Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#190211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat

 

 



Kazus 

A. Sabirov “Zangiotametallsavdo” MChJ rahbari lavozimida ishlab kelib, 

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 1-sonli davlat notarial idorasida notarius 

lavozimida  ishlab  kelgan  I.  Obidova  bilan  jinoiy  til  biriktirib,  bankdan  kredit 

mablag‘larini  olish  uchun  2018-yil  23-mart  kuni  fuqaro  Z.  Xalmuratovani 

O‘zbekiston Respublikasi hududidan AQSH davlatiga ketganligini bila turib, uning 

Mirzo Ulug‘bek, A.Qaxxor ko‘chasi, 10-A uyini garovga qo‘yishga rozilik berish 

to‘g‘risidagi arizasini va undagi imzosini qalbakilashtirishgan hamda ushbu arizani 

qalbaki  ekanligini  bila  turib,  undan  foydalanib,  XATB  “Davr  bank”ning  Mirzo 

Ulug‘bek tuman  filialidan 2019-yilning  mart oyida 200.000.000  so‘m  va  oktyabr 

oyida  1.000.000.000  so‘m  miqdorida  kredit  mablag‘larini  “Zangiotametallsavdo” 

MChJning hisob raqamiga tushirilishiga erishgan. 

Sud-xatshunoslik  ekspertizasining  2020-yil  19-maydagi  770-sonli 

xulosasiga ko‘ra, 2018-yil 23-martdagi 77111-sonli reyestrga qayd etilgan arizadagi 

“Imzo”  grafasidagi  qo‘lyozma  yozuvlar  va  qo‘yilgan  imzo  I.Obidova  tomonidan 

bajarilganligi aniqlangan. 



1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil  5-maydagi 13-

sonli  «Bir  necha  jinoyat  sodir  etilganda  qilmishni  kvalifikasiya  qilishga  doir 

masalalar  to‘g‘risida»gi  Qarori  asosida  vaziyatga  huquqiy  baho  bering  hamda 

jinoyat tarkibini tahlil qiling. 

2.  Kazusdan  kelib  chiqqan  holda  ishtirokchilik  shakllarining  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini bayon qiling. 

 

 



 

 



Mazkur  kazusda  “Zangiotametallsavdo”  MChJ  rahbari  lavozimida  ishlab 

kelgan A.Sabirov Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 1-sonli davlat notarial 

idorasida  notarius  lavozimida  ishlab  kelgan  I.Obidova  bilan  jinoiy  til 

biriktirilganligi,  bankdan  kredit  mablag‘larini  olish  uchun  2018-yil  23-mart  kuni 

fuqaro  Z.  Xalmuratovani  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  AQSH  davlatiga 

ketganligini  bila  turib,  uning  Mirzo  Ulug‘bek,  A.Qaxxor  ko‘chasi,  10-A  uyini 

garovga  qo‘yishga  rozilik  berish  to‘g‘risidagi  arizasini  va  undagi  imzosini 

qalbakilashtirishganligi  hamda  ushbu  arizani  qalbaki  ekanligini  bila  turib,  undan 

foydalanib, XATB “Davr bank”ning Mirzo Ulug‘bek tuman filialidan 2019 yilning 

mart oyida 200.000.000 so‘m va oktyabr oyida 1.000.000.000 so‘m miqdorida kredit 

mablag‘larini  “Zangiotametallsavdo”  MChJning  hisob  raqamiga  tushirilishiga 

erishganliklari yoritilgan.  

Ushbu vaziyatda muammo sifatida quyidagilarni olishimiz mumkin: 

1.  Ushbu  vaziyatda  jinoyat  tarkibi  va  uning  belgilari  qay  tarzda  tahlil 

qilinadi? 

2.  Mazkur vaziyatda jinoyatda ishtirokchilik mavjudmi? 

Ma’lumki,  jinoyat  tarkibi  –  aniq  ijtimoiy  xavfli  qilmishni  jinoyat  deb 

baholash  uchun  zarur  bo‘lgan  obyektiv  va  subyekt  elementlar  yig‘indisidir.  Bu 

elementlar  jinoyat  qonunida  mustahkamlanganligi  bois,  u  yoki  bu  ijtimoiy  xavfli 

qilmishning  jinoyat  deb  baholanmog‘i  uchun  zarur  hisoblanadi

6

.  Bundan  kelib 



chiqadiki,  ijtimoiy-huquqiy  hodisa  sifatida  jinoyat  tarkibi  murakkab  elementlarni 

o‘zida  umumlashtiradi.  Ushbu  elementlar  alohida  yoki  to‘liq  bo‘lmagan  tarkibda 

jinoyat  sifatida  qaralmaydi.  A.S.  Yakubov,  R.  Kabulov  va  boshqalar  olimlarning 

jinoyat tarkibi haqidagi qarashlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular ham jinoyat 

tarkibining  mavjudligi,  albatta,  uning  barcha  elementlari  mavjud  bo‘lishligini 

tushuntirishadi.  Unga  ko‘ra,  mazkur  elementlar  JK  Maxsus  qismi  konkret 

moddalarida ifodalangan. Maxsus qismning bu moddalari jinoyatning subyektiv va 

                                                           

6

 Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, 



to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 

bet. (137-bet); 




obyektiv  elementlari  –  jinoyat  tuzilishini  shakllantiradi

7

.  Albatta,  bu  qilmish  o‘z-



o‘zidan  jinoyat  deb  topilmasligi,  balki  qonun  chiqaruvchi  tomonidan  chiqarilgan 

jinoyat-huquqiy  normalarda,  aniqrog‘i,  JK  Maxsus  qismi  aniq  moddalari  bilan 

belgilangan jinoyat belgilari  bilan solishtirilgandan keyingina shunday to‘xtamga 

kelish mumkinligini bildiradi. Jinoyat tarkibining obyektiv va subyekt elementlari, 

o‘z  o‘rnida,  obyekt,  obyektiv  tomon,  subyekt,  subyektiv  tomon  elementlaridan 

tarkib topgan. Dastavval, quyida jinoyat tarkibining ushbu elementlarini yuqoridagi 

kazusimizga bog‘lagan holda ko‘rib chiqamiz. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling