopcha; 2 —val;

3 —pichoq; 4 —teleskopik quvur.


165

www.ziyouz.com kutubxonasi


ta’minlagichlar konlardan kelgan jinslar qanday holda bo‘lsa, shundayligicha maydalagichlarni ruda bilan ta'minlash, maydalangan materiallarni apparatlarga bir maromda uzatib turish uchun xizmat qiladi. Apparatlardayirik bo'laklar va issiq materiallarme’yorlashuchun qayta ishlanadi. Shnekli ta’minlagich kukunsimon materiallarni (antratsit, ohak, bo‘r, kalsinatsiyalangan soda, sement va boshqa materiallami), tasmali ta'minlagich esa antratsit, apatit konsentrati, flotatsiyalangan kolchedan, fosfat uni, superfosfat va osh tuzini uzatib berish uchun xizmat qiladi.


Bunday ta'minlagichlarning tuzilishi oldingi bobda (8-bob) da tasvirlangan konveyerlarning tuzilishiga o'xshash (46-, 47-va 51-rasmlarga qarang).

Quruq to‘kiluvchan (boflakli emas) materiallami me'yorlash uchun boflmali ta'minlagichlardan foydalaniladi. U bo‘ylama to'siqlar bilan boMmalarga boMingan barabandan iborat boMib, baraban aylanganda (0,3—1,0 m/s tezlikda) material ketma-ket bir boMimdan ikkinchi boMimga, ular tepaga koMarilganda, tushadi va ular pastga tushganda, ketma-ket tashlanadi. Ta’minlagichning ishi barabanning aylanish chastotasini o‘zgartirish yoMi bilan rostlab turiladi (73-rasm).


Likopchali ta’minlagich vertikal valda 2 aylanuvchi gorizontal likopchadan 1 iborat boMib, reduktor orqali elektr motor yordamida harakatga keltiriladi (74-rasm). Likopchaga material qoMda harakatga keltiriladigan maxovikkatutashgan «teleskoplik» quvurcha 4 orqali uzatiladi. Maxovikni aylantirish yoMi bilan quvurni likopdan katta yoki kichik balandlikda o‘rnatish mumkin. Likopcha qimirlarnaydigan pichoq bo'ylab aylanganda, unga tushgan material suriladi va pastda joylashgan novcha yoki boshqa qabul qilgichga tashlanadi. Quvurni ko‘tarish yoki tushirish bilan materialni uzatish miqdori rostlah turiladi. Likopchali ta’minlagichlar kolchedan, bo‘r, oltingugurt, oshtuzi, sement kabi mate-riallarni uzatib berish uchun xizmat qiladi.

Yuk tushirish apparati bunkerlarni yuklardan bir tekis bo‘shatish uchun moMjallangan. U bunker yuk tushirish teshigininguzunligi bo'ylab joylashgan aylanma valdan iborat. 0 ‘qqa metall plastinkalar mahkamlangan boMib, ular val aylanganda bunkerdan olinadigan ma-terial qatlamini rostlab turadi. Rostlash plastinkani o‘qqa yaqinlashtirish yoki undan uzoqlashtirish yoMi bilan amalga oshiriladi.




Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling