Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting


  Zaruriy mudofaa xususidagi fikrlaringizni bayon eting


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#190211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat

2. 

Zaruriy mudofaa xususidagi fikrlaringizni bayon eting.

 

Zaruriy  mudofaaning  mohiyati  shunda  namoyon  bo‘ladiki,  qonun 

muhofazasidagi  manfaatlarga  qarshi  qaratilgan  g‘ayriqonuniy  tajovuzdan 

mudofaalanuvchi  tajovuz  qiluvchiga  shunday  zarar  yetkazadiki,  yetkazilgan  zarar 

zaruriy mudofaa instituti bo‘lmaganida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lardi. Aynan 

shuning uchun zaruriy mudofaaning qonuniy yoki g‘ayriqonuniyligi jinoyat qonuni 

bilan tartibga solinadi. Zaruriy  mudofaa holatida tajovuzchiga muayyan zararning 

yetkazilishi mudofaalanuvchining qilmishi tufayli vujudga kelgan ijtimoiy xavfning 

oldini olibgina qolmay, agar u qonunda belgilab qo‘yilgan talablarga javob bersa, 

bunday faoliyatning ijtimoiy foydali, deb ham topilishiga asos bo‘ladi.  

Zaruriy  mudofaa  tajovuz  va  himoyadan  iborat  ekanligi  sababli  uning 

huquqiyligi shartlari ham tajovuzdan zaruriy  mudofaalanishning huquqiy shartlari 

va himoyaga xos zaruriy mudofaaning huquqiy shartlariga bo‘linadi. Shunday qilib, 

zaruriy  mudofaa  institutining  yuridik  tabiati  to‘g‘risidagi  masalaga  ikki  xil 

yondashuv mavjud:  

•  birinchidan,  bu  masalani  amaldagi  konstitutsiyaviy,  ma’muriy,  jinoyat 

qonunlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib hal etiladi;  

• ikkinchidan, bu fikr zaruriy mudofaa qanday amalda bo‘lishi kerak, ya’ni 

bu  institut  qanday  tartibga  solinishi  kerak,  qaysi  soha  qonunlari  bilan 

mustahkamlanishi kerak, degan nuqtayi nazardan kelib chiqadi.  

Тajovuzga nisbatan yetkazilgan zarar o‘z-o‘zidan ham zaruriy mudofaaning 

qonuniyligini  ko‘rsatmaydi.  Zaruriy  mudofaa  qonuniy  bo‘lgan,  deb  topish  uchun 

jinoyat huquqi nazariyasida zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari, deb atalgan bir 

qancha shartlar mavjud bo‘lishi lozim.  

Quyida, zaruriy mudofaadan foydalanishning o‘ziga xos shartlarini yanada 

kengroq  ko‘rib  chiqamiz.  Demak,  zaruriy  mudofaaning  huquqiy  shartlari  ikki 

guruhga:  

1) tajovuzga nisbatan;  

2) mudofaaga nisbatan bo‘lish mumkin.  



Rustambayev M.X. ning  fikricha, zaruriy mudofaadan foydalanishning ham 

tajovuzga nisbatan, ham mudofaa qilinishiga nisbatan o‘z shartlari mavjud bo‘lishi 

kerak

4

.  Albatta,  bu  qarash  o‘rinli  deb  hisoblaymiz,  sababi  zaruriy  mudofaaning 



qonuniy  bo‘lgan  yoki  bo‘lmaganligini  aniqlashda  ushbu  shartlar  juda  muhim 

hisoblanadi.  

Shunga  ko‘ra,  zaruriy  mudofaadan  foydalanishning  tajovuzga  nisbatan 

shartlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

 

jinoyat obyektlariga qarshi tajovuzning mavjudligi



 

tajovuzning muqarrarligi; 



 

tajovuzning realligi. 



Zaruriy  mudofaadan  foydalanishning  mudofaaga  nisbatan  shartlari  esa 

quyidagilar: 

 

jinoyat obyektni tajovuzdan qo‘riqlash maqsadida zarar yetkazilishi



 

zararning tajovuzchiga nisbatan yetkazilishi



 

zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmaganligi kiradi. 



Yuqorida qayd etilganidek, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmagan yoki aqli 

noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan tajovuzlar ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi. 

Zaruriy mudofaa mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlariga qarshi ham 

amalga oshirilishi mumkin (masalan, qonunga xilof ravishda ushlab turish, qonunga 

xilof ravishda sog‘liqqa zarar yetkazish, qonunga xilof ravishda turar joyga bostirib 

kirish va hokazolar). 

Zaruriy mudofaa institutining tushunchasi va belgilarining jinoyat huquqida 

berilishi ijtimoiy adolatni amalga oshirishda g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Jinoyat 

huquqida  zaruriy  mudofaa  tushunchasi  qonun  bilan  muhofaza  qilinadigan 

obyektlarni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish jarayonida tajovuzkorga shunday 

zarar  yetkazish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladigan  huquqiy  mudofaani  o‘z  ichiga 

oladiki,  bunday  mudofaa  zaruriy  mudofaa  chegarasidan  chetga  chiqib  amalga 

                                                           

4

 Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, 



to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 

bet. (129-bet); 




oshirilganida  mudofaalanuvchi  shaxsning  jinoiy  javobgarligini  kelitirib  chiqaradi. 

Jinoyat  kodeksining  37-moddasida  zaruriy  mudofaaning  qonuniyligi  doirasi  va 

shartlari, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning huquqiy holati nazarda 

tutilgan.  

Jinoyat kodeksining 37-moddasiga ko‘ra:  


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling