Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat
Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari 1. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting. Bilamizki, ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholash uchun unda jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo‘lishi kerak. Shuningdek, jinoyat o‘zining jinoyat qonuniga xilofligi, ijtimoiy xavfliligi, aybliligi hamda jazoga sazovorligi bilan boshqa huquqbuzarliklardan ajralib turadi. Bundan tashqari, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari mavjud bo‘lishi, o‘z o‘rnida, ushbu qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qismi konkret jinoyat-huquqiy normasi bilan kvalifikatsiya qilinishini belgilaydi. Shu boisdan ham, quyida jinoyat tarkibi, hamda uning zaruriy va fakultativ belgilari xususida so‘z yuritamiz. Amaldagi Jinoyat qonunimizda, Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi belgilangan. 1 Demak, sodir etilgan etilgan qilmishda jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lmasligi jinoiy javobgarlikni istisno etadi. Shunga ko‘ra, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishdagi jinoyat tarkibini to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun asos hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida, odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilikni mustahkamlash hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini hal etishda katta ahamiyatga egadir. O‘z o‘rnida, jinoyat tarkibi deganda, ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholashning jinoyat qonunida nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisi tushuniladi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibiga berilgan ta’rif prinsipial ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra, qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart 2 . Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, 1 O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 14-moddasi 2-qismi 2 O`zbekiston Respublikasi JKning 10-moddasi jinoyat tarkibi qilmishni jinoyat sifatida e’tirof etishning huquqiy asosi sanaladi. Shu jihatdan, jinoiy javobgarlik asosi sifatida jinoyat tarkibining ahamiyatiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining har bir moddasida qanday qilmish qaysi belgi va asoslarga ko‘ra jinoyat sanalishi ko‘rsatib o‘tilgan. Demak, bunday belgilar mavjudligi qilmishda jinoyat tarkibi borligini anglatadi. Jinoyat tarkibi elementlari esa quyidagilar hisoblanadi: jinoyat obyekti; jinoyatning obyektiv tomoni; jinoyatning subyekt tomoni; jinoyat subyekti. Jinoyat tarkibi elementlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. So‘zimizning boshida aytganimizdek, ushbu belgilarning aqalli bittasining yo‘qligi yoki JKning tegishli moddasi dispozitsiyasiga muvofiq emasligi, shaxs sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi haqida xulosa qilish imkonini beradi. Yuqoridagi har bir jinoyat tarkibida uning elementlarini va umuman tarkibni tashkil etadigan va muayyan jinoyat tarkibiga xos bo‘lgan belgilar mavjud. Shunga ko‘ra, obyektiv va subyektiv elementlar zaruriy va fakultativ belgilarga ega hisoblanadi. Belgilarning bunday mezon bo‘yicha tasniflanish orqali qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga erishiladi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling