Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud
boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat, deb topilmaydi. Zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat qonunga xilof hisoblanmaydi, chunki hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, mulkka va boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga qilingan tajovuzlardan himoya qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi va zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga zarar yetkazish jinoyat hisoblanmaydi. Har bir fuqaroning o‘zi, boshqa shaxslar, davlat manfaatlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan har qanday boshqa ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (20, 27 va boshqa moddalarida) mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida respublika fuqarolari sha’ni va obro‘siga, hayoti va sog‘lig‘i, shaxsiy hayoti, erkinligi va qadr-qimmatiga qarshi tajovuzlardan sudda himoyalanish, shaxsning sha’ni va obro‘siga qarshi tajovuzlardan zaruriy mudofaalanish huquqiga ega ekanligining belgilanganligi ushbu masalani hal etish uchun rahbariy ahamiyat kasb etadi. Jinoyat qonunida har qanday fuqaro boshqa shaxslar yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, to‘g‘ridan to‘g‘ri zaruriy mudofaani qo‘llash huquqiga egaligi belgilab qo‘yiladi (Jinoyat kodeksining 37-moddasi, 3- qismi). Haqiqatan ham jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishda Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga qilingan tajovuzdan qochib qutulish orqali emas,
balki jinoyatning oldini olishga qaratilgan qat’iylik bilan qilingan harakatlar orqali erishiladi. Zaruriy mudofaa huquqi har bir fuqaroning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuzlardan himoya qilish huquqini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi. Shuningdek, Qonunda (Jinoyat kodeksining 37-moddasi, 4-qismi) zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa hisoblanmasligi ko‘rsatilgan. Bu yerda shunday holatlar nazarda tutilganki, masalan, bunda aybdor muayyan bir shaxsga zarar yetkazish maqsadida uning jig‘iga (asabiga) tegadi, keyinchalik u bilan hisob-kitob qilish maqsadida uning javob harakatlarini sodir qilishini xohlaydi. Demak, zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa deb topilmaydi. Bunday hollarda aybdor yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. Jinoyat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenumi qarorida shaxs o‘zining g‘araz niyatlari (urishish, azob berish, o‘ch olish) tufayli hujumning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo‘sinda qilingan, deb topish mumkin emas, bunday holatlarda sodir etilgan xatti-harakatlar umumiy asoslarda kvalifikatsiya qilinishi lozim, deb ta’kidlangan. Shunga ko‘ra, mudofaalanuvchining tajovuzning xarakteri va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq bo‘lmagan harakatlari natijasida tajovuzchiga qasddan zarar yetkazilsa, uning harakatlari JKning 100-moddasi (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish) hamda 107-modda (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish)larida nazarda tutilgan qilmish bilan javobgarlikka tortiladi. Lekin mudofaalanuvchi tomonidan tajovuzni qaytarish vaqtida ehtiyotsizlik bilan yetkazilgan zarar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazilganlik tajovuzchining o‘limiga olib kelsa, himoyalanuvchining aybi tajovuzchining o‘limiga nisbatan ehtiyotsizlik oqibatida yuz bergan bo‘lsa, JKning 107-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bizning fikrimizcha, zaruriy mudofaa huquqi himoya huquqi bilan ta’minlangan manfaatlarga qarshi qasddan, shu bilan birga birgalikda, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan tajovuz natijasidir. Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati har doim Jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadi, ushbu obyektlarga qilingan tajovuz jinoyat deb topiladi (masalan, Jinoyat kodeksining 139,140-moddalari). Shuning uchun Jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan bunday manfaatlar mudofaalanuvchi qonunda
mustahkamlangan zaruriy mudofaaning huquqiyligi shartlariga rioya qilinganida, zaruriy mudofaa choralari bilan himoya qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi «Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida»gi qarori 1-bandida ham shunday fikr nazarda tutilgan 5 . Bundan tashqari, qonun chiqaruvchi tajovuz boshlanishi muqarrar holatlarda yoinki, u boshlanmagan paytda ham zaruriy mudofaadan foydalanishga yo‘l qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarning sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi 39-sonli qarorida zaruriy mudofaa holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bergan paytning o‘zidagina emas, balki tajovuzning boshlanish xafvi mavjud bo‘lgan hollarda ham vujudga kelishi tushuntiriladi. Masalan, jinoyatchi jabrlanuvchining nomusiga tegish maqsadini oshkor qilib, jinsiy aloqa qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan (kiyimlarini yechish, jabrlanuvchining qochib ketishining oldini olish maqsadida eshikni qulflash va boshq.) vaziyatda jabrlanuvchi nomusga tegish jinoyatini sodir etilishining oldini olish maqsadida tajovuzchiga zarar yetkazishi orqali zaruriy mudofaadan foydalanishi. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat jinoyat hisoblanmaydi, chunki u ijtimoiy-xavfli bo‘lmay, aksincha, ijtimoiy foydali harakatdir. Zaruriy mudofaada ijtimoiy xavflilik
5 Oliy sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi «Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida»gi qarori xususiyatining yo‘qligi shundaki, zaruriy mudofaani qo‘llash orqali shaxsning hayoti, sog‘ligi, jinsiy erkinligi (daxlsizligi), mulki va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuz bartaraf qilinib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zarariy oqibatlarning oldi olinadi. Тajovuz qiluvchining hayoti va sog‘lig‘i tajovuz vaqtida qonun bilan qo‘riqlanmaydi. Zaruriy mudofaani qo‘llash har bir shaxsning shaxsiy huquqidir va bunday huquqni amalga oshirish faqat uning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib, bu huquq zaruriy mudofaani qo‘llash vaqtida amalga oshiriladi. Ammo ayrim turkumdagi shaxslar uchun zaruriy mudofaani qo‘llash shaxsning yuridik majburiyati hisoblanadi. Bularga qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatib qo‘yilgan yoki xizmati yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, odamlarni qutqarish, jamoat tartibini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxslar kiradi. Xadisi Shariflarda insonning qadr-kimmatini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, uning sha‘ni va obro‘siga tajovuz qilmaslik har kimning sir saqlashi, erkin fikr yuritishi, erkin so‘zlashi singari shaxsiy huquqlari bilan birga, uning mulkka ega bo‘lishi, turar joyli bulishi va uning daxlsizligi singari turli xildagi ijtimoiy huquqlari ham shariat talablariga va qonunlariga muvofik tarzda himoya qilinishi zarurligi o‘z ifodasini topgan. Jinoyat qonuniga zaruriy mudofaa institutining mavjudligi ham, qonun himoyasidagi manfaatlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan mudofaa qilishda har bir fuqaroni faol qatnashishini ta’minlash maqsadiga xizmat qiladi. Zaruriy mudofaani qo‘llashning zarurati va asoslari jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga (shaxsga, davlat va jamoat manfaatlariga) ijtimoiy xavfli tajovuz qilinganligidir.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling