Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#190211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat

Jinoyat  subyekti  –  jinoyat  qonunida  nazarda  tutilgan  ijtimoiy  xavfli 

qilmishni  aybli  tarzda  sodir  etgan,  jinoiy  javobgarlikka  tortish  yoshiga  yetgan 

jismoniy  shaxs.  JK  17-moddasida  jinoyat  subyektining  umumiy  belgilariga  ta’rif 

berilgan hamda ular quyidagi uchta zaruriy belgilar majmui orqali ifodalanadi: 



1.  jismoniy shaxsligi

2.  aqli rasoligi; 

3.  JKga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi subyektning yoshi

Mazkur holatda jinoyat subyektlari – A. Sabirov bilan I. Obidova. 

Jinoyatning  subyektiv  tomoni  –  to‘g‘ri  qasd,  ya’ni  A.  Sabirov  bilan  I. 

Obidova  oldindan  til  biriktirib,  qilmishning  ijtimoiy  xavfliligini  anglagan  holda 

qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatini oldindan bilib, ijtimoiy xavfli oqibatning yuz 

berishini  istadi  va  buni  oldindan  rejalashtirdi.  Ushbu  holatda  ayb  subyektiv 

tomonning zaruriy belgisi hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, ayb — jinoyatchining sodir 

qilgan  ijtimoiy  xavfli  harakati  yoki  harakatsizligiga  hamda  uning  ijtimoiy  xavfli 

                                                           

8

 Jinoyat huquqi. Umumiy qism. Oliy oʼquv yurtlari uchun darslik. (M. Usmonaliev.—T., «Yangi asr avlodi», 2005, 



662 bet.) 


oqibatiga  qasd  yoki  ehtiyotsizlik  shaklidagi  ruhiy  munosabatidir

9

.  Ayb 



bo‘lmaganida  subyektiv  tomon  ham,  umuman,  jinoyat  tarkibi  ham  bo‘lmaydi. 

Bunda  jinoyat  motivi  va  maqsadi  jinoyat  subyektiv  tomonining  fakultativ  belgisi 

hisoblanadi.  

So‘zimizning  boshida  ta’kidlab  o‘tganimizdek,  qilmish  o‘z-o‘zidan  jinoyat 

deb  topilmaydi,  qonun  chiqaruvchi  tomonidan  chiqarilgan  jinoyat-huquqiy 

normalarda,  aniqrog‘i,  JK  Maxsus  qismi  aniq  moddalarida  belgilangan  jinoyat 

belgilari  bilan  solishtirilgandan  keyingina  shunday  to‘xtamga  kelish  mumkin. 

Demak, quyida yuqoridagi kazusimizda sodir etilgan qilmish Jinoyat kodeksi Maxsus 

qismi qaysi konkret moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkinligi xususida so‘z 

yuritamiz.  

Yuqorida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat tarkiblarini ko‘rib 

chiqdik  hamda  barcha  jinoyat  belgilarining  mavjud  ekanligiga  amin  bo‘ldik. 

Ma’lumki, Jinoyat kodeksi 16-moddasiga ko‘ra, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 

jinoyat  tarkibining  barcha  alomatlari  mavjud  bo‘lgan  qilmishni  sodir  etish 

javobgarlikka  tortish  uchun  asos  bo‘lishi  belgilangan.  Bundan  kelib  chiqib,  A. 

Sabirov  bilan  I.  Obidovaning  harakatlarini  Jinoyat  kodeksi  168-moddasi  ya’ni, 

firibgarlik  bilan  kvalifikatsiya  qilishimiz  mumkin.  Chunki  ushbu  moddada 

keltirilgan jinoyat belgilarining barchasi mazkur jinoyatda mavjud. Jumladan: 

Firibgarlik jinoyatining bevosita obyekti ham o‘zganing mulki yoki mulkiy 

huquqlarini  muhofaza  qilishga  qaratilgan  ijtimoiy  munosabatlar  hisoblanadi. 

Shuningdek, firibgarlikning predmeti mulkdan tashqari yuridik kategoriya sifatida 

o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquq, mulkka bo‘lgan alohida vakolatlar sanaladi.  

Obyektiv tomondan firibgarlik aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li 

bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini egallashdan iborat bo‘lsa, 

yuqoridagi kazusda esa aldash, asosan, soxta hujjatdan foydalanib,  bankdan kredit 

olishda  ifodalanmoqda.  Qoidaga  ko‘ra,  aybdor  firibgarlikni  sodir  etishda  qalbaki 

                                                           

9

 Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, 



to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 

bet. (290-bet) 




hujjatlardan  foydalansa, uning qilmishi firibgarlik  tarkibi  bilan qamrab  olinadi va 

JK  228-moddasi  bo‘yicha  qo‘shimcha  kvalifikasiya  qilinmaydi.  Hujjatlarni 

soxtalashtirish firibgarlik usuli sifatida tan olinishi mumkin emas, chunki faqatgina 

soxtalashtirish harakati bilan mulkni talon-toroj qilib bo‘lmaydi. Demak, A. Sabirov 

bilan  I.  Obidova  bankdan  kredit  mablag‘larini  olish  uchun  2018-yil  23-mart  kuni 

fuqaro  Z.  Xalmuratovani  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  AQSH  davlatiga 

ketganligini  bila  turib,  uning  Mirzo  Ulug‘bek,  A.Qaxxor  ko‘chasi,  10-A  uyini 

garovga  qo‘yishga  rozilik  berish  to‘g‘risidagi  arizasini  va  undagi  imzosini 

qalbakilashtirishganligini  JK  228-moddasi  bo‘yicha  qo‘shimcha  kvalifikasiya 

qilinmasdan,  balki  qalbaki  hujjatlar  tayyorlashni  firibgarlikni  sodir  etishga 

tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholaymiz.  

Mazkur  kazusdan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,      A.  Sabirov  bilan  I. 

Obidova firibgarlik jinoyati subyektlari bo‘la olishadi.  

Subyektiv  tomondan  olib  qarasak,  firibgarlik  to‘g‘ri  qasddan  g‘araz 

maqsadda sodir etiladi, g‘araz maqsadning mavjudligi firibgarlikning zaruriy belgisi 

hisoblanadi. Yuqoridagi jinoyat ham to‘g‘ri qasd shaklida sodir etilgan hamda g‘araz 

maqsadi  ham  mavjud.  Sababi,  A.  Sabirov  bilan  I.  Obidova  bankdan  pul 

mablag‘larini    qo‘lga  kiritish  maqsadida  soxta  hujjatdan  foydalanayotganligini 

anglab yetgan va buni sodir etilishini xohlagan. Shuningdek, ushbu jinoiy qilmishni 

A. Sabirov va I. Obidovalar mulkiy foyda olish va boylikk orttirish maqsadida sodir 

etishgan.  

Bunda  tashqari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining 

“Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarori 19-bandi 3-

xatboshisiga  muvofiq,  boshqa  shaxs  tomonidan  tayyorlangan  qalbaki  hujjatdan 

foydalangan  holda  firibgarlik  sodir  etgan  shaxsning  harakatlari  JK  168-moddasi 

tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 228-moddasi uchinchi qismi bilan 

qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki bunday holda hujjat aybdor 



tomonidan  o‘z  maqsadiga  erishish  uchun  aldash  vositasi  sifatida  foydalanilgan 

bo‘ladi


10

Bu  esa  o‘z  o‘rnida,  jinoyatni  firibgarlik  deb  baholashga  asos  bo‘ladi,  va 



ushbu  modda  dispozitsiyasiyasidagi  asoslar  va  hamda  kazusdagi  ma’lumotlarga 

tayanib, tegishlicha kvalifikatsiya qilinishi mumkinligini bildiradi.  

Shu  o‘rinda,  2-muammoga  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  bunda  biz  jinoyatda 

ishtirokchilik  va  uning  turlarini  tahlil  qilgan  holda  ushbu  holatda  jinoyatda 

ishtirokchilik  mavjud  yoki  mavjud  emasligini  aniqlashimiz  kerak.  Jinoyat 

kodeksining 27-moddasiga binoan, ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat 

sodir  etishda  birgalashib  qatnashishi  jinoyatda  ishtirokchilik  deb  topiladi. 

Ishtirokchilikda  sodir  etiladigan  jinoyatlarning  yuqori  ijtimoiy  xavfi  shu  bilan 

shartlanadiki,  bunday  holatlarda  jinoiy-huquqiy  muhofaza  obyektlariga  sezilarli 

katta  zarar  yetkaziladi,  jinoiy  faoliyat  yanada  mustahkamroq  berkitiladi,  bu  esa 

huquq muhofazasi idoralarining uni o‘z vaqtida fosh etish va oldini olish bo‘yicha 

ishini  qiyinlashtiradi.  Ishtirokchilikning  har  biri  jinoyat  sodir  etilishiga  o‘zining 

ma’lum hissasini qo‘shadi. Ulardan birlari barcha ishtirokchilarni tashkillashtirish, 

muvofiqlashtirish  bo‘yicha  harakatlarni  bajaradi,  boshqalari  faqat  jinoyat  sodir 

etilishi sharoitlarini yaratadi, ba’zilari uni amalga oshiradi, ba’zilari esa jinoyat izlari 

berkitilishini  ta’minlashadi,  uning  ochilishiga  to‘sqinlik  qilishadi.  Bundan 

ko‘rinadiki, yuqoridagi kazusda jinoyatda ishtirokchilik mavjud deb baholashimiz 

mumkin va buning tahlilini quyida ko 'rib chiqamiz. 

Ishtirokchilikning obyektiv belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

  bir jinoyatning o‘zida ikki va undan ortiq shaxslar ishtiroki

  jinoyatda ular ishtirokining birgalikda amalga oshirilishi; 

  har  bir  ishtirokchi  harakatlari  bilan  bajaruvchi  sodir  etgan  jinoyat  o‘rtasida 

sababiy bog‘liqlik mavjudligi. 

Ushbu holatda ishtirokchilikning birinchi obyektiv alomati – bir jinoyatning 

o‘zida ikki va ko‘proq shaxslar ishtirokini aniqlash uchun ishtirokchilardan har biri 

                                                           

10

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarori 



19-bandi; 


jinoyat  subyekti  alomatlariga  ega  bo‘lishi  zarur,  ya’ni  aqli  raso  hamda  tegishli 

muayyan  jinoyat  uchun  jinoiy  javobgarlik  yoshi  boshlanishiga  yetgan  bo‘lishi 

darkor.  Jinoyat  o‘zaro  bog‘liq  va  o‘zaro  shartlanilgan  harakatlar  bilan  amalga 

oshirilgan, bir necha shaxslarning qilmishlari barcha uchun umumiy jinoiy natijaga 

erishishga  yo‘naltirilgan.  Bu  jinoyatda  ishtirokchilikning  obyektiv  belgilaridan 

ishtirokchilar jinoiy faoliyatining birgalikda amalga oshirilishi hisoblanadi. Bunda 

obyektiv voqelikda vujudga kelgan zararli oqibatlar barcha ishtirokchilarning, ya’ni 

A. Sabirov va I. Obidovning birgalikdagi jinoiy faoliyati tufayli yuzaga kelgan. Bu 

esa jinoyatda ishtirokchilikning har bir ishtirokchi harakatlari bilan bajaruvchi sodir 

etgan jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik hisoblanadi. 

JK  28-moddasi  1-qismiga  muvofiq,  bajaruvchilar  bilan  bir  qatorda 

tashkilotchilar,  dalolatchilar  va  yordamchilar  ham  jinoyat  ishtirokchilari  deb  tan 

olinadi. 

JK  28-moddasi  3-qismiga  muvofiq  jinoyatning  tayyorlanishiga  yoki  sodir 

etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb tan olinadi. Demak, ushbu kazusda 

“Zangiotametallsavdo”  MChJ  rahbari  lavozimida  ishlab  kelgan  A.Sabirov 

tashkilotchi hisoblanadi. 

JK  28-moddasi  5-qismiga  muvofiq  jinoyat  sodir  etilishiga  maslahat, 

ko‘rsatma  berish,  jinoyat  qurollarini  taqdim  qilish,  to‘siqlarni  bartaraf  etish, 

shuningdek, jinoyat izlarini va vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni 

olish  yoki sotib berishga  oldindan  va’da  beradigan shaxs  yordamchi  deb  topiladi. 

Kazusda  sud-xatshunoslik  ekspertizasining  2020-yil  19-maydagi  770-sonli 

xulosasiga ko‘ra, 2018-yil 23-martdagi 77111-sonli reyestrga qayd etilgan arizadagi 

“Imzo” grafasidagi qo‘lyozma yozuvlar va qo‘yilgan imzo I. Obidova tomonidan 

bajarilganligini  aniqlanganligi  keltirilgan.  Demak,  ushbu  holatda  I.  Obidova 

yordamchi deb topamiz. Chunki, soxta hujjat  I. Obidova tomonidan tayyorlangan 

bo‘lib, I. Obidova ushbu hujjatdan talon-toroj qilishda foydalanishini bilgan  hamda 

bunga ko‘maklashgan. Ushbu vaziyatda javobgarlik masalasiga kelsak, I. Obidova 

nisbatan nafaqat hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun, balki firibgarlik orqali talon-

toroj qilishda yordamchi sifatida ishtirok etganligi uchun javobgarlik kelib chiqadi. 




Jinoyat  kodeksining  29-moddasiga  binoan,  jinoyatda  ishtirokchilik:  oddiy 

ishtirokchilik,  murakkab  ishtirokchilik,  uyushgan  guruh,  jinoiy  uyushma  shaklida 

bo‘ladi. 

Demak,  yuqoridagi  kazusda  A.Sabirov  va  I.Obidovaning  ishtirokchiligi 

oldindan  til  biriktirib  jinoyat  sodir  etilganligi  uchun  murakkab  ishtirokchilik 

sanaladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksi 56-moddasi “m” bandiga muvofiq, bir guruh 

shaxslar  tomonidan  oldindan  til  biriktirgan  holda  jinoyatni  sodir  etilishi  jazoni 

og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.  

 

Bevosita  yuqoridagi  kazusni  kvalifikatsiya  qilishda  takroran  jinoyat  sodir 



etish xususida to‘xtalsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki mazkur kazusda sodir 

etilgan  jinoyatda  takroranlik  belgilari  mavjud  yoki  mavjud  emasligini  aniqlanishi 

javobgarlikni  belgilashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jinoyat  kodeksi  Maxsus 

qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda 

esa,  turli  moddalarida  nazarda  tutilgan  ikki  yoki  bir  necha  jinoyatni  shaxs  turli 

vaqtlarda  sodir  etgan,  ammo  ularning  birortasi  uchun  ham  sudlangan  bo‘lmasa, 

takroran jinoyat sodir etish deb topiladi (JK 32-moddasi 1-qismi)

11



Takroran jinoyat sodir etishning bir qancha belgilari quyidagilardir: 

  shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi

  jinoyatning turli vaqtlarda sodir etilishi; 

  aynan bir moddada, qismda, ba’zi hollarda esa, turli moddalarda nazarda tutilgan 

yangi jinoyatning sodir etilishi; 

  shaxsning  sodir  etilgan  jinoiy  qilmishlaridan  birortasi  uchun  ham 

sudlanmaganligi.  

Demak, jinoyatda ushbu ushbu belgilar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyatning 

takroran  sodir  etilishi  sifatida  qarashimiz  mumkin.  Shuningdek,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2008-yil    5-maydagi  13-sonli  «Bir  necha 

jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikasiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida»gi 

Qarori 2-bandida  ham  takroran    jinoyat  sodir  etishning  bir  qator  belgilari  mavjud 

                                                           

11

 https://lex.uz/docs/-111453#-310589 




ekanligi  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda,  kazusda  ham 

takroran  jinoyat  sodir  etishning  alomatlari  mavjud  deb  hisoblaymiz.  Bunda    A. 

Sabirov va I. Obidova soxta hujjatdan foydalanib, XATB “Davr bank”ning Mirzo 

Ulug‘bek tuman  filialidan 2019-yilning  mart oyida 200.000.000  so‘m  va  oktyabr 

oyida  1.000.000.000  so‘m  miqdorida  kredit  mablag‘larini  firibgarlik  yo‘li  bilan 

“Zangiotametallsavdo”  MChJning  hisob  raqamiga  tushirishganligini  e’tiborga 

olsak,  bu  yerda  aynan  firibgarlik  jinoyatining  2  marta,  turli  vaqtlarda  sodir 

etilganligini  hamda  ushbu  shaxslar  sodir  etilgan  jinoiy  qilmishlaridan  birortasi 

uchun ham sudlanmaganligini jinoyat takroran sodir etilishini bildiradi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining 2008-yil    5-maydagi 13-

sonli  «Bir  necha  jinoyat  sodir  etilganda  qilmishni  kvalifikasiya  qilishga  doir 

masalalar  to‘g‘risida»gi  Qarori  14-bandida  ko‘rsatilicha,  agar  jinoyat-huquqiy 

normada  takroranlik  kvalifikatsiya  belgisi  sifatida  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  shaxs 

tomonidan sodir etilgan bir necha aynan o‘xshash yoki takroranlikni tashkil etuvchi 

boshqa  jinoyatlar  Jinoyat  kodeksining  mazkur  jinoyatni  takroran  sodir  etganlik 

uchun  javobgarlikni  nazarda  tutuvchi  tegishli  moddasi  (moddasining  qismi)  bilan 

kvalifikatsiya qilinadi. Bitta qilmishda takroranlik bilan bir qatorda Jinoyat kodeksi 

mazkur  moddasining  boshqa  qismlarida  ko‘rsatilgan  kvalifikatsiya  belgilari 

mavjudligi  aniqlangan  hollarda  ham  qilmish  shu  tarzda  kvalifikatsiya  qilinishi 

kerak.  Demak,  yuqoridagi  kazus  va  uning  asosida  qilgan  tahlillarimizdan  kelib 

chiqib, aytish mumkinki, A. Sabirov va I. Obidovalarning harakatlarini ya’ni, soxta 

hujjatdan  foydalanib,  XATB  “Davr  bank”ning  Mirzo  Ulug‘bek  tuman  filialidan 

2019-yilning  mart  oyida  200.000.000  so‘m  va  oktyabr  oyida  1.000.000.000  so‘m 

miqdorida  kredit  mablag‘larini  firibgarlik  yo‘li  bilan  “Zangiotametallsavdo” 

MChJning hisob raqamiga tushirishganligini Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi 

“b”  bandi firibgarlik jinoyatining takroran sodir etilishi bilan kvalifikatsiya qilinishi 

mumkin. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling